1-kurs talabalari uchun darslik
382
rini tо‘gʻri tanlab va о‘tkazish uchun bо‘lgʻusi shifokor elektr toki
ta’sirida organizmda qanday jarayonlar sodir bо‘lishini bilishi zarur.
Biologik suyuqliklar elektrolit moddalar, ya’ni neytral sistema
lar bо‘lib, manfiy va musbat ionlardan tashkil topadi va elektr tokini
о‘tkazadi.
Tirik organizmga, elektrokimyo nuqtayi nazaridan, hujayra
va elektrolit eritmalari bilan tо‘ldirilgan hujayralararo bо‘shliqdan
tashkil topgan deb qaralsa bо‘ladi. Barcha biologik suyuqliklar va
tо‘qimalar ma’lum darajada elektrо‘tkazuvchanlikka ega bо‘ladi.
Shuning uchun, tibbiyotda elektrodiagnostika va elektr toki bilan
davolash usullari keng qо‘llanadi. Ular qatoriga elektrokardiogram
ma, ensefologramma, davolash elektroforezi, elektroosmos, galva
nizatsiya, elektrostimulatsiya usullari kiradi. Biologik tо‘qimalarga
kichik chastotali tok bilan ta’sir etib, ularning normal faoliyatini
ham tiklash mumkin. Sababi – organizm tо‘qimalari elektr tokini
о‘tkazib, elektr ta’siriga javoban reaksiya beradi. Bu jarayonlarn
ing asosida elektrokimyo qonun qoidalari yotadi. Tо‘qima qutbla
nishi katod va anodda turlicha kechadigan bir qator fizikkimyoviy
о‘zgarishlar sodir bо‘lishiga olib keladi. Yengil va harakatchan K
+
,
Na
+
ionlari katod atorofida yigʻilib, membranani о‘tkazuvchanligi
ni oshiradi; ogʻirroq Ca
+2
, Mg
+2
ionlari anod atrofida tо‘planib,
membranani dagʻallashtirib, о‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Ion
lar konsentratsiyasining о‘zgarishi, hujayraning funksional holatini
о‘zgari shiga, katod yonida qо‘zgʻaluvchanlik ortishi va anod yoni
da uning kamayishiga olib keladi.
Kislotaasosli muvozanatning siljishi fermentlar ta’siri va hu
jayrada modda almashinish jarayonlari (suvtuz, oqsil almashinuvi)
ga ta’sir kо‘rsatadi. Hujayra orqali о‘zgarmas tok о‘tishi diffuziya,
osmos, masalan,hujayra orqali suv о‘tishi (elektroosmos) jarayonla
rini kuchaytirib yuboradi. О‘zgarmas tok ta’sirida tо‘qimalarda bir
inchi navbatda ionli muvozanat buzilishi bilan bogʻliq bо‘lgan fizik
kimyoviy о‘zgarishlar rо‘y beradi. Bu о‘zgarishlar asab retseptor
larini qо‘zgʻatadi. Retseptorlarga ta’sir asab yо‘llari bо‘ylab bosh
Tibbiy kimyo / 1
383
miya pо‘stloq qismiga yetib borib, javoban organizmning fiziologik
reaksiyalarini chaqiradi. Sharoitga qarab bu reaksiyalar mahalliy
yoki umumiy tabiatga ega bо‘ladi. Mahalliy reaksiyalarda elek
trodlar ostida terini achishishi, igna sanchilishi, kuyishi seziladi,
umumiy reaksiyalarda – asab, endokrin, yuraktomir, qontomir
sistemalar ishi, modda almashinuvi stimullanadi va boshqalar ku
zatiladi. Asab tolalari orqali tok о‘tganda ularning qо‘zgʻaluvchan
ligi ortadi (elektrotonus). Katod yonida qо‘zgʻatuvchilar ta’siriga
javoban reaksiya kuchayadi (katelektroton), anod yonida esa bu
reaksiya kamayadi (anelektroton). Davolash amaliyotida birinchisi
ni tо‘qimalar qо‘zgʻaluvchanligini oshirish uchun, ikkinchisini esa
ogʻriq kamaytirish uchun qoʻllashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: