Tibbiy buyumlar va uskunalarni dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish. Usullari. Vositalari. Tartiblari. Sterillangan tibbiy buyumlar va uskunalarning saqlanish qoidalari. Atamalar va ta’riflar


Forvakuumli sterilizatorlar ishlash sifatini nazorat



Download 123,79 Kb.
bet17/19
Sana19.02.2022
Hajmi123,79 Kb.
#459355
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
тиббий ускуналар1

10. Forvakuumli sterilizatorlar ishlash sifatini nazorat
qilishga bo‘lgan talablar
10.1. Forvakuumli sterilizatorlar kamerasidan havoning to‘liq chiqishini davriy ravishda nazorat qilish uchun Bovi-Dik test paketlaridan foydalaniladi.
10.2. Bovi-Dik test paketlari inert qog‘ozdan tayyorlangan markazida indikator qog‘ozi joylashtirilgan ko‘p qavatli paketga o‘ralgan test-indikatordir. Indikator kompozitsiyasi indikator qog‘ozida qor uchqunlari ko‘rinishidagi naqshlarni hosil qiladi. Indikator kompoziyasidagi rang ko‘rsatkichi kul-havo rangdan och pushti-binafsha rangga kiradi.
10.3. Ish jarayonida ushbu test paketlardan foydalanish sterilizator kamerasining germetik yopilmaganligi, forvakuum nasosi va klapanlarining ishlamasligi bilan bog‘liq kamchiliklar sababli sterilizator kamerasidan havoning to‘liq chiqmayotganligi kabi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
10.4. Bovi-Dik test paketlari quyidagi holatlarda ishlatiladi:
- sterilizatorlarda montaj va ta’mirlangandan keyin;
- sterilizatorlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida rejali davriy (har haftada) nazorat vaqtida;
- fizikaviy va kimyoviy usullar yordamida o‘tkazilgan joriy nazorat ishlarida qoniqarsiz natijalar aniqlanganda;
- bakteriologik tekshiruv natijasida nosteril namunalar aniqlanganda.
10.5. Sterilizatorlarni ishlash holatini joriy nazorat ishlari sterilizatsiya markazi xodimi tomonidan, ularni montaj va ta’mirlash ishlaridan so‘ng tekshirish montaj va texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan olib boriladi.
10.6. Bovi-Dik test paketlari yordamida sterilizatorlar havoni chiqishini tekshirish tartibi quyidagicha o‘tkaziladi:
10.6.1. Bovi-Dik test paketlari faqat bir marta ishlatiladi. Ishlatish muddati o‘tgan test-paketlardan foydalanishlga ruxsat etilmaydi.
10.6.2. Bug‘li sterilizatorlar ularning yo‘riqnomasiga qarab ekspluatatsiya qilinadi.
10.6.3. Sterilizatsion kamera eshigi ochiladi va sterilizator kamera metall reshetka tagligiga 50-100 mm balandlikda test paket qo‘yiladi. Keyin kamera eshigi yopilib va sterilizatsion kamera 134+3oS 3,5 min. parametrli texnologik siklda qizdiriladi.
10.6.4. Sterilizatsiya sikli tugagandan keyin sterilizatsion kamera eshigi ochilib, Bovi-Dik test paketlari olinadi va bo‘sh kameraga yuza tomoni bilan gorizontal ravishda solinadi. Test-paket kamera devorlari va eshigiga tegmasligi kerak.
10.6.5. Test sikli tugagandan keyin Bovi-Dik test paketlari sterilizatsion kameradan olinadi va sovitish uchun stolga qo‘yiladi.
10.6.6. 1-sinfga oid indikator yuza qismi o‘ramda ko‘rsatilgan rangga kirishi kerak.
10.6.7. Bovi-Dik test paketlari ochilib, o‘ralgan qog‘oz ustki qismi olinadi. Inert qog‘oz o‘rtasidagi indikator list olinib, butun qog‘oz bo‘ylab diqqat bilan tekshiriladi.
10.6.8. Indikator kompoziyasidagi rang ko‘rsatkichi butun qog‘oz bo‘ylab kul rang-havo rangdan och pushti-binafsha rangga kirgan bo‘lsa, tekshirish natijalari ijobiy hisoblanadi va sterilizatorni ekspluatatsiya qilishga ruxsat beriladi.
10.6.9. Agar indikator qog‘ozdagi rang ko‘rsatkichi bo‘yicha bir xil rangga ega bo‘lmasa, qog‘oz o‘rtasida kul rang yoki ko‘k rang yoki ko‘k-binafsha rang aniqlansa, sterilizator buzilgan hisoblanadi.
10.6.10. Bunday holatda sterilizatordagi kamchiliklar bartaraf etilib, Bovi-Dik test paketlari yordamida tekshirilib, ijobiy natija olingandan keyin ekspluatatsiya qilishga ruxsat etiladi.
10.6.11. Ishlatilgan indikator qog‘ozlari himoya qatlami yopishuvchi qavatdan olingandan keyin “Sterilizatorlarni ishini nazorat qilish jurnali”ga yopishtiriladi va ushbu jurnal arxivda 5 yil mobaynida saqlanadi.



Download 123,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish