jarohatlanish va o’zgarish borligi; sochni aniq bir odamdan ajralishi mumkinligi
yoki mumkin emasligi (sochni o’xshashligini aniqlash) va boshqalardan iboratdir.
Sud tibbiyoti laboratoriyasida sochni tekshirish oddiy ko’z bilan ko’zdan
kechirishdan boshlanadi. Bunda ularning shakli, rangi, uzunligi va boshqa
xususiyatlariga ahamiyat beriladi. Keyin har
bir soch mikroskop tagida
tekshiriladi. Uning xarakteri va miya qavatining rivojlanganligi, rangi, po’stloq
qavatida pigment zarrachalari miqdori va tarqalishi, ildiz hamda periferik
qismining
xususiyatlari, sochning jarohatlanishi va o’zgarishlari kuzatiladi.
Sochning optik qismi xarakteri o’rganiladi.
Vintli okulyar mikrometr yordamida sochning maksimal qalinligi
o’lchanadi.
Kutikula hujayralarini joylashish xarakterini o’rganish uchun jelatina qavatli
fotoplastinkada, polisterolda sochdan tamg’a olinadi. Shu tamg’ada sochni
kesilgan uzunligi bo’yicha kutikulada chiziqlar soni sanalanadi. Sochning
ko’ndalang kesimi shakli, xarakteri va pigmentning joylashuvi ham ko’ndalang
kesimda o’rganiladi. Bu tselloidin blokidagi sochni
mikrotomda kesish orqali
amalga oshiriladi.
Keyingi yillarda sochni tekshirish uchun har xil yangi usullar, jumladan
gidravlik dinamometr yordamida sochni elastikligi va mustahkamligini aniqlash;
ultrabinafsha nurlar va flyuorestsentsiya yordamida tekshirish; refraktsiyani
aniqlash;
spektrografik tekshiruv; sochlarga kimyoviy va fiziko-kimyoviy
tassurotlar natijasini aniqlash; guruhlarga aloqadorligini AVO izoserologik
sistemasi orqali o’rganish; sochni
jinsga aloqadorligini topish; sochni ildizida
izofermentlarni aniqlash va kabilardan foydalaniladi (Tumanov A.K. va Rozanov
A.A., 1975; Shalaev N.G., 1953 va boshqalar). Ko’pgina yuqorida keltirilgan
usullar tajribada o’rganilish davrida bo’lib, ularning ayrimlaridan ekspert
amaliyotida foydalanilmoqda.
Ekspertizaga jo’natilgan ob’ektlarni sochligini
aniqlashda mikroskopik
tekshiruvdan foydalaniladi. Soch o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, u o’simlik va
sun’iy tolalardan farqlanadi. U kutikula, po’stloq moddasi va miya moddasi
592
(serdtsevina) dan tuzilgan.
Ekspertizaga yuborilgan ob’ektni sochligi aniqlangandan keyin uni odamga
yoki hayvonga aloqadorligi o’rganiladi.
Odam sochi hayvon sochidan miya moddasi, po’stloq qavati va kutikulasi
bilan farqlanadi.
Odam sochida kutikula hujayralari zich mayda harf bilan joylashgan bo’lib,
uning optik qirrasi kuchsiz shishsimon, kutikula tasviri chizig’i to’lqinsimon
yaqinlashgani ko’rinib po’stloq
qavati keng, miya qavati (serdtsevina) esa tor
bo’ladi va notekis kenglikda, ko’pincha bo’lingan holatda bo’ladi. Ingichka sochda
miya qavati umuman bo’lmaydi.
Hayvon sochida kutikula hujayralari cherepitsasimon holda joylashganligi,
optik qirrasi ko’zga tashlanuvchi tishsimon bo’ladi. Kutikulani tasviri ancha xilma
xil bo’ladi. Po’stloq qavati tor, miya qavati esa keng, bir xil kenglikdaligi ko’rinadi
(121-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: