ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
89
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
qo'llab-quvvatlash va rag’batlantirishning yetishmasligi:
multimedia vositalarining yetishmasligi:
o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazorat qilishing imkoni yo`qligi;
o`quvchining imloviy savodxonligini rivojlantirish imkoning kamligi.
Ko'pincha masofaviy o'qitish testlarga, rasmiylashtirilgan vazifalarga asoslanishi kerak,
ularning yechimi ma'lum algoritmga bo'ysunadi. Agar o`quvchi haqiqatan ham ta'limning yuqori
sifatiga qiziqsa, masofaviy tizim unga zarur bo'lgan hamma narsani taqdim qilishi mumkin. Bu esa
iqtidorli o`quvchilar bilan ishlashda yaxshi samara beradi.
Masofaviy o`qitishda keng qamrovli iqtidorli o`quvchilar jamoasining shakllanishi
zamonaviy ma`lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatining ortishi, yuqori sifatli o`quv
materillaridan foydalanish, qulay vaqt va joyni tanlash imkoniyati bu ta`lim tizimini samarasini
yanada orttiradi. Bunda iqtidorli o`quvchilar:
o`rta maktab dasturidagi bo`shliqlarni to`ldirish;
o`rta maktab dasturida ko`zda tutilmagan mavzularni o`rganish;
o`zlari qiziqqan yo`nalishlarda qo`shimcha bilimlarga ega bo`lish;
turli xil olimpiada va tanlovlarda ishtirok etish;
iqtidorli tengdoshlari bilan muloqat qilish, fikr almashish;
tajribali o`qituvchilardan sifatli ta`lim olish;
o`z faoliyatlarini rivojlantirish, tengdoshlari bilan solishtirish, raqobatlashish, o`z
faoliyatlarini namoyon etish va o`z-o`zini baholash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Bu yana xohish va o’z ustida muntazam ishlashga bog'liq. Shuning uchun masofaviy o'qitish
dasturlarini ishlab chiqishda darslarni sinchikovlik bilan rejalashtirish, shu jumladan ularning har
birini o'qitish uchun maqsad va vazifalarni belgilash bilan tashkil etish muhimdir. Iqtidorli
o`quvchilar taklif etilayotgan kurslarning maqsadini tushunishlari kerak. Masofadan o'qitish
jarayonida o‘qituvchi bilan o`quvchi orasida muloqotlarni samarali tashkil etish uchun elektron
darsliklar, qo‘shimcha o‘quv materiallari, onlayn viktorina savollari, videokonferensiyalar
materiallari, turli xil test tizimlari, kreativ topshiriqlari va onlayn olimpiada topshiriqlarini ishlab
chiqish lozim bo`ladi.
Masofaviy o`qitish tizimida iqtidorli bolalarni ehtiyojlari va talablariga javob beradigan,
qobiliyatlarini rivojlanishiga hissa qo`shadigan, iqtidorlarini namoyish etish imkonini beradigan,
tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantiradigan, axborotlardan foydalanish madaniyatini oshiradigan,
pedagogik- psixologik yordam beradigan, shaxsga yo`naltirilgan ta`lim muhitini yaratish bugungi
kuning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Masofaviy ta`lim iqtidorli o’quvchilarga ijtimoiy sharoitidan qat`iy nazar sifatli ta`lim olish,
o`z qiziqishlarini erkin tanlash, qobiliyatlarini rivojlantirish uchun motivatsiyalar olish, mustaqil
ishlash ko`nikmalarini hosil bo`lishiga zamin yaratadi. Iqtidorli o’quvchilarning mustaqil ishlash
ko'nikmalarini shakllantirish dars vaqtidan samarali foydalanishi uchun muammoli o’qitish
usullaridan foydalanish o'quv jarayonini maksimal darajada oshirishga, uni qiziqarli va shaxsga
yo'naltirishga imkon beradi. Mashg`ulot davomida o`quvchilarni qo`llab – quvvatlash va
rag`batlantirishning o`ziga xos usullarini joriy etish alohida ahamiyatga ega.
Umuman olganda, bir qator muammolarga qaramay, masofadan o'qitish juda samarali va
istiqbolli. Mamlakatimizda uni yanada rivojlantirish uchun masofaviy ta'limning uslubiy bazasini,
yaratish, tashkiliy va boshqaruv tuzilmasini, me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirish, an'anaviy
ta'lim tizimi bilan hamkorlikda nazariy, ilmiy va psixologik yondashuvlarni ishlab chiqish zarur.
Masofaviy ta`lim kelgusida rivojlanib boraveradi, bu esa ta`lim muassasalari o`rtasida
raqobatni kuchayishiga va xususiy ta`lim muassasalarining paydo bo`lishiga olib keladi.
O‘zbekistonda masofadan o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasasi — “Kelajak universiteti” CityU
MOOK (Gonkong), UdacityX (AQSh), Open Polytechnics (Yangi Zelandiya) va MOOC Iversity
Do'stlaringiz bilan baham: |