Tibbiyot instituti talabalari uchun


Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

13.9. Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish
Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlash jarayonida yoki oziq-ovqat 
ashyolari tarkibiy qismlari, undagi aralashmalar, ularni o’stirish paytida to’satdan 
tushgan moddalar bilan zaharlanish deyiladi. Bunga oziq-ovqatlarga odam 
o’ldirish yoki o’z-o’zini o’ldirish uchun maxsus qo’shilgan moddalar bilan 
zaharlanishlar kirmaydi.
Oziq-ovqatlar bilan zaharlanishda ko’pincha bitta oila a’zolari, qisman bir 
oshxona, bufet yoki boshqa umumiy ovqatlanish muassasasida bir guruh 
kishilarning zaharlanishlari kiradi. Bir vaqtning o’zida o’nlab, yuzlab, minglab 
odamlarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan zaharlanganligi ma’lum. Bunga 1995 
yili Samarkand viloyatining tumanlaridan birida sodir bo’lgan zaharlanishni misol 
qilish mumkin. Non mahsulotlari bilan ko’pgina kishilarning zaharlanishi tufayli 
anchagina odamning o’lganligi va ko’pgina kishilarning og’ir zaharlanganligi 
ma’lum. Bunda bo’g’doyni o’stirishda uning bilan birga rivojlangan kampirchopon 
o’simligi doni bug’doy doniga aralashadi va bu donni yaxshilab tozalamasdan 
tayyorlangan nonni iste’mol qilganda un tarkibida bo’lgan zaharli moddadan 
zaharlanish sodir bo’lganligi buni isbotlaydi.
M.I.Avdeev (1959) ning kengaytirilgan tasnifi bo’yicha oziq-ovqat 
maxsulotlari bilan zaharlanish quyidagi guruhlarga bo’linadi.
I. Bakteriyalar yordamida sodir bo’ladigan oziq-ovqatdan zaharlanish:
1. Har xil mikroblar toksikoinfektsiyasi chaqirgan zaharlanish.
2. Botulizm, stafilokokkli zaharli moddalar bilan oziq-ovqatlarning 
334


zaharlanishi.
II. Bakteriyalar bilan bog’lik bo’lmagan zaharlanishlar:
1. Oziq-ovqatdagi zaharli mahsulotlar bilan zaharlanish:
1) hayvon mahsulotlari orqali zaharlanish;
2) o’simlik mahsulotlari orqali zaharlanish:
1) o’simlikdagi zaharli moddalar bilan zaharlanish;
2) zaharli xususiyatga ega bo’lgan (kartoshka, mikotoksikozlar) 
o’simlik mahsulotlari bilan zaharlanish.
2. Zaharli moddalar aralashgan oziq-ovqatdan zaharlanish:
1) zaharli kimyoviy moddalar (insektitsidlar, fungitsidlar, 
neorganik birikmalar) bilan zaharlanish;
2) o’simliklardan kelib chiqadigan zaharli moddalardan 
zaharlanish.
III.Aniqlanmagan xarakterdagi oziq-ovqatlardan zaharlanish.
E.S.Krasnitskaya (1958) ning ko’rsatishicha, oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
zaharlanishlar orasida go’shtdan zaharlanish – 40,2 foizni, go’sht mahsulotlari – 23 
foizni tashkil qilib, birinchi o’rinda tursa, keyin sut mahsulotlari – 26,5 foiz va 
baliq mahsulotlari - 10,9 foiz bilan zaharlanish turadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan zaharlanishni aniqlashda sanitar nazorat 
organlari aktiv qatnashadilar. Bunda ayrim guruh kishilarning o’limi sodir bo’lishi 
va ba’zi hollarda o’lmagan taqdirda ham sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkzilishi zarur. 
Sud tibbiyoti eksperti oziq-ovqat mahsulotlari bilan zaharlanish manbaini va 
o’limning sababini aniqlabgina qolmasdan, balki bunday baxtsiz hodisalarni oldini 
olishda, shuningdek tiriklik diagnostikasini noto’g’ri qo’yilish faktorlarini 
aniqlashda tergov organlariga ko’maklashadi. Bunday hollarda sud tibbiyoti 
ekspertizasi sog’liqni saqlash organlari va birinchi navbatda sanitariya 
epidemiologik xizmat bilan yaqin aloqada bo’ladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish