Tibbiyot instituti talabalari uchun


Yuqori haroratning odam organizmiga ta’siri



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Yuqori haroratning odam organizmiga ta’siri
Odam organizmiga atrof muhiti yuqori haroratining yomon ta’siri tufayli 
issiqlikdan o’tib ketuvchi charchash, oyoq-qo’llarning issiqlikdan shishishi, 
suvsizlanishdan yoki organizmning ko’p tuz yo’qotishidan oriqlab ketishi, 
issiqlikdan xushini yo’qotishi va talvasalishi, issiqlik va quyosh nuri urishi 
kuzatilishi mumkin.
Sud tibbiyoti ekspertizasi uchun odamni issiq urishi eng muhim ahamiyatga 
egadir.
Agar odam tanasi harorati +41-42
0
S dan yuqoriga ko’tirilganda odam 
tanasining haddan tashqari isib ketishi tufayli issiq urishi kuzatiladi. Uning 
birlamchi belgilari (ter ajralishining to’xtashi, umumiy darmonsizlik, pulsi va nafas 
olishning tezlashuvi, og’zini qurib qolishi, chanqash va boshqalar) hatto 2-3 
soatdan keyin (yoki undan oldinroq) odamni noqulay sharoitga tushganda ko’zga 
tashlanadi. Ayniqsa, yopiq xonalarda yuqori harorat va nam havo bo’lib, 
shamollatish bo’lmaganligi sharoitida kuchli ishlaganda odam tanasi haddan 
tashqari qizib ketishidan issiq urishi ko’zga tashlanadi.
Issiq urishning og’ir turida o’lim birdaniga to’satdan sodir bo’lishi mumkin. 
Birlamchi belgilari paydo bo’lgandan keyin yurak qon tomirlari faoliyatida muhim 
buzilishlar (kollaps holatigacha) va markaziy nerv sistemasida (alahlash, 
talvasalanish, xushini yo’qotish) kuzatiladi. Issiq urishi uzoqroq davom etganda 
suv va tuz almashinuv belgilari keskin buzilib, o’tkir buyrak etishmovchiligi 
rivojlanadi.
Ba’zan issiq urishini eslatuvchi holat quyosh nurlarini boshiga uzoq ta’sir 
qilishi natijasida ham kuzatilishi mumkin. Bunda markaziy nerv sistemasi 
faoliyatida sodir bo’ladigan og’ir buzilishlar
quyosh urishi
degan nom bilan 
ataladi. Quyosh urishi tananing haddan tashqari qizib ketishi va I-darajali kuyish 
bilan kechishi mumkin.
Quyosh urishidan o’lgan murdani kesib ko’rishda topilgan morfologik 
o’zgarishlar issiq urgandagiga o’xshash bo’lib, qandaydir spetsifik belgilari 
247


bo’lmaydi. Doimo, bosh miyaning keskin to’laqonligi va shishishi, ba’zan miya 
moddasida mayda perivaskulyar qon quyilishlar, ko’kragi va qorin bo’shlig’i ichki 
organlarining to’laqonligi, seroz pardalar tagida mayda qon quyilishlar ko’zga 
tashlanadi. Shuning uchun ham issiq urishi va quyosh nurlari ta’siridan o’limning 
tashxisini faqat murdani tekshirish natijasiga qarab aniqlash mumkin emas.
Organizmning haddan tashqari qizib ketishidan va quyosh urishidan o’limini 
aniqlash faqat ishni holatini hisobga olgan holda hamda murdani kesib ko’rish 
natijasidagi boshqa ma’lumotlarga qarab amalga oshiriladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish