bo’lganda jarohatlovchi faktorning xarakterini aniqlashda
hech bir qiyinchilik
tug’ilmaydi. Alanga bilan odam tanasining barcha qismi ko’pincha tsirkulyar
holda, deyarli barcha hollarda qo’l barmoqlari, yuzi kuyadi (jabrlanuvchi yonuvchi
kiyimi alangasini qo’li bilan o’chirishga harakat qiladi). O’lgan teri quruq, qattiq,
qo’ng’ir tusli bo’lib, tananing ayrim qismlari ko’pincha ko’mirga aylangan bo’ladi
(75-rasm). Yuz terisi va tananing barcha ochiq qismlarida, shuningdek og’iz va
burun teshiklarida, nafas olish yo’llarida, ba’zan qizilo’ngach va me’dasida qurum
topiladi. Ko’pincha sochlarining bujmayib qolishi va nafas olish yo’llarining
kuyishi topiladi. Bundan tashqari, alanga ta’sirida kiyimi yonib ketadi.
Qaynoq suvga botirilganda odatda chuqur kuyish (IV-darajali) kuzatilmaydi,
chunki uning harorati +100
0
C dan oshmaydi va kiyimga va odam tanasiga
tekkanda u tezda soviydi. Jabrlanuvchi tik holatda turganda suyuqlik pastga qarab
oqishi tufayli
tananing pastki oldingi yuzasi, jinsiy organlari va oyoqlari
jarohatlanishi mumkin. Tsirkulyar kuyishlar vannada yoki dush tagida
cho’milishda kuzatiladi. III-darajali kuyishda teri kulsimon yoki oqimtir tusga
kiradi. Agar kiyimda jarohatlanish bo’lmasa, unda kuyishni chaqirgan suyuqlik
qoldiqlari (sup, kofe, chay, va boshqalar) ko’rinadi.
75-rasm. Alanga ta’sirida katta ko’lamdagi III-IV-
darajali kuyish.
Agar jabrlanuvchi voqea sodir bo’lgan joyida o’lib qolgan taqdirda yong’in
242
o’chog’ida kuyishning xarakteri va tiriklik xususiyatini aniqlashga to’g’ri keladi.
Ayniqsa murda to’lig’icha kuyib ketganda bu savolni
echish anchagina qiyin
bo’ladi. Bunda gistologik tekshiruv ham doimo yordam bera olmaydi, chunki
yuqori harorat ta’sirida birinchi minutlarda o’lim sodir bo’lganda teri va teri tagi
kletchatkasida xuddi ilgariroq o’lgandagiga o’xshash o’zgarishlar ko’zga
tashlanadi.
Kuyish o’chog’ida bo’lganligining aniq tasdiqlovchi belgisi qonda
karboksigemoglobin borligi hamda nafas yo’llari, qizilo’ngach
va oshqozonda
qurumning bo’lishligi hisoblanadi. Buning uchun qonni yurak bo’shlig’i yoki
chuqurroq joylashgan qon tomirlaridan tekshirish uchun olinadi.
Kuyish o’chog’ida tiriklik vaqtida bo’lganda qurum eng kichik bronxlar va
hatto alveolalarda topiladi. Ba’zan u asosiy suyaklar va peshona bo’shlig’ida ham
bo’lishi mumkin (Belikov V.K., 1972), shuningdek qurumni yurak, qon tomirlari
bo’shlig’ida, leykotsitlar tsitoplazmasida, jigarning Kupfer hujayralari va hatto
siydikda ham topilishi mumkin. Bunda siydikdan kuyishning hidi kelib turadi.
Nafas io’llari shilliq pardasidan stereomikroskop yordamida tamg’a olinganda
qurum zarrachalarining uncha katta bo’lmagan miqdori yaxshi ko’rinadi. Alanga
o’chog’ida bo’lganlikning tiriklik vaqtidagi ta’sirini isbotlovchi muhim diagnostik
belgi nafas olish yo’llarida kuyish jarayonining bo’lishligidir.
Bunda qurum
olingandan keyin hiqildoq, kekirdak va bronxlar shilliq pardasining kuchli
to’laqonligi fonida oqimtir dog’-nekroz o’choqlari ko’zga tashlanadi. Bir vaqtning
o’zida shilliq pardada qon aylanishning buzilishi: to’laqonlik, shish, kapillyarlar
devori o’tkazuvchanligining oshishi, qon quyilish kuzatiladi. Yuzi kuyib
dudlanishida ko’pincha ko’z atrofidagi
teri burmachalari atrofida, shuningdek,
burun lab burmachalarida ularning qisilishi tufayli jarohatlanmasligi ham
kuyishning tiriklik belgilariga kiradi (76-rasm).
O’pkada topilgan yog’ emboliyasi ham kuyishning tiriklik belgilari
hisoblanadi.
Kuyishning tiriklik xususiyatlarini aniqlashda
kuyish pufakchasidagi
suyuqlikning taxlili uchun oqsillar, leykotsitlar, fibrin borligini aniqlash,
243
shuningdek teri, qon va ichki organlarda ayrim
makro- va mikroelementlarni
emission spektral usulida tekshirish taklif qilinadi. Tiriklikdagi kuyish
pufakchasida (4,2-4,9 foiz) umumiy oqsil bo’lsa, uning miqdori o’lgandan keyin
paydo bo’lgan pufakchadagi oqsildan (2,1-1,3 foiz) 2 marta ko’proq bo’ladi (Fayn
M.A., 1968).
Do'stlaringiz bilan baham: