Ключевые слова:
дистанционное обучение, демократизация образования,
проблемное обучение, индивидуальный подход, методика обучения, интеллектуальный
потенциал, коммуникативный барьер, онлайн олимпиада.
Annotation:
The article discusses the benefits of distance learning today, distance learning,
methodological problems and ways to solve them when working with gifted children. Today,
distance learning is an integral part of the modern education system, and a number of measures are
being taken to introduce distance learning methods and technologies at all stages and forms of
education. This requires a new approach to organizing distance learning and creating a
methodological system for working with gifted students. The widespread use of this type of
education is very effective today. Curricula for working with gifted students in distance learning,
problematic teaching methods, organizing online competitions, conferences in the modern
education system.
Key words:
distance learning, democratization of education, problem-based learning,
individual approach, teaching methods, intellectual potential, communication barrier, online
olympiad.
Bugungi kunda hayotining deyarli barcha sohalari kompyuter va axborot texnologiyalari
ta'sirida tubdan o'zgardi. Bunday o’zgarish ta'lim sohasida ham o’z aksini topdi va an'anaviy ta'lim
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
88
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
shakllari bilan bir qatorda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan
masofaviy o'qitish shakli ham paydo bo'ldi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y
berayotgan, ta’lim jarayonini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borayotgan
bugungi kunda turli ta’lim shakllari qatori masofadan o‘qitishning iqtidor o`quvchilar bilan
ishlashda keng qo‘llanilayotganligi quvonchli hol. Chunki ta’lim tizimining bosh maqsadi ham
yetuk, yuksak malakali, ma’naviyatli, ma’rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Bugungi kunda iqtidorli o`quvchilarni masofadan o‘qitish ilg‘or
texnologiyalardan kengroq va chuqurroq foydalanishimiz va ularni iqtidorli o`quvchilarga
moslashtirilgan dasturiy ta’minotini ishlab chiqishimizni taqozo etmoqda. Ta’limning barcha
bosqichlarida va shakllarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida
qator ishlar olib borilmoqda. Bu esa iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash jarayonida ham masofadan
o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Hozirgi davrda ta’limning bu turidan
keng miqyosda foydalanish katta samara beradi. Nazariy jihatdan, masofadan o'qitishning bir qator
afzalliklari va ba'zi kamchiliklari mavjud bo'lib, ularni imkoniyat darajasida hal qilish mumkin.
Masofadan turib o’qitishning afzalliklari:
masofadan turib o'qitish ochiqlik xususiyatiga ega bo’lib, bu ta'limni demokratlashtirish
imkonini beradi;
aholining barcha yoshdagi turli qatlamlarini qamrab oladi (maktabgacha ta’lim, o’rta, o’rta
maxsus, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida hattoki, turli o’quv kurslarida mashg’ulotlarni
masofadan turib olib borish mumkin);
masofaviy o'qitish iqtisodiy jihatdan samaralidir, chunki boshqa an'anaviy ta'lim turlariga
qaraganda harajatlar va to'lovlar ancha kam;
o'quvchilar ma'lum bir vaqtni, o'qish joyini va o'quv yurtini o'z xohishiga ko'ra tanlashi
mumkin;
o’quvchilarning ehtiyojlari va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda individual
yondashuvning asoslanadi;
maxsus dasturlar yordamida amalga oshirilgan bilimlarni baholashning xolisligini
ta`minlaydi;
o`quvchilarning bilish qobiliyatini takomillashtirish imkoniyatining kengaytiradi;
o’quvchida mustaqil bilim olish, o’z ustida ishlash, ijodiy va intellektual salohiyatni
rivojlantirish ko’nikmalarini shakllantiradi;
kompyuter bilan ishlash ko'nikmalarining rivojlantiradi;
o`quvchilarda mustaqil ta`lim olish ko`nikmalarini shakllantiradi;
aholining keng qatlamlarini qamrab olish imkoniyatini beradi (nogironlar, nafaqaxo'rlar, uy
bekalari, imkoniyati cheklangan shaxslar va boshqalar);
oliy ma'lumot olish imkoniyatining ortishi orqali fuqarolarning ta'lim olish bo`yicha
konstitutsiyaviy huquqlari ta`minlanadi;
sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishini ta`minlaydi;
ta’limda xalqaro integratsiyani kuchayishiga sabab bo`ladi;
Yuqorida keltirilgan afzalliklar bilan birga masofaviy o'qitishda bir qator kamchiliklar ham ko`zga
tashlanadi.
o‘qituvchi bilan o’quvchining orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘qligi;
o’quvchilarda mustaqil ishlash ko'nikmalarining etishmasligi;
dars vaqtidan samarasiz foydalanish;
norasmiy (ko'pincha uy sharoitida) o'rganishda diqqatni jalb qilib olish imkoniyatining
kamligi;
masofadan o'qitish tizimidagi mumkin bo'lgan texnik muammolar;
teskari aloqa yoki o'qituvchi bilan aloqa yo'qligi:
Do'stlaringiz bilan baham: |