Tibbiyot instituti talabalari uchun


Alkoloidlar guruhiga kiradigan narkotik moddalar bilan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Alkoloidlar guruhiga kiradigan narkotik moddalar bilan zaharlanish. 
Bu guruh moddalarga opiy, morfin va kokain kiradi.
Opiy va morfin.
Opiy bu ko’knorning etilmagan boshchasidan olingan 
shirasini quritilishi tufayli tayyorlangan oqimtir modda bo’lib, unda 20 ga yaqin 
alkoloidlar, ulardan 10-20 foizini morfin tashkil qiladi. Tibbiyotda asosan 
morfinning xlorid kislotali tuzi tarqalgan. Davolash maqsadida morfinning 
ko’pincha dionin, geroin, kodein va boshqa hosilalaridan og’riqni qoldiruvchi 
sifatida foydalaniladi. Bunda morfin va opiy preparatlarining yuqori dozasi 
berilganda yoki boshqa kam zaharlilik xususiyatiga ega bo’lgan modda o’rniga 
yanglishib yuborilganda to’satdan zaharlanish kuzatilishi mumkin. Morfin 
markaziy nerv sistemasiga kuchli ta’sir qilish xususiyatiga ega bo’lgani uchun 
oldin qo’zg’alish, keyinchalik esa hayot uchun muhim markazlarning falajlanishi 
tufayli uning faoliyatini susayishi kuzatiladi. Asta-sekinlik bilan tormozlanish 
holati uyqu keltirish holatiga o’tadi. Yuzi oqarib, ko’z qorachiqlari torayadi, nafas 
olishi va yurak urishi sekinlashadi, ba’zan qusish kuzatiladi.
Agar qabul qilingan zaharli moddaning dozasi ancha yuqori bo’lsa, narkoz 
holati sodir bo’ladi. Jabrlanuvchi xushini yo’qotib, reflekslari bo’lmaydi; 
mushaklari kuchsizlanadi; ko’z qorachig’i keskin torayadi; nafas olishi yuzaki, 
kam, ko’pincha uziluvchan, tomir urishi kam bo’ladi. Nafas olish markazining 
falajlanishidan chuqur komatoz holatida o’lim sodir bo’ladi. Dozasining miqdoriga 
qarab zaharlanishning davomliligi bir necha soatdan to 1-2 sutkagacha davom 
324


etadi. Morfinning o’ldiruvchi dozasi – 0,2-0,5 g ni tashkil qiladi.
Murdani kesib ko’rilganda ichki organlarning to’laqonligi va qonning tiniq, 
hamda xira bo’lishidan tashqari qandaydir patomorfologik o’zgarishlar topilmaydi. 
Murdada ko’z qorachiqlarining keskin torayishi ko’pincha saqlanmaydi. 
Murdaning organ va to’qimalarida morfin uzoq vaqt emirilmaydi, shuning uchun 
ham murda ko’milgandan keyin bir necha oylar ichida sud-kimyoviy tekshirishda 
uni topish mumkin.
Kokain.
Janubiy Amerikada o’sadigan o’simlik bargidan olinib, tibbiyotda 
ko’z pardasi, og’iz bo’shlig’i, burun, hiqildoq, siydik yo’llari shilliq pardasiga 
mahalliy og’riqsizlantiruvchi sifatida qo’llaniladi. Kokain bilan zaharlanganda 
kuchli psixomotor qo’zg’alish (ko’p gapiradigan, o’z-o’zidan kuladigan, 
alahlaydigan bo’lishi), tomir urishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. 
Sekinlik bilan kokainning falajlovchi ta’siri belgilari (hushini xiralashishi, boshi 
aylanishi, yutuvchanligining qiyinlashuvi, qotib qolishi, umumiy darmonsizlanish, 
yuzaki va noto’g’ri nafas olish, yurak faoliyatining tezlashib keskin sekinlashuvi) 
kuchayadi. O’lim asfiksiyadan sodir bo’ladi. Buni murdani kesib ko’rish 
natijalariga qarab aniqlaniladi. Og’iz orqali qabul qilinganda kokainning 
o’ldiruvchi dozasi 1-1,5 g bo’lsa, teri tagiga yuborilganda 0,2-0,3 g ni tashkil 
qiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish