Patgenetik davolash. Ilgari ta'kidlab o'tilganidek, yuqumli kasalliklarni davolash murakkab jarayon bo'lib, faqat mikroblarga qarshi ta'sir etuvchi dorilarni qo'llash yetarli samara bermaydi. Davolash jarayonida hayotiy mudam azolar va qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi sohalaridagi o'zgarishlarni bartaraf etish ham katta ahamiyatga ega. Bemor organizmi himoya quvatini oshirish ham muhim. Ana shu maqsadlarni ko'zlab olib boriladigan davolash muolajalari patgenetik davolash hisoblanadi.
Avvalo, yuqumli kasallikning o'rta va og'ir kechishida doimo uchraydigan intoksikatsiyani qamaytirshl va yo'qotishga harakat qilanadi. Unchalik og'ir bo'lmagan hollarda ko'p miqdorda suyuqlik (mineral suvlar, choy, qatiq, kompot va x.k) ichirib turish organizmning zaharli moddalardan tezroq xalos bo'lishiga yordam beradi. Og'irroq hollarda qushimcha ravishda 2-3 kun suyuqliklarni vena tomiriga ham tomchilab yuboriladi. Bu maqsadda osh tuzining 0.9% li eritmasi, Ringer eritmasi, 5% li glukoza eritmasi, gemodez qullanadi. Bemor ahvoliga qarab kuniga 0,5-2 litr suyuqlik tomchilab yuboriladi. Tuzli eritmalarga 5% askorbin kislotadan 5-10 ml qo'shib yuborilsa, davolash samarasi yuqoriroq bo'ladi.
Bemorga ko'p miqdorda suyuqlik berilganida, hamshira organizmdan ajralib chiqayotgan suyuqlik miqdorini ham hisoblab borish lozim. Agar siydik kam ajralayotgan bo'lib, qon bosimi me'rida saqlanib qolgan bo'lsa, siydik haydovchi gipotiazid, furosemid kabi tabletkalar ichiriladi. Lozim bo'lgan hollarda, laziksdan 2-4 ml muskul orasiga yuborib, ortiqcha suyuqlikni tanadan chiqarib yuborishga erishiladi.
Intoksikatsiya yurak-tomir tizimi faoliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Uni e'tiborga olib, kofein, kordiamin kabi preparatlar ichish uchun beriladi yoki ukol qilib yuboriladi. O'pka va yurak faoliyatiga bir yo'la ijobiy ta'sir qiladigan sulfokamfokain preparatini 2-4 ml dan teri ostiga yuborib turish tavsiya etiladi. Kasallik og'ir kechganda to'satdan o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi (kollaps) ro'y berishi mumkin. Bunday holatda to'satdan bemor rangi oqaradi, labi ko'karadi, qo'l-oyoqlar muzlaydi, ko'zlari ichiga botib ketadi. Bo'yin tomirlari bo'rtib chiqadi. Tomir urishi tez va sustroq bo'ladi. Nafas olish tezlashadi. Qon bosimi pasayadi. O'z vaqtida tabbiiy yordam ko'rsatilmasa ahvoli mushkullashib, infeksion-toksik shok sindromi yuzaga keladi. U kapillarlarda qon aylanishi (mikrotsirkulatsiya) buzilishi, gipoksiya va megabolik aundoz alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Birinchi navbatda yurak, buyrak, o'pka va jigar faoliyati keskin buziladi. Shok avjiga chiqqan davrida bemorning butun tanasi sovib qolada, teri nam bo'ladi, ko'karib ketadi. Maksimal qon bosimi simob ustunining 90 mm idan ham pasayib ketadi. Nafas olish g'oyat yuzaki, minutiga 40-50 gacha boradi. Siydik ajralishi keskin kamayib, to'xtab qoladi.
Bunday holatdagi bemorlarga tibbiy yordam zudlik bilan ko'rsatilishi kerak. Qo'l-oyoqlariga issiq rezina xaltacha qo'yiladi. Darhol gormon preparatlari: prednizolon (60-90 mg), gadrokortizon (125-200 mg), yoki geksametazon tomir orqali tuzli eritmalarga aralashtirib yuboriladi. Reopoliglyukin, trisol, preparatlari infeksion-toksik shokni davolashda yaxshi naf beradi. Geparin, kontrikal, trental kabi preparatlar mikrotsirkulatsiyani yaxshilaydi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun vena tomiriga korglyukon yoki strofantin ham eritmaga ko'shiladi. Tuzli eritmalar bilan askorbin kislota eritmasi (10 ml) ham qo'shib yuborish maqsadga muvofiq, 1-2 kun 100 ml dan albumin qo'yib turish foydalidir. Bemorga albatta kislorod berish lozim. Ma'lum vaqtgacha kislorodni uzluksiz berib turish tavsiya etiladi. Buning uchun kislorod burunga kiritilgan rezina kateter vositasida uzoq muddat berib turiladi. Bemor biroz tuzalganidan so'ng uni barokamerada kislorod berib davolash mumkin.
Yuqumli kasalliklarda o'tkir nafas yetishmovchiligi, o'pka taqilishi kabi holatlar ham uchrab turadi. Jumladan, poliomiyelit, gripp, difteriyada nafas olish buzilishi mumkin. Bunday holatda sun'iy nafas oldirish apparati ulanadi, traxeostomiya qilinadi. Sun'iy apparat bemorning bir maromda nafas olishini ta'minlaydi. Difteriyada esa hiqildoqdan havo butunlay o'tmay qolishi mumkin. Shunga ko'ra traxeostomiya qilinadi.
Gripp g'oyat og'ir kechganida o'pka taqilishi holati ro'y berishi mumkin. U nafas qisishi, havo yetishmovchiligi, yo'tal, ko'piksimon, qon aralash balg'am ajralishi bilan ifodalanadi. Bemor bezovtalanadi, ko'karib ketadi. Qon bosimi pasayadi.
O'pka tiqilishi xolati ro'y berganida bemor o'tqizib qo'yiladi. Ma'lum holatda qo'l-oyoqlariga rezina bog'lagich taqiladi. Bilakdan 300-400 ml qon olish mumkin. Bemorga spirtdan o'tkazilgan kislorod berib turiladi. Eufillinning 2.4% li eritmasidan 5-10 ml vena tomiriga yuborilsa, yaxshi naf beradi. Shuningdek, 40 /o li 10 ml glukozaga korglyukon yoki strofantin (0.5-1 ml) aralashtirib yuboriladi. Efedrin, glyukonat kalsiy preparatlari xam qo'llanadi, 2-4 ml laziks muskul orasiga yuboriladi.
Yuqumli kasalliklarni patogenetik davolashda vitamin preparatlari ham keng qo'llanadi. Ular bir tomondan organizmning himoya quvvatini oshirsa, ikkinchi tomondan kasallik natijasida kamayib ketgan vitaminlar o'rnini qoplaydi. Vitaminlar vositasida moddalar almashinuvi ham yaxshilanadi. Amaliyotda davolash uchun V1, V2, V6 V12 R,S vitaminlari keng qullanadi. Ular kukun, tabletka, draje holida ichish va ampulada inyeksiya qilish uchun chiqariladi.
Ilgari yuqumli kasalliklar og'ir kechganida organizm himoya kuchlarini ko'tarish maqsadida qon yoki plazma quyish tavsiya etilar edi. Kon quyish uchun kursatmalar xozir qayta ko'rib chiqilgan. Uni faqat xayotiy zarur xollardagina quyishga ruxsat etiladi. Masalan, ich terlamada ichakdan qon ketganida yoki virusli gepatit komasida. Kon plazmasi deyilganida virusli gepatitlar va SPID tarqalish xavfi g'oyat yuqoridir. Shu sababli bu preparat xozir "quvvatni oshirish" maqsadida qo'llanmaydi. Ularning o'rniga albumii, al'vezin, protein kabi preparatlar muvaffaqiyatli qo'llanmoqda.
Gormonal preparatlar xam yuqumli kasalliklarni davolashda patogenetik vosita sifatida ishlatiladi. Ular moddalar almashinuvini yaxshilash vositasida organizmning ximoya kuchlarini oshiradi, yallig'lanish jarayonini pasaytiradi. Bu preparatlar kuchli desensibilizatsiya xususiyatiga xam ega. Shu bilan bir qatorda ularning salbiy tomonlari xam bor. Qondagi qayd miqdorining ko'payishi, qon bosimining ko'tarilishi, immunitetning pasayishi shular jumlasiga kiradi. Gormonal preparatlar qo'llanilganda organizmda natriy tuzlari qo'proq, ushlanib qoladi va shish paydo bo'lishi mumkin. Kaliy tuzlari esa aksincha, ko'plab ajralib, gipokaliyemiya yuzaga keladi.
Ijobiy va salbiy tomonlarini e'tiborga olib, yuqumli kasalliklarni davolashda gormonal preparatlar puxta o'ylab, qisqa muddatga tayinlanadi. Asosan ular kasallik og'ir kechgan xollarda qo'llanadi. Amalda prednizolon, gidrokortizon, geksametazon preparatlari (tabletka yoki ampulada chiqarilgani) dan foydalaniladi. Qandli diabet, gapertoniya, me'da yarasi kasalliklari bor bemorlarga o'ta zarurat bo'lmasa, gormonal preparatlar buyurilmaydi.
Fizioterapevtik muolajalar xam ba'zan yuqumli kasalliklarni davolashda patogenetik vosita sifatida qo'llanadi. Poliomiyelit va botulizmdai tuzalish davrida uqalash, davolash gimnastikalari qo'llanadi. Brutsellezii davolashda isituvchi muolajalardan foydalaniladi. Umuman olganda, yuqumli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalar qo'llanishi cheklangan.
Simptomatik davolash. Bu usullar bemorni bevosita qilayotgan u yoki bu alomatlarni yo'qotish maqsadida qo'llanadi. Bosh va qo'l-oyoq qaqshab og'rishini qoldirish uchun aspirin yoki tarkibida shu preparati bo'lgan dorilar, asfen, askofen, shuningdek, analgin, pentalgin, amidopirin, butadion, spazmalgon kabi tabletkalar qo'llanadi. Aspirin tutgan preparatlarni faqat ovqatdan so'ng ichish tavsiya qilinadi. Och qoringa ichilganda bu preparatlar me'da shilliq qavatiga yemiruvchi ta'sir kursatishi mumkin. Ko'ngal aynab, qusish to'xtamasa, serukaldan ukol qilish yaxshi foyda beradi. Qorindagi og'riqni qoldirish maqsadida papaverin, no-shpa, bekarbon, spazmalgon, baralgin kabi dorilar tabletka holida yoki inyeksiyasi buyuriladi. 1 ana harorati uzoq vaqt yuqori bo'lib ketganida analgak dimedrol, novokain eritmalari aralashmasi inyeksiya qilib kuniga 1-2 marta yuboriladi. Bolalarda bunday holda sefikon shamchasini to'g'ri ichakka kiritish yoki panadol suspenziyasidan ichirish samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |