Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
229 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
2.
Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим 
стандартларини тасдиқлаш тўғрисида. ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. URL: 
https://lex.uz/docs/3153714 
3.
Ўзбек тили / Фан дастури (барча бакалавриат таълим йўналишлари учун)/ 
Н.Ҳусанов, М.Абдураҳмонова, Ў.Лафасов, Г.Асилова. – Тошкент, 2017.
 
PEDAGOGIK FAOLIYAT SAMARADORLIGINING ASOSIY OMILLARI 
 
Jalilov A.A. – Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti,TDPU, O’zbekiston. 
Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki uning 
negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma 
o’qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z 
ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. 
Bu jarayonida ilg’or o’qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o’qituvchi 
o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o’z faoliyatini ilg’or tajribalr bilan boyitishi zarur. 
O’qituvchining pedagogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi. 
Chunki o’quv mashg’ulotlari o’zining mazmun va mohiyatiga ko’ra o’qituvchining o’quv yurtidagi 
asosiy ishidir. Shuning uchun u ilmiy-g’oyaviy jihatdan yetuk va ommabop bo’lishi, turmush bilan, 
o’quvchi yoki talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan uzviy aloqador bo’lishi zarur. Ta’lim 
jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchi yoki talabalar o’rtasida o’zaro jonli til muloqoti, fikr almshuv 
munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. Mazmuni 
sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so’z va quruq nasihatgo’ylikdan 
iborat bo’lgan, rasmiyat uchun yuzaki o’tkaziladigan dars (ma’ruza) va boshqa o’quv 
mashg’ulotlari o’quvchi talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g’oyaviy jihatdan yetarli 
oziqlantirmaydi. Shu sababli, o’quv mashg’ulotlarini shunday tashkil qilish kerakki, ularning 
ta’sirida talabalarda matematikaga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e’tiqodlar vujudga 
kelishi va shakllanishi kerak.
Ta’lim va tarbiya jarayoni ta’sirchanligining yanada yuksak bo’lishi o’qituvchining ilmiy 
salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro’, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim sohasidagi tajriba 
va mahorati hamda o’quvchi yoki talabalar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatiga bog’liqdir.
Zamon talablari professor- o’qituvchilarning o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan 
cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o’rganib, mag’zini chaqib, 
undan keyin o’z talabalariga saboq berishlari zarurligini taqozo etadi. 
Pedagogik faoliyat samarasi o’qituvchining pedagogik qobiliyati qay darajada 
shakllanganligiga ham bog’liqdir. Qobiliyat-faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi, deb 
ta’kidlanadi Jumladan, bilish qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, nutq qobiliyati, obro’ orttira 
olish qobiliyati, muomala qila bilish qobiliyati kabilar.
Pedagogik qobiliyat va mahorat o’qituvchida osonlik bilan shakllanmaydi. Bu kasbni 
tanlagan kishi o’z maqsadiga erishish uchun uzluksiz o’qishi, o’rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat 
qilishi, o’z yurti va dunyodagi real voqelikni tez anglashi va o’z mehnatining mamlakat uchun 
qanchalik zarurligini chuqur his qilishi zarur. 
O’qituvchining pedagogik mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ong tafakkuriga, 
milliy g’oya va mafkuraga sodiqligiga, bilish va fikr doiralarining kengligiga, o’z vazifasiga 
munosabatiga e’tibor bermoq kerak. Ayniqsa, pedagogik mahorat bobida o’qituvchining fikr doirasi 
keng bo’lishi zarurligini alohida hisobga olish lozim. Chunki kishida bilim va fikr mukammal 
bo’lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. Darhaqiqat, kishi u yoki bu masalani, albatta, fikr orqali hal 
etadi. Shuning uchun, pedagogik mahorat sohibi bo’lishga intilgan kishi, shubhasiz, o’z bilimini 
doimo kengaytirishi, o’zining o’quvchi yoki talabaga ma’naviy-axloqiy ta’sir etuvchi g’oya va 
fikrlarini yangilib borishi zarur. Buning uchun u ko’p o’qishi va o’rganishi lozim. O’qituvchining 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish