Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Sovuq urishning tasnifi.
Sovuq urishning rivojlanishi 2 davrga bo’linadi: 
yashirin (reaktivgacha bo’lgan) va reaktiv davri. Yashirin davri to’qimalarda 
mahalliy haroratning pasayish muddatiga to’g’ri keladi. Bu davrda jarohatlanish 
darajasini aniqlab bo’lmaydi. Reaktiv davri tananing sovuq urgan qismini 
isitgandan keyin ko’zga tashlanadi va keyingina jarohatlanish chuqurligi aniq 
bo’ladi. Shunga ko’ra sovuq urish 4 darajaga bo’linadi.
Sovuq urishning I-darajasida terining rangi o’zgarib u shishadi. Teri to’q 
qizil yoki to’q ko’kimtir rangga kirib, shish barcha jarohatlangan yuzani bir tekis 
249


egallaydi.
Sub’ektiv belgilar odatda terining qichishi, ba’zan kuydiruvchi og’riq paydo 
bo’lishi, bo’g’imlarni qaxshatuvchi sezgi bilan xarakterlanadi. Haftaning oxiriga 
kelib og’riq yo’qoladi va teri odatdagi tusga kiradi.
II-darajali sovuq urish uchun birinchi 2-3 kunlarida pufakchalar paydo 
bo’lishi xarakterlidir. Pufakchalarda sarg’imtir tiniq suyuqlik, ba’zan esa ulardagi 
suyuqlik elimsimon konsistentsiyaga ega bo’ladi. Pufakchaning tubini 
jarohatlanmagan epidermisning o’suvchi qavati tashkil qiladi. Uning atrofidagi teri 
ko’kimtir va shishganligi ko’rinadi. Tiklanish jarayonida teri qoplamasi to’lig’icha 
tiklanib, tushgan tirnoqlari yana o’sadi. I-II-darajali sovuq urishidan tiklanganda u 
joyning uzoq vaqt sovuqni sezuvchanligi ancha yuqori bo’ladi.
Sovuq urishning III-darajasida terining barcha qavati nekrozi ba’zan teri osti 
kletchatkasiga ham tarqaladi. Bunda to’qimalarni sovuq urish chuqurligini odatda 
birdaniga aniqlab bo’lmaydi. Jarohatlangan joy to’q qizil rangli, pufakchaning tubi 
to’q binafsha tusdaligi ko’rinib ukol ignasini sanchilishiga sezuvchanligini 
yo’qotadi. Ba’zan pufakcha bo’lmaydi. Kuchli shish jarohatlanish maydonidan 
tashqariga tarqalganligi ko’rinadi.
O’lgan to’qimalar uzoq muddat davomida ko’chib tushadi va bu jaroyon 
odatda yiringlanish bilan birga davom etadi. Granulyatsiyaga uchragan yara 1,5-2 
oy ichida epiteliya bilan qoplanib chandiqlanadi. Sovuq urishning III-davri tiklanib 
jarohatlangan joy qasmoq bilan qoplanganligi ko’rinadi. Bunga sovuq urishning 
mumlanish turi deyiladi. Tiklanish natijasida sovuq urgan joyda uzoq muddatda 
trofik buzilishlar, ko’karish va shish, sezuvchanlikning buzilishi saqlanadi.
Sovuq urishning IV-darajasida tana qismlarining barcha qavatlari, 
shuningdek suyaklarning ham o’lganligi ko’rinadi. Nekrozga uchragan 
to’qimalarning chuqurligi sekinlik bilan ko’zga tashlanib, yaxshi rivojlanuvchi 
demarkatsion egatcha faqatgina ikkinchi haftaning oxirida paydo bo’ladi. Terining 
jarohatlangan joyi birinchi kunlari ko’kargan, ushlab ko’rilganda soviganligi, 
ko’pincha tubida to’q qizil rangli pufakchalar ko’zga tashlanadi. Jablanuvchi 
barmoqlari, ayniqsa, qulning tirnoqlari ancha tez mumlanadi; qo’l va oyoq 
250


panjalarining qolgan qismlari ho’l nekroz holatida bo’ladi.
O’lgan to’qimalarni ajralishi bir necha haftaga va hatto oylab cho’ziladi. 
Epitelizatsiya va chandiqlanish davri ham sovuq urishning oqibati tana 
qismlarining uzilib tushishi bilan xarakterlanadi.
IV-darajali sovuq urishda ko’pincha yuqoriga yo’naluvchi yiringli infektsiya 
(flegmonalar, limfangitlar, flebitlar, artritlar, osteomielitlar, sepsis) bilan 
asoratlanadi. So’nggi davrda trofik yaralar, endoarteriitlar, aseptik osteoporoz va 
boshqalar ko’zga tashlanadi.
Sovuq urish kamdan kam hollarda sud tibbiyoti ekspertizasining tekshiruv 
ob’ekti bo’lishi mumkin. Kerakli hollarda tan jarohatining og’irlik darajasi yoki ish 
qobiliyatining turg’un yo’qotilishi aniqlaniladi (odatda IV-darajali sovuq urishda).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish