15.14.3 To’satdan o’limning sud tibbiyoti diagnostikasi
To’satdan o’lgan odamni murdasini tekshirishda ekspertning asosiy vazifasi
o’limning sababini aniqlashdan iborat bo’lib, zo’raki o’limga shubha tug’ilganda
uni tasdiqlash yoki tasdiqlamaslikdir. Biroq ko’pchilik hollarda, kattalarda
to’satdan o’limning sababi yurak-qon tomiri sistemasining kasalligi hisoblanilib,
murdani kesib ko’rishda yurak va qon tomirlariga alohida ahamiyat beriladi.
Yurak gipertrofiyasini aniqlashda uni o’lchanishi va tortilishi, shuningdek
gistologik tekshirilishi zarur. Perikard bo’shlig’i ko’zdan kechirilgach, yurak
o’lchanadi va uning uzunligi, kengligi, balandligi, aylanasi (koronar egati)
aniqlaniladi. Gipertrofiyaning boshlang’ich davrida yurakni aylanasini tekshirish,
ayniqsa, foydali ma’lumotni beradi. Yurakning har xil qismlarini (yog’i, tomirlari
va klapanlari, qorinchalar chegara devori, chap qorinchasi) alohida tortib ko’rish
tavsiya qilinadi. Bu qorinchalar indeksini, ya’ni chap va o’ng qorincha devori
556
massasini foizlarga nisbatan hisoblash imkoniyatini beradi. Katta sog’lom odamda
yurak o’ng qorinchasi massasi 26 foiz, chapiniki – 59 foizni (butun yurak
massasidan) tashkil qiladi. Gipertoniya kasalligida chap qorinchaning absolyut
massasigina emas, balki nisbiy massasi ham kattalashadi.
Yurakning koronar arteriyasi yoki ko’ndalang, yoki uzunasiga kesib
ko’riladi. Tromb borligini izlashda qon tomiri bo’shlig’ini aterosklerotik pilakcha
bilan torayish darajasini aniqlashda ko’ndalang kesish tavsiya etiladi. Buning
uchun yurak koronar arteriyasi va ularning tarmoqlari oralig’idan 0,5 sm dan
qoldirib ko’ndalang kesiladi.
N.M.Dementeva (1974) yurak bo’shlig’ini kesib ko’rilgunga qadar bunday
kesilishni tavsiya qiladi. Uning fikricha, bunday usulda kesib ko’rishda butun
yurak arterial sistemasida patologik jarayonni tarqalish va rivojlanish darajasini
aniqlash hamda aterosklerozning organik asoratini to’liq bilish imkoniyati
yaratiladi.
Keyin butun koronar arteriyasi sistemasini aterosklerotik jarayon bilan
zararlanish darajasini baholash uchun qon tomirlarini uzunasiga kesib ko’riladi.
Bunda topilgan o’zgarishlarni ro’yxatdan o’tkazishda G.G.Avtandilov (1960)
tavsiya etgan planimetrik usuldan foydalaniladi.
Yurakning kamerasi kesib ko’rilgandan keyin, odatda bu «qon oqimi
yo’nalishi bo’ylab» kesilib, undagi bor narsalar tekshirilgandan so’ng yurakning
klapanlari va mushak to’qimasidan gistologik tekshirish uchun material olinadi.
Bunda chap qorinchaning yurak cho’qqisiga yaqin joydagi orqa va oldingi
devoridan bo’lakchalar (ayniqsa miokard infarkti ko’p uchraydigan joyidan) olish
tavsiya etiladi. Olingan bo’lakchalarda koronar arteriyasi bo’lgani maqul. Bu
ko’pincha revmatizm, shuningdek yurak koronar arteriyasi trombozida talab
qilinadi. Gistologik tekshirish uchun yurak bo’lakchalaridan tashqari, bosh miya,
buyraklar, jigar va o’pka, kerakli paytlarda boshqa organlardan ham material
yuboriladi. Oddiy mikroskopdan tashqari fazovo- kontrast va polyarizatsion
usullardan ham foydalaniladi.
Ko’pchilik hollarda makro- va mikroskopik usullar ekspertga tashxis,
557
o’limning sababi va genezini aniqlashda ko’maklashadi. Biroq, ayrim hollarda
o’limning sababchisi bo’luvchi patologik o’zgarishlar topilmaydi. Murdani kesib
ko’rishda faqat tez o’limning belgilari ko’zga tashlanadi. Bunday paytda
miokardda ishemiya o’chog’i borligini o’rganishda boiximik va spektral
usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunda ishemiya o’chog’ida kaliyning
miqdori keskin kamayganligi, natriyning miqdori esa biroz oshganligi (Xait M.M.,
1964; Skvortsov F.F., 1969) glikogen va glyukozaning miqdori, shuningdek
aminokislatalar va ayrim fermentlarning o’zgarganligi aniqlaniladi.
Ayniqsa, kislorod etishmovchiligiga fosforilaza va suktsinatdegidrogenaza
fermentlari sezuvchan bo’ladi. Bunday fermentlar aktivligini solishtirish
miokardda o’tkir ishemik jarohatlanish o’chog’ini topishdagina emas, balki
ularning vaktini bilishda ham ko’maklashadi.
Ichki organlarda patologik o’zgarishlar topilmaganda yoki ular kuchsiz
rivojlanganda ekspert zaharlanish haqida o’ylashi zarur. Buning uchun u alkogol
va boshqa zaharli moddalarni aniqlash maqsadida sud-kimyoviy tekshirish uchun
material oladi.
Alkogoldan zaharlanib o’lganda murdaning qonida va siydigida odatda etil
spirtining toksik darajasi (4-5‰ va yuqori) topiladi. Agar alkogolning miqdori
kamroq bo’lsa zaharlanish bilan to’satdan o’lim solishtiriladi. Bunda alkogol o’tkir
yurak etishmovchining rivojlanishini faqat tezlashtiradi.
Alkogol bilan zaharlanib o’lganda odatda patologik o’zgarishlar, ayniqsa
ateroskleroz belgilari juda kam va ba’zan ular umuman uchramasligi ham mumkin.
Ko’pincha zaharlanishdan o’lgan murdalarni tashqi tekshirishda shilinishlar,
qontalashlar, kiyimlarida esa ifloslanishlar topiladi. Surunkali alkogol ichimliklarni
ichuvchilarda yuragida ko’zga tashlanuvchi semirish, jigarning yog’li distrofiyasi
kuzatiladi.
Buning tashxisida bio- va gisto-kimyoviy tekshiruv usullari, shuningdek
miokardda mikroelementlarni aniqlash muhim o’rin egallaydi. Alkogol bilan
zaharlanishdagi o’limda yurak mushagida kaliy va natriyning miqdori
o’zgarmaydi, ammo jigardagi alkogoldegidrogenazaning aktivligi ancha pasayadi.
558
Yurakda patologik o’zgarishlar kuchsiz rivojlanganda va qon hamda siydikda
alkogolning miqdori yuqori bo’lmaganda (3‰ dan kam) o’limning sababi haqida
ko’pgina faktorlarni hisobga olgan holda xulosaga kelinadi (Tomilin V.V., 1981).
Keyingi yillarda to’satdan o’limning sababi alkogolli kardiomiopatiya
ekanligi to’g’risidagi qarashlar paydo bo’ldi (Velishcheva L.S. va boshqalar,
1982). Bunda murdani kesib ko’rishda yurakning biroz kattalashib ilvillab
qolganligi, epikard tagida ko’p miqdorda yog’ aniqlaniladi. Miokard kesib
ko’rilganda xiralashgan bo’lib, unda o’choqli o’zgarishlar topilmaydi. Odatda
koronar arteriyalarda va miokardda aterosklerotik o’zgarishlar bo’lmaydi yoki
kuchsiz rivojlanganligi ko’zga tashlanadi. Mikroskop tagida mushak tolalarining
kuchaygan atrofiyasi ko’rinib, sekinlik bilan yog’ qavati bilan almashganligi
ko’rinadi.
Ancha kam hollarda boshqa zaharli moddalar bilan zaharlanishlar uchraydi.
To’satdan o’limda murdada ko’pincha har xil mexanik jarohatlanishlar
ko’rinib, bular turmush janjallarida o’lim sodir bo’lguniga qadar, ish paytida,
agonal holatida, reanimatsion muolajalar o’tkazish va boshqa holatlarda kuzatiladi.
Odatda, so’z shilinishlar, qontalashlar, lat egan yaralar haqida boradi. Bunday
jarohatlanishlar topilgach, ekspert ularning vaqti va hosil bo’lish mexanizmini,
shuningdek o’lim orasida sababiy bog’lanish borligini aniqlashi zarur.
Bundan tashqari, hatto ichki organlardagi og’ir morfologik o’zgarishlar,
masalan, aterosklerozning aniq belgilari ham o’limning haqiqiy belgisini
yashiruvchi holat bo’lishi mumkin (masalan ko’zga tashlanuvchi morfologik
o’zgarishlar chaqirmaydigan zaharli moddalar bilan zaharlanganda) (Dementeva
N.M., 1974).
Shuning uchun ham sud tibbiyoti eksperti to’satdan o’lganda murdani
tekshirishda katamnezi haqida, o’limni sodir bo’lishi haqidagi ma’lumotlarni
olishi, har bir aniq holatda barcha kerakli qo’shimcha maxsus tekshiruv usullari
(gistologik, sud-ximik, bakteriologik, bioximik, botanik, spektral va boshqalar) ni
qo’llashga harakat qiladi. O’limning sababi to’g’risidagi xulosani tasdiqlash
faqatgina qo’llanilgan tekshiruv usullariga emas, balki shu usullar natijalarining
559
ob’ektiv baholanishiga bog’liq bo’ladi. Shubhali hollarda o’limning sababi
to’g’risidagi xulosa faqat taxminiy bo’lishi mumkin.
Murdani tekshirishda o’limning sababi zo’rakiligi aniqlansa sud tibbiyoti
eksperti zudlik bilan tergov organlariga xabar berishi zarur.
560
Do'stlaringiz bilan baham: |