KO’KRAK SUTI BILAN EMIZISH
Ko’krak bilan emizish nima uchun muhim
Onaga qanday yordam berishni bilishdan ilgari, ko’krak bilan emizishning qanchalik muhimligi va uning afzalligi nimada ekanligini tushunishingiz lozim. Siz ko’krak suti va uning o’rnini bosuvchi maxsulotlar orasidagi farqni bilishingiz, sun’iy ovqatlantirishning xavfli ekanligini tushunishingiz kerak.
CHaqaloq bolalar uchun eng yaxshi taom - ko’krak suti hisoblanadi, u bola hayotining dastlabki 6 oyida unga kerakli hamma oziq-ovqat moddalari bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, uning tarkibida jajji insonning noyob ehtiyojlarini qondiradigan oziq-ovqat moddalari – ayrim o’rnini almashtirib bo’lmaydigan poli-to’yinmagan yog’ kislotalari, ayrim sut oqsillari va oson so’riladigan shakldagi temir moddasi bo’ladi. Ko’krak suti shuningdek sanoat tomonidan ishlab chiqariladigan bolalar ovqat aralashmalarida bo’lmaydigan va mikrobli hamda virusli infektsiyalardan himoyani ta’minlaydigan, shuningdek yangi tug’ilgan chaqaloq ichagining moslashuviga va rivojlanishiga imkon bera oladigan immunologik va biologik aktiv moddalarni saqlaydi.
Jadval 7. Yetilgan ko’krak suti, sigir suti va bolalar oziq aralashmasining tarkibi
Etilgan ko’krak suti, sigir suti va bolalar oziq aralashmasining ( 100 ml)tarkibi
|
Tarkibi
|
Etilgan ko’krak sutining o’rtacha ko’rsatkichlari
|
Bolalar oziq-aralashmasi
|
Sigir suti
|
Uy sharoitida tayyorlangan oziq aralashmasi
|
Energiya (kDj)
|
280
|
250–315
|
276
|
221
|
Energiya (kkal)
|
67
|
60–75
|
66
|
63
|
Oqsil (g)
|
1,3
|
1,2–1,95
|
3,2
|
2,1
|
Yog’ (g)
|
4,2
|
2,1–4,2
|
3,9
|
2,5
|
Uglevod (g)
|
7
|
4,6 – 9,1
|
4,6
|
8,0
|
Natriy (mg)
|
15
|
13–39
|
55
|
36
|
Xlor (mg)
|
43
|
32,5–81
|
97
|
63
|
Kaltsiy (mg)
|
35
|
59
|
120
|
75
|
Fosfor (mg)
|
15
|
16,3–58,5
|
92
|
60
|
Temir (μg)
|
76
|
325–975
|
60
|
39
|
Vitamin A (μg)
|
60
|
39–117
|
35
|
23
|
Vitamin S (μg)
|
3,8
|
5,2
|
1,8
|
1,2
|
Vitamin D (μg)
|
0,01
|
0,65–1,63
|
0,08
|
0,05
|
Jadval 8. Ona suti, hayvonlar suti va sun’iy arashmalar orasidagi tafovutlar
|
Ona suti
|
Hayvon suti
|
Sun’iy sut aralashmalar
|
Bakterial qo’zg’atuvchilar
|
Yo’q
|
Ehtimolli
|
Tayyorlashda ehtimoli bor
|
Infektsiyaga qarshi omillar
|
Mavjud
|
Yo’q
|
Yo’q
|
O’sish omillari
|
Mavjud
|
Yo’q
|
Yo’q
|
Oqsillar
|
Kerakli miqdorda, yengil hazm bo’ladi
|
Juda ko’p, hazm bo’lishi qiyin
|
Qisman korrektsiya qilingan
|
Yog’lar
|
Keraklicha yog’ kislotalari, ovqat hazm qilish uchun lipaza mavjud
|
Asosiy yog’ kislotalari kam, lipaza yo’q
|
Asosiy yog’ kislotalari kam, lipaza yo’q
|
Temir
|
Ozroq, yaxshi so’riladi
|
Oz miqdorda, kamroq so’riladi
|
Qo’shimchalari ko’p, yomon so’riladi
|
Vitaminlar
|
Etarlicha
|
“A” va “S” yetarli emas
|
Vitamin qo’shimchalari
|
Suv
|
Etarlicha
|
Qo’shimcha talab qilinadi
|
Qo’shimcha kerak bo’ladi
|
Sut tarkibidagi o’zgarishlar
Og’iz suti – bu tug’ruqdan keyingi bir necha kun davomida keladigan sutdir. U kuyuq, sarg’ish rangda bo’ladi.
Etilgan sut – bu sut bir necha kundan keyin hosil bo’lib, sutning miqdori oshadi. Ko’krak to’ladi, shishadi va og’irlashadi. Bu holat ayrim hollarda “sut kelishi” deb aytiladi.
Ertangi sut – bu emizishning boshida ajraladigan sut.
Kechki sut –bu emizishning oxirida hosil bo’ladigan sut.
Kechki sut rangi bo’yicha ertangi sutga nisbatan oqishroq. Chunki uning tarkibida yog’lar ko’p. Bu yog’ bola uchun asosiy quvvat manbai hisoblanadi. SHu sababli bolani ko’krakdan juda erta ajratmaslik muhim.
Ertangi sut kechki sutga nisbatan ko’kimtir, u ko’p miqdorda ajralib chiqadi va bolani yetarli miqdorda oqsil, laktoza va boshqa komponentlar bilan ta’minlaydi. Bola ertangi sutni iste’mol qilganligi sababli o’ziga kerakli miqdordagi suvni qabul qiladi. Bolaga hayotning birinchi 4 – 6- oyligida, hatto issiq havo iqlimida ham qo’shimcha ichimlik kerak emas. Agar u chanqog’ini suv bilan qondirsa, unda ko’krak sutini kam iste’mol qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |