Tibbiyot instituti talabalari uchun


-rasm. Tsikuta (zangpoya)



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

89-rasm. Tsikuta (zangpoya)
90-rasm. Krasavka (mevali zaharli o’t)
91-rasm. Belena (mingdevona)
92-rasm. Durman (bangidevona)
Strixnin
– Afrika va Osiyoda o’suvchi chilibuxa urug’i, qusturuvchi ildiz va 
ayrim boshqa o’simliklar tarkibiga kiruvchi alkoloid bo’lib, tibbiyotda strixnin 
nitrati qo’llaniladi. Bundan tashqari, undan kemiruvchilarga qarshi qurashishda 
foydalaniladi.
Strixnin markaziy nerv sistemasiga, asosan orqa miyaga kuchli 
qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Davolovchi dozasida u orqa miyada impulsni 
o’tkazuvchanligini yaxshilaydi, uning reflektor qo’zg’aluvchanligini, tana 
muskullari tonusini oshirib, ovqat-hazm qilish trakti sekretor va harakat aktivligini 
kuchaytiradi, shuningdek u nafas olish va qon tomirlarini harakatlantiruvchi 
328


markazlar tonusini oshiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Zaharli modda organizmdan 
sekinlik bilan asosan buyrak orqali chiqariladi.
Strixninning zaharlovchi dozasi yuborilganda bu modda bilan zaharlanishga 
xos klinik belgilar kuzatiladi. Bular avvalo nafas olishning qiyinlashuvi va 
yutinishning buzilishi bilan boshlansa, keyin birdaniga butun tananing tirishishi, 
ko’pincha bir vaqtning o’zida ham bukuvchi, ham yozuvchi mushaklari qisqaradi. 
Tanasi yoysimon bukilib, nafas olishi keskin qiyinlashadi hamda ko’z qorachiqlari 
kengayib, yuzlari ko’karib ketadi. Tirishish xuruji 2-3 minut davom etib, 
mushaklarning kuchsizlanishi bilan almashinadi. Ozgina ta’sirlanish (tanasiga 
tegish, taqir-tuqur ovoz chiqishi, kuchli yorug’lik) ham yangi tirishish xurujini 
chaqiradi. Keyinchalik tirishish o’z-o’zidan sodir bo’lib, uning davomliligi 
cho’ziladi va ular orasidagi pauza esa qisqaradi. Odatda zaharlanishning butun 
davrida xushi saqlanadi. O’lim bir necha soatdan keyin nafas muskullari 
falajlanishi tufayli sodir bo’ladi. Strixninni o’ldiruvchi dozasi – 0,03 g ni tashkil 
qiladi.
Murdani kesib ko’rishda qotishi kuchli rivojlanganligi ko’rinsa, boshqa 
topilgan belgilar xuddi o’tkir o’limni eslatadi. Ko’pincha qo’l va oyoq 
mushaklarida qon quyilish kuzatilsa, siydik pufagida odatda siydik bo’lmaydi. 
Strixnin juda turg’un zaharli modda bo’lgani uchun ham uni murdada bir necha 
oylar ichida ham topish mumkin. Sud kimyoviy tekshiruv usullari manfiy 
bo’lganda laboratoriya hayvonlarida farmakologik tekshiruv o’tkazish tavsiya 
etiladi.
Tsikuta
suvli zangpoya o’simligi tarkibida bo’lib, uning ta’sir qiluvchi 
qismi tsikutoksin hisoblanadi. U juda yuqori toksik zahar bo’lib, zaharlanish uning 
ovqatga adashib ishlatilganda sodir bo’ladi, chunki uning ildizi xuddi selder 
o’simligi ildiziga o’xshash shirinroq tamli bo’lgani uchun bolalarning e’tiborini 
jalb qiladi. Zaharlanishda umumiy darmonsizlik, qotib qolishi, bosh aylanishi, 
qusish, sanchiqsimon og’riq va klonik xarakterdagi og’ir tirishish, xansirash, 
tomirining sekin urishi, so’lak ajralishi, kollaps va o’lim sodir bo’lishi kuzatiladi. 
Murdani tekshirishda xarakterli o’zgarish topilmaydi, ammo oshqozonda bo’lgan 
329


narsalarda o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan ildiz bulakchalari topilishi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish