hajmi 4-5 l dan to 20-25 l gacha oshishi, sport bilan shug’ullanuvchilarda hatto 35-
40 l gacha, ya’ni deyarli 10 martagacha ko’tarilishi ko’zga tashlanadi. Kasallangan
yurak ba’zan hatto uncha katta bo’lmagan zo’riqishga bardosh bera olmaydi.
Ayniqsa, to’satdan zo’riqish sodir bo’lganda o’tkir koronar etishmovchiligi tufayli
to’satdan o’lim yuzaga keladi.
Psixoemotsional zo’riqish ham to’satdan o’limda muhim o’rin egallaydi. Bu,
ayniqsa yurak-qon tomirlari kasalliklarida yaqqol ko’rinadi.
Kutilmaganda nisbiy hayajonlanishda ular
shoksimon holatga tushib
qoladilar. Bunda arterial qon bosimi oshib ketib, kasallangan yurak faoliyatini
tezlashtiradi va bosh miyada qon aylanishini o’tkir buzilishiga imkoniyat yaratadi.
Ekspert amaliyotidagi kundalik kuzatishlar spirtli ichimliklarni iste’mol
qilish to’satdan o’limning sodir bo’lishida muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatadi.
Taxminan 25-30 foiz o’lim holati spirtli ichimlik ichgandan keyin birdaniga yoki
biroz vaqtdan keyin alkogolning dozasi uncha katta bo’lmaganda ham (50-60 g
araq) kuzatilishi mumkin. Chamasi, alkogol aterosklerotik jarayon bilan
zararlangan reaktivligi oshgan va o’zgargan yurak arteriyasiga spastik ta’sir qiladi.
Bundan
tashqari, alkogol yurak faoliyati vazifasini oshiradi. Keyingi davrda
alkogol bilan zaharlanishda u yurak mushagi metabolizmini buzilishi tufayli
yurakni zararlanishiga sababchi bo’ladi. Surunkali alkogoldan zaharlanishda
mayda va o’rta kalibrli yurak arteriyasining
skleroziga olib kelib, mushak
tolalarining ayrim qismlarini o’limiga va o’choqli kardiosklerozni vujudga
keltiradi.
Tamaki chekishda ham, xuddi alkogol
qabul qilgani singari yurak
arteriyalarining spazmiga sababchi bo’lib, bu o’z navbatida trombotsitlarning bir-
biriga yopishishi va tromboz yuzaga keladi. Kuniga 20 tadan ko’proq papiros
chekuvchi kishilarda miokard infarkti rivojlanishi va to’satdan o’lim sodir bo’lishi
3 martaga oshadi (Gorlin R., 1980).
Yurak-qon tomiri sistemasi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning
holatiga noqulay meteorologik sharoitlar ta’sirida to’satdan o’lim vujudga kelishi
ham kiradi. Bunda atmosfera bosimining keskin o’zgarishi, havo harorati,
555
shamolning tezligi va boshqalarga alohida ahamiyat beriladi.
Odatda,
ateroskleroz, ayniqsa, gipertoniya kasalligi bilan kasallangan
bemorlar issiq havo bilan sovug’ining bir biriga to’lqinsimon o’tib turishi bilan bir
vaqtda arterial bosimning pasayib ketishi tufayli meteorologik ta’sirga javob
reaktsiya yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun ham ancha ko’p reaktsiya dastlabki
bahor va kechki kuz paytida kuzatiladi. Meterologik
faktorlarga sezuvchanlik
oshib ketganda miya va koronar qon aylanish buzilishi aniqlanilib, bu insult va
miokard infarktining sababchisi bo’lishi mumkin.
Tabiiyki, kundalik hayotda yuqorida ko’rsatilgan sharoitlar ko’pincha bir
biri bilan qo’shilib keladi. Masalan, alkogoldan mastlik holati bilan
psixoemotsional hayajonlanish (turmush janjallari), yuqori harorat ta’siri va fizik
charchash (hammomda yuvinish), ko’p ichish va keyinchalik alkogoldan mastlik
va boshqalar. Bunday noqulay tassurotlar ma’lum davrda shu odamda
organizmning hayot uchun muhim sistemasini dekompensatsiyasiga olib keladi va
o’limning sababchisi bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: