NOTIQLIK AMALIYOTIDA MUMTOZ MATNLARDAN FOYDALANISHNING
O’ZIGA XOSLIKLARI
Ahmedova H.T. – katta o’qituvchi,QPI, O’zbekiston.
Annotatsiya:
Maqolada notiqlik san’atiga oid mashg’ulotlarni tashkil etishda mumtoz
matnlardan foydalinishning o’ziga xosliklari bayon etilgan. Notiqlik amaliyotida mumtoz
matnlardan foydalinishda muntazam va uzluksiz mashqlarning o’rni va samaradorlikni oshirishdagi
ijobiy ta’siri ko’rsatiilgan.
Kalit so’zlar:
notiqlik san’ati, mumtoz matnlar, ovoz chiqarib o’qish, sharhlab o’qish,
ifodali o’qish, jonli muloqot, notiqlik muloqoti, nutqiy mashqlar.
Аннотация:
В статье описываются особенности использования классических текстов
при организации занятий по искусству красноречие. Была подчеркнута роль регулярных и
непрерывных упражнений в использовании классических текстов в практике ораторского
искусство и их положительное влияние на повышение эффективности.
Ключевые слова:
ораторское искусство, классические тексты, чтение вслух, чтение
через дискуссии, выразительное чтение, живое общение, публичное выступление, речевые
упражнения.
Annatation:
The article describes the features of the use of classical texts in the organization
of classes in the Rhetoric. The role of regular and continuous exercises in the use of classical texts
in the practice of public speaking and their positive impact on improving efficiency was
emphasized.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
252
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Key words:
oratory, classical texts, reading aloud, reading through discussions, expressive
reading, live communication, public speaking, speech exercises.
Biz buyuk mutafakkirlarimizning asarlaridan notiqlik amaliyotida foydalanishning o’ziga
xosliklari haqida gapirganimizda, eng avvalo, ulardagi boy ijtimoiy-ma’naviy zahiralarni nazarda
tutamiz. Shunga qaramay notiqlik bilan bog’liq qarashlarning har doim ham tayyor holda
turmaganligi ham ayon haqiqat. Mumtoz matnlar tilining o’ziga xosliklari esa ishimizni ancha
murakkablashtiradi. Shunga qaramay, muntazam va uzluksiz mashqlar bu mushkulni ham
osonlashtiradi. Zero, Hazrat Navoiy aytganlaridek,
Har kimki bir ishni varzish etar,
Ish kamolini ko’rki, ne erga etar.
Bu boradagi asosiy ish turlaridan biri matnlarning mazmunini o’zlashtirish bilan bog’liq.
Shuning uchun ham lug’at bilan ishlash, notanish so’zlar lug’atini tuzish, o’sha so’zlarni talaba va
o’quvchilarimizning faol nutq boyligiga aylantirish bu boradagi faoliyatimizda ustuvor mavqe
tutishi joiz bo’ladi. Ovoz chiqarib o’qish, sharhlab o’qish, ifodali o’qish shu faoliyatning asosiy
bo’g’inlarini tashkil etadi. Zero, “o’quvchilar tafakkurini o’stirishda nafaqat dars turlari, balki
mashqlar tizimini to’g’ri tanlash ham muhim masalalardan biridir”[1.34b.]. Bo’lajak
o’qituvchilarimizga ayrim amaliy maslahatlarni berish ham maqsadga muvofiq ko’rinadi. Jumladan,
notiqlik san’atiga oid mashg’ulotlarni, sinfdan tashqari ishlarni, to’garaklarni tashkil etishda ular bir
muncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Shularni nazarda tutib, ularga bu borada ayrim,
xususan, yosh va tajribasi nisbatan kamroq bo’lgan mutaxassislarga ayrim yo’l-yo’riqlarni berish
zarurati mavjud.
Har qanday holatda ham o’z fikrini boshqalarga yetkazish, yetkazganda ham uni maqsadga
muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan asosiy maqsadni amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsata oladigan
shaklda tuzish hamma o’quvchilarning ham orzusi, albatta.
Demak, o’quvchilar turli janrlardagi matnlarning tuzilishini, bunday matnlarni mustaqil
ravishda tuza olishni, ularning tarkibiga notiqlik san’atiga oid vositalarni kirita olish, eng muhimi,
ulardan amaliy jihatdan foydalana olishni o’rganishlari joizdir.
Notiqlik san’atiga oid mashg’ulotlarni tashkil etishda yana bir qator o’ziga xosliklar ham
borki, ularni e’tiborda tutish mazkur mashg’ulotlarning samaradorlik darajasining ortishiga,
shubhasiz, ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bularning eng muhimlari sifatida quyidgilarni ko’rsatish mumkin:
1.
Har bir mashg’ulotda o’quvchilar ongiga nazariy ma’lumotlarni alohida emas, balki
tegishli matnlar ustidagi mashqlar vositasidagina, ya’ni jonli muloqot jarayonida etkazish.
2.
Notiqlik amaliyotiga, notiqlik muloqoti jarayonlariga ustuvor mavqe ajratish. Har bir
darsda barcha o’quvchilarning bu jarayonlarga faol ishtiroklarini ta’minlash.
3.
Har bir darsda (ba’zan dars oralatib) qisqa muddatli nutqiy mashqlar (nafas olish
mashqlari)ni yo’lga qo’yish. (Masalan, “o’pkaga havo to’ldiramiz”; “shivirlashib gaplashamiz”,
“pufakchani puflaymiz”, “arilarni tinglaymiz”, “shamlarni o’chiramiz”...).
4.
Badihaga asoslangan mashqlarni ado etish (bir predmet tasviri, tavsiya etilgan mavzuda
uzoq o’ylanib o’tirmasdan dialog tuzish).
5.
Bunday topshiriqlar tegishli ko’nikma va malakalarni shakllantirishi tabiiy. Bugina
emas, ular turli nutqiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lish asosida toliqish, charchash va zerikishdan
uzoq bo’lishadi. Beruniy ta’biri bilan aytganda, ular “bir bog’dan boshqa boqqa ko’chib yurishadi”.
6.
Matn mazmunining bolar uchun mos, yangi va qiziqarli bo’lishi.
7.
Mashg’ulotning ta’limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi komponentlarining yaxlit
holda amalga oshishi ustida jiddiy o’ylab ko’rish.
Bo’lajak o’qituvchilarga “Notiqlik san’ati” yo’nalishidagi mashg’ulotlarni tashkil etish
borasida ham amaliy yordam berishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |