Tibbiyot instituti talabalari uchun


Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklaridan to’satdan o’lim



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklaridan to’satdan o’lim.
Bunday 
o’lim katta odamlarda kamroq uchraydi. Ko’pincha u qizilo’ngachning varikoz-
kengaygan tomiri, oshqozon yoki ichaklar katta qon tomirlari, emirilgan o’smalar 
yoki yaralardan o’tkir qon yo’qotilishi tufayli yuzaga keladi. Bunda murdani kesib 
ko’rilganda oshqozon yoki ingichka ichakda quyma shaklidagi kattagina qon 
laxtasi topiladi (117-rasm).
Yaraning tagida yoki o’smaning ichida ochilgan katta qon tomiri ko’rinishi, 
biroq ba’zan qon ketishining ko’zga ko’rinuvchi manbai topilmasligi mumkin. 
Bunday hollarda diapedez yo’li bilan qon ketish nazarda tutiladi.
Ba’zan to’satdan o’lim tromboz yoki ichak tutqichlari arteriyasi 
emboliyasidan, shuningdek gemorragik pankreonekrozdan ham sodir bo’ladi.
550


117-rasm. Ichakda quyma shaklidagi qon laxtasi. 12 barmoqli 
ichak yarasi tubidagi emirilgan qon tomiridan o’limga 
olib keluvchi qon ketishi.
Allergik holatlarda to’satdan o’lim.
Sezuvchanligi oshgan odam 
organizmi kerakli allergen bilan uchrashganda har xil allergik jarayonlar, jumladan 
dermatitlar, toshmali tomir reaktsiyalari, angionevrotik shish, bronxial astmaning 
xurujlari, har xil vaskulitlar kuzatiladi. Sud tibbiyoti nuqtai nazaridan anginevrotik 
shish va anafilaktik shoklar anchagina qiziqish o’yg’otadi, chunki ular to’satdan 
o’limning sababchilari bo’lishi mumkin. Ko’pincha bunday og’ir holatlar 
kasallarga har xil dorivor moddalarni oddiy terapevtik dozada yuborilganda ham 
ko’zga tashlanadi. Kasalxonada bemorning to’satdan o’lib qolishi tibbiyot 
xodimlarini (vrachlar, hamshiralar) noto’g’ri davolaganligi, dorilarni zaharli 
dozasini yuborganlikda ayblashning sababchisi bo’ladi.
Anafilaktik shok
har xil dorivor moddalar (sulfanilamid preparatlari, 
novokain, turli tuman zardoblar va boshqalar) qabul qilingandan keyin sodir 
bo’lishi mumkin, ammo ko’pincha antibiotiklardan penitsillinni mushak ichiga 
yuborilganda kuzatiladi. Preparatni birinchi yuborilgan vaqt bilan shok chaqiruvchi 
muddati orasidagi davr bir necha minutdan to o’n yillargacha cho’zilishi mumkin. 
Odatda og’ir holat preparat yuborilgach birdaniga yoki bir necha minutdan keyin 
rivojlanadi. Bunda umumiy darmonsizlik, kuchli bo’g’ilish arterial bosimning 
aniqlanmasligi, tomir urishining ipsimon bo’lishi, hushini yo’qotishi ko’zga 
tashlanib, tezda o’lim kuzatiladi.
Murdani kesib ko’rishda qandaydir spetsifik belgilar topilmaydi. Sekinlik 
bilan o’lganda ba’zan bosh miyaning arteriolalari va mayda arteriyalarida tromblar 
aniqlaniladi. Bronxlar spazmi, o’pkaning o’tkir emfizemasi rivojlanishi, o’pkada, 
551


yurak va terida eozinofilli infiltratlar ko’rinadi (Severova E.Ya., Velishcheva L.S., 
1972). Murdani kesib ko’rishda gistologik va sud kimyoviy tekshirish uchun 
material olinadi. Shuningdek preparat yuborilgan joydan teri, teri tagi kletchatkasi 
va mushaklar ham olinishi tavsiya qilinadi.
Dori kasalligida to’satdan o’limga olib kelganda o’tkaziladigan ekspertiza 
murakkab bo’lib, odatda sud tibbiyoti eksperti va klinitsistlar ishtirokida komission 
holda o’tkaziladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish