Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

2.6.rasm. Ftor tabiatan ikki atomli molekula hosil qiladi.

Molekuladagi valent elektronlarni belgilashda nuqtali elektron 

formuladan  foydalaniladi.  Elektron  juftlari  ikki  nuqta  yoki  bitta 

chiziq bilan belgilanadi. Ikki karrali bogʻ ikki toq elektronning oʻza­

ro juftlashishi natijasida hosil boʻladi. Uch karrali bogʻ esa, uchta 

toq  elektronning  oʻzaro  juftlashishi  natijasida  hosil  boʻladi.  Ikki 

karrali bogʻ va uch karrali bogʻlar molekuladagi barcha atomlarni 

oktet  holatga  oʻtkazishda  bitta  valent  elektron  yetarli  boʻlmagan­

da vujudga keladi. Masalan, CO

2

 molekulasida kislorodning ikkita 



elektroni C ning toq elektronlari bilan juftlashadi.

N

2



 molekulasi tarkibida uch karrali bogʻ saqlaydi, chunki azot 

elementi 5A guruhida joylashib, faqatgina uch karrali bogʻ hosil qil­

ishi hisobiga oktetini toʻldirishi mumkin.



Tibbiy kimyo / 1  

47

Elektromanfiyliklari bir­biridan farq qiladigan, lekin bu farq ion 



bogʻlanish darajasiga yetmagan element atomlari oʻzaro birikkanda 

qutbli kovalent bogʻlanishli molekulalar hosil boʻladi. Qutbli kova­

lent  bogʻlanishli  birikmalarda  ikki  element  elektronlaridan  hosil 

boʻlgan juft elektronlar elektromanfiyligi kattaroq element tomon 

siljigan  boʻladi.  Misol  uchun,  uchuvchan  anorganik  birikmalarn­

ing molekulalari: HF, HCI, H

2

O, H


2

S, NH


3

 va boshqalar bunga mi­

sol boʻla oladi. Masalan, HCI molekulasi hosil boʻlishida vodorod 

atomining elektromanfiyligi 2.1ga teng, xlor atominiki 3.0 ga teng. 

Xlor atomining elektromanfiyligi kattaroq boʻlgani uchun H – CI 

bogʻini hosil qilgan elektron jufti Cl atomi tomon siljigan boʻladi. 

Oqibatda vodorod qisman musbat δ

+

 va xlor qisman manfiy δ



­

 zary­


adlanib qoladi. Molekula qutblanadi. 

Elektromanfiylik – atomning bogʻ hosil qilishda qatnashayot­

gan  elektron  juftlarni  oʻziga  tortish  xususiyati.  Metallmaslarning 

elektromanfiyligi metallarnikidan yuqoriroq, chunki, metallmaslar 

elektronlarni metallarga nisbatan kuchliroq tortadi. 

 Bogʻlarning turlarini aniq belgisi mavjud emas. Bogʻlanishda 

ishtirok etayotgan ikki atomning elektromanfiyliklari farqiga qarab 

bogʻning  qutbsiz  yoki  qutbli  kovalent  tabiatli  ekanligini  aniqlash 

mumkin. Agar elektromanfiyliklar farqi 0 dan 0,4 oraligʻida boʻlsa, 

qutbsiz kovalent bogʻ deyiladi. Masalan, H – H (2,1 ­ 2,1 = 0) va 

C – H (2,5 – 2,1 = 0,4) lar qutbsiz kovalent bogʻ boʻladi. Elektro­

manfiyliklar farqi ortishi bilan bogʻning qutbliligi ham ortib boradi. 

Agar elektromanfiyliklar farqi 0,5 dan 1,8 oraligʻida boʻlsa, qutbli 

kovalent bogʻ boʻladi. Masalan, H – Cl bogʻida elektromanfiyliklar 

farqi 3,0 (Cl) – 2,1(H) = 0,9. Ushbu bogʻning qutbli kovalent bogʻ 

ekanligining isboti 

2.7

­rasmda koʻrsatilgan. 




1-kurs talabalari uchun darslik

48

2.7-rasm. Qutbsiz kovalent bogʻlanishda elektron juftlar teng taq-




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish