Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Elementlar xossalarining davriy takrorlanishi



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

Elementlar xossalarining davriy takrorlanishi

Elementlarning  elektron  konfiguratsiyasi  ularning  fizik­

kimyoviy xossalarini belgilovchi asosiy koʻrsatkichdir. Valent elek­

tronlar, atom oʻlchami, ionlanish energiyasi va metallik xossalari 

davriy  ravishda  takrorlanadi.  Davriy  xossalar  deb  –  davr  boʻylab 

oʻzgaruvchi,  keyin  davr  boshida  yana  avvalgi  holatiga  qaytuvchi 

xususiyatlarga aytiladi. 

Davriy jadvalda 1A(1) guruhdan to 8A (18) guruhgacha joylash­

gan asosiy guruh elementlarining kimyoviy xossalarining oʻzgarishi 

ulardagi tashqi pogʻonada joylashgan valent elektronlar soni bilan 

bogʻliq. Asosiy guruh elementlarining guruh nomeri ularning va­

lent  elektroniga  teng.  Masalan,  1A  guruhdagi  barcha  elementlar­

ning valent elektroni 1 ta. Barcha 2A guruh elementlarining valent 

elektronlari 2 ta. 7A guruhidagi galogenlarda yettita valent elektron 

mavjud.

Atomlarning radiuslari (r

(A)


) deb, atom yadrosi bilan eng tash­

qi elektron qavat oʻrtasidagi masofaga aytiladi. Lekin atomlarning 

(orbital) radiuslari oʻrnida koʻpincha “atom hajmlari” iborasi ham 

qo‘llaniladi. “Atom hajmi” – qattiq holatdagi moddalarda bir mol 

atomning egallagan hajmidir (sm

3

/mol). Atom radiusi guruhlarda 



va davrlarda elementlarning tartib raqamiga bogʻliq holda oʻzgarib 

boradi.


Davrlarda elementlarning tartib raqami ortib borishi bilan ular­

ning atom radiusi kichiklashib boradi. Masalan, II davr elementla­

rini tahlil qilsak:



1-kurs talabalari uchun darslik

58

Li( Z = 3) ˂ Be(4) ˂ B(5) ˂ C(6) ˂ N(7) ˂ O(8) ˂ F(9) ˂ Ne(10)



 r

(A

)=1,6 > 1,05 > 0,75 > 0,65 > 0,5 > 0,45 > 0,35 > 0,30



Buning  sababi,  elementlarning  tartib  raqami  ortishi  bilan  ya­

droning musbat zaryadi ortadi va elektron qavatlarning soni (n = 

2)  oʻzgarmagan  holda  tashqi  elektron  qavatdagi  elektronlar  soni 

ham ortib boradi. Natijada yadro va tashqi elektronlarning tortishu­

vi kuchayib elektron qavatlar siqiladi va atomning (hajmi) radiusi 

kichiklashadi.

Guruhlarda  elementlarning  tartib  raqami  ortishi  bilan  ele­

mentlarning atom radiuslari ortib boradi. Chunki guruhlarda ele­

mentlar tartib raqami va davrlarning raqami ortishi bilan atomdagi 

elektron qavatlarning soni ortishiga olib keladi va bu oʻz­oʻzidan 

atom (hajmi) radiusining kattalashuviga sabab boʻladi. Bu oʻzgarish 

elementlarning elektron tuzilishiga (s, p, d, f­element ekanligiga) 

bogʻliq. 

s­ va p­elementlarda atom radiusi keskin oʻzgaradi, f­ va d­ ele­

mentlarda atom radiusi juda kam oʻzgaradi. f­ va d­ elementlarda 

atom radiusining kam oʻzgarishi ulardagi tashqaridan oldingi qavat­

larda f­ va d­ orbitallarning f­ va d­ “siqilish” hodisasi bilan izoh­

lanadi.


Asosiy guruh elementlarida atom radiusi oʻzgarishi 2.9­rasmda 

koʻrsatilgan.

Atomda manfiy zaryadlangan elektronlar, musbat zaryadli yad­

roga tortiladi. 



Ionlanish energiyasi deb neytral atomdan bitta elektronning aj­

ralib chiqishida yutiladigan energiyaga aytiladi. 

Atomdan bitta elektron ajralganda hosil boʻlgan zarracha kation 

deb ataladi va +1 zaryadga ega boʻladi.

[Atom] ­ e → [Ion]

+

 ± I



Agar atomdan 1, 2, 3 ta elektron ketma­ket ajralib chiqsa, mos 

ravishda I

1

I



2

I

3

 … ionlanish energiyasi qiymatlariga ega boʻladi 




Tibbiy kimyo / 1  

59

va doimo I



1

˂ I

2

˂ I



3

˂ … tartibda ortib boradi. Uning sababi davrlar­

da elektron bilan yadroning tortishuv kuchi kamayadi va elektronni 

atomdan chiqarib yuborish uchun kam energiya sarflanadi.



2.9-rasm. Asosiy guruh elementlarida yuqoridan pastga tomon atom 


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish