13) ko’krak qafasini shikastlab, plevra, perikard yoki ko’krak oralig’i
bo’shlig’i, shuningdek ichki organlarning jarohatlanmasligi ham;
14) qorin va bryushina bo’shlig’iga teshib kiruvchi yaralanish,
shuningdek ichki organlarning jarohatlanmasligi ham; bryushina
orqasidagi organlarning (buyrak, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi
va boshqalar)
ochiq yaralanishi; siydik pufagi, yo’g’on ichakning
yuqori va o’rta qismiga teshib kiruvchi yaralanishlar;
15) ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i, chanoq bo’shlig’i, shuningdek
bryushina orqasi bo’shlig’i organlarining yopiq jarohatlanishi tufayli
hayot uchun xavf tug’dirganda;
16) katta naysimon suyaklar – elka suyagi,
son yoki katta boldir
suyaklarining ochiq sinishlari;
17) chanoq suyaklarining sinishi tufayli og’ir darajali shok yoki massiv
qon ketish kuzatilishi, yoki uretra parda qismining yorilishi;
18) shokning og’ir darajasiga olib keluvchi jarohatlanish yoki massiv
qon ketishi tufayli kollaps rivojlanishi; klinik yog’ yoki gazli
emboliyaning ko’rinishi; o’tkir buyrak etishmovchiligidan travmatik
toksikoz rivojlanishi;
19) katta qon tomirlarining jarohatlanishi – aorta, uyqu arteriyasi, umrov
tagi, qo’ltiq tagi, elka, yonbosh, son, tizza
osti arteriyalarini yoki
ularni kuzatuvchi venalar jarohatlanishi;
20) tana yuzasini 15 foizdan yuqori III-IV-darajali quyishi; tana yuzasini
20-foizdan ko’proq III-darajali kuyishi; tana yuzasini 30-foizdan
ko’proq II-darajali kuyishi, shuningdek, kamroq yuzali kuyishda
shokning og’ir darajasi kuzatilishi; nafas olish yo’llari
kuyishi
natijasida ovoz bog’lamining shish tufayli siqilishi;
21) kimyoviy moddalardan kuyish (kontsentrlangan kislotalar, o’yuvchi
ishqorlar, har xil kuydiruvchi birikmalar), bular mahalliy ta’sir
qilishdan tashqari, umum-zaharli ta’sir qilib hayot uchun xavf
tug’dirishi;
361
22) bo’yin organlarining siqilishi va mexanik asfiksiyaning boshqa
turlaridan hayot uchun xavfli kompleks holatlarning kuzatilishi.
«Jarohatlanishning hayot uchun xavfliligi» va «jarohatlanish etkazailish
usulining hayot uchun xavfliligi» tushunchasini
bir-biri bilan almashtirish
yaramaydi, chunki ohirgi holatni ekspert emas, balki tergovchi va sud belgilaydi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi tajribasi shuni ko’rsatadiki, hayot uchun xavfliligi,
og’ir toifaga kiruvchi jarohatlanishlar mezonining eng ko’p tarqalgan turi
hisoblanadi.
Bosh miyaning lat eyishi va chayqalishining og’irlik darajasini sud
tibbiyotida baholashda «Bosh miya jarohatining sud tibbiyot tashxisi» nomli
metodik qo’llanmaga asoslanadi (A.I.Iskandarov, E.S.Shamsiev, 2005). Bu
tavsiyanomada yopiq kalla-miya jarohatlanishi bosh miyaning chayqalishi va lat
eyishi uning siqilishi va siqilmasligi turlariga bo’linadi. Bosh miya lat eyishi
og’irlik darajasi engil, o’rtacha og’irlik va og’ir darajaga bo’linishi mumkin.
Bunday hollarda sud tibbiyoti ekspertizasi nevropatolog ishtirokida o’tkaziladi.
Agar jarohatlanish hayot uchun xavfli bo’lmasa, bunda og’irlik darajasi ularning
oqibati va sog’lig’ining natijasiga qarab hamda jabrlanuvchining ish qobiliyatiga
ko’ra baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: