The ministry of higher and secondary specialized education of the republic of uzbekistan the regional center for retraining and professional



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana06.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#484613
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Akademik litseylarda ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

Tanishuv o’qish
matndan o’zi uchun foydali va qiziqarli ma’lumotlarni olish 
hamda umumiy mazmunini tushunishni nazarda tutadi. O’qishning mazkur turida 
axborotning 75 foizigacha tushunarli bo’lishi lozim. Bunday matnlarning hajmi 
katta, tili ravon bo’lishi tavsiya etiladi. Tanishuv o’qishni nazorat qilishga 
qo’yiladigan topshiriqlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: (1) matnning 
asosiy mazmunini bayon eting; (2) matnning tayanch so’zlarini toping; (3) muallif 
xulosalari uchun asos bo’lib xizmat qiladigan faktlarni sanab o’ting; (4) matnda 
aks ettirilgan hodisalarning qaysilari asosiy, qaysilari ikkinchi darajali ekanligini 
aniqlang va h.k.
 
O’rganuv o’qish
– matnni, jumladan, tilning ifodaviy vositalarini o’rganish, 
tahlil qilishni nazarda tutadi. O’qishning ushbu turi o’zlashtirilgan axborotni to’liq 
tushunish va keyinchilik uni qaytadan tiklashni taqozo etadi. Tushunish yuqori 
darajaga yetkaziladi. Matnning qiyinchilik tug’dirgan, tushunilmagan qismlarini 
takror o’qish mumkin. O’rganuv o’qish avval sinfda, so’ngra uyda bajariladi. 
Tushunganlikni tekshirish usullaridan biri sifatida tarjimadan foydalaniladi. 
Odatda, matnning qiyinchilik tug’diradigan qismlarinigina tarjima qilinadi. 
Matnning xajmi unchalik katta bo’lmasligi tavsiya etiladi. Matn qamrovidagi 
axborot sinchiklab o’rganiladi. O’rganuv o’qishda o’quvchi matn mazmuni 
bo’yicha o’z munosabatini bildirishi, tanqidiy fikrlashi, izohlay olishi, axborotlarni 
qiyosiy tahlil qila olishi lozim.
Kuzatuv o’qish
– matn mazmuni haqida umumiy tasavvur hosil qilishga 
qaratilgan o’qish turidir. Mazkur o’qishda o’quvchi ko’proq sarlavha, kichik 
sarlavhachalardan boshlab, matnni to’liq va tezlikda o’qib chiqishi talab etiladi. 


64 
Kuzatuv o’qishda til materialini tanish bo’lishi, o’quvchi matndan muayyan 
axborot(raqam, tsitata kabi)larni qidirishi talab etiladi. Kuzatuv o’qish matndan 
qo’yilgan savolga javob topish, o’qish jarayonida o’zlashtirilgan axborotni 
keyinchalik, albatta, ishlatilishi lozim ekanligini tushunilishiga asoslangan o’qish 
turidir. 
Mazkur o’qish turlaridan ingliz tili ta’limida qo’shimcha va foydali sohaviy
axborotlar olishda keng foydalaniladi.
Ingliz tilini amaliy maqsadda egallash nafaqat undan kelgusida kasbiy 
faoliyatda foydalanish, balki o’quvchining umumiy madaniyati, tafakkurini 
rivojlanib borishiga imkon yaratadi. Buning uchun ingliz tili darslarini 
samaradorligini yanada oshirish, o’quvchilarni tili o’rganilayotgan mamlakat(lar) 
jug’rofiyasi, tarixi, iqtisodi va siyosiy tuzumi, adabiyotidan hamda mutaxassislikka 
oid sohaviy manbalardan muntazam boxabar etib borishni taqozo etadi. Yuqoridagi 
vazifalar ham o’qishga axborot olishda asosiy vosita sifatida qarashga undaydi. 
Nofilologik oliy o’quv yurti talabalari ixtisoslikka oid ilmiy matnlarni 
o’qishga ehtiyoj sezadilar. Biroq, bunday matnlarni o’qish oddiy so’zlashuv yoki 
badiiy uslubdagi matnlarni o’qishga qaraganda ancha murakkabroq kechadi. 
Buning sababi ixtisoslikka oid matnlarda rasmiy belgilar, sohaviy atamalarning 
ko’proq uchraydi. O’quvchi bunday matnlarni o’qiganda noma’lum so’z ma’nosi 
kontekstga tayangan holda aniqlay olsa, tayanch so’zlarga suyangan holda matn 
asosida berilgan topshiriqlarga javob qaytara oladi.
Birinchi kursdan boshlab o’quvchilar o’z kasbiy sohalariga oid matnlarni 
o’qishni o’rganib borishlari lozim. Chet til o’qitish metodikasida o’qishga 
mo’ljallangan matn mazmuniga quyidagi talablar qo’yiladi: (1) matnning 
tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor beriladi (chet til o’rgatish maqsadlaridan biri 
tarbiyalashdir, jamiyat axloq qoidalarini singdirish, ya’ni ma’naviy tarbiya 
berishga qaratilgan matnlar tanlanadi); (2) o’quvchilarning hayotiy bilimlarini 
oshirish, ya’ni dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan matnlar saralanadi. Bu 
o’quvchini bilish faoliyatini o’stirishda muhim shartlardandir. Axborotga boy 


65 
matnni o’qish o’quvchida joziba uyg’otadi. Chunki o’quvchi bilishga oshiqadi, 
bilishga moyilligi rag’batlantirilsa, ushbu o’quv predmetiga uning qiziqishi oshadi; 
(3) o’qishga tavsiya etilgan matn ilmiy, ya’ni undagi ma’lumotlar voqealikni 
ob’ektiv aks ettiradigan bo’lishi talab etiladi; (4) tanlanayotgan matn o’quvchi 
yoshiga mos tushishi lozim. O’quvchi ehtiyojini qondirish chet tilda nutqiy 
faoliyatga undashning muhim chorasidir. Xullas, matn mazmuni o’quvchining 
ma’naviy saviyasiga muvofiq bo’lishi, bilish va hissiy talablariga javob berishi 
kerak.
Birinchi o’quv yilida, odatda, dasturda ko’zda tutilgan ijtimoiy-maishiy, 
o’quv-ta’limiy va madaniy sohadagi matnlarni o’qish bilan birga, kollej 
mutaxassisligiga oid sodda sohaviy matnlarni o’qish ham mashq qilinadi. Birinchi 
kursda o’qish bo’yicha quyidagi dasturiy talablar qo’yiladi: 

O’quvchi va talabalarini umumiy saviyasini va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish 
uchun ko’proq ijtimoiy-siyosiy, badiiy asl nusxadagi matnlarni o’qish; 

O’quvchilar kasbiy manfaatlaridan kelib chiqib, ularning umumiy bilimdonligini 
oshirish uchun xizmat qiladigan ilmiy-ommabop, kasbiy xarakterga ega bo’lgan 
matnlarni o’qish; 

Shu kunning yangiliklari, olim va yoshlarning xalqaro aloqalarini, yangi ixtiro 
va texnologiyalar, ekologik masalalardagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiruvchi 
ijtimoiy-texnikaviy yo’nalishdagi matnlarni o’qish; 
Ikkinchi o’quv yilida ingliz tili ta’limida asosiy e’tibor kasbiy tayyorgarlikka 
qaratiladi. Jumladan, mazkur o’quv yilida ixtisoslikka oid matnlarni ko’proq 
o’qishga beriladi.
Uchinchi o’quv yilida kasbiy tayyorgarlik bo’yicha ishlar davom ettiriladi. 
Bunda o’quvchilar ijtimoiy-maishiy, o’quv-ta’limiy va ixtisoslikka oid matnlarni 
o’qiydilar. O’qish uchun ko’proq ixtisoslikka oid ilmiy matnlar tanlanadi.
Ikkinchi va uchinchi kurslarda o’qish bo’yicha quyidagi dasturiy talablar 
qo’yiladi: 
*o’z sohasi bo’yicha keng axborot beruvchi, o’quvchilar bilimlarini


66 
*chuqurlashtirishga qaratilgan, bo’lajak ixtisoslik bilan keng miqiyosda bog’liq 
matnlarni o’qish; 
*muayyan ixtisosliklar uchun mo’ljallangan ilmiy-texnikaviy axborotlarga boy, 
kasbiy fanlardan o’quvchilarni qiziqtirayotgan amaliyotni tegishli sohalariga 
oid ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan matnlarni o’qish (aloqa, 
transport, mashinasozlik, elektron-xisoblash texnikasi, moliya, savdoga oid va 
b. matnlar). 
Shunday qilib, ingliz tili bo’yicha olib boriladigan amaliy ishlarning asosini 
mutaxassislikka oid sohaviy matnlarni o’qish tashkil etadi. Shu o’rinda alohida 
ta’kidlash joizki, ingliz tili o’rganishda asosiy e’tibor qo’shimcha, foydali axborot 
olish va ixtisosiy nutqni shakllantirishni bosh omilga aylantirilsagina, u ijobiy 
natija beradi.
Xullas, o’qish amaliy maqsaddan tashqari, umumta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadlarni ro’yobga chiqishida ham katta rol o’ynaydi. Bunda 
o’quvchilarning kuzatuvchanligi oshadi, ularning til materiali va matn mazmunini 
analiz/sintez qilish qobilyatlari takomillashadi. Ovoz chiqarib o’qish tallaffuzni 
o’rgatishda, tinglab tushunishda muhim bosqich sanaladi. Bundan tashqari, o’qish 
gapirish malakalarini shakllantirishda ham vosita sanaladi. O’qilgan matnlar 
mazmuni bo’yicha savol-javob mashqlarini bajarish, hikoya qilib berish, suhbat 
kabilardan keng ko’lamda foydalaniladi. O’quvchi o’qish orqali gapirishga 
ma’lumot-material to’playdi. Ularni inglizcha gapirib berishga tayyorlaydi.
Uzluksiz ta’lim tizimida ingliz tili fanidan o’qish malakalarini egallash, 
birinchidan, o’quvchilarni shu tilda nutqiy muloqot qilishga tayyorlasa, 
ikkinchidan, o’zi egallayotgan ixtisoslikni mukammal egallashni, umumiy 
saviyasining o’sishini ta’minlashga xizmat qiladi.

O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida o’qishni o’rgatishning 


o’ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni alohida ta’kidlab o’tish joizdir: 
1. Ingliz tilida o’qish materiali sifatida ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy, 
madaniy, o’quv-ta’limiy va ixtisoslikka oid sohaviy matnlar tanlanadi. 


67 
2. Oliy ta’lim tizimi ingliz tili ta’limida o’qishning o’rni va roli, unga 
qo’yiladigan dasturiy talablar o’rta maktabnikidan yuqoriroq bo’ladi. Uch yil 
davomida oliy ta’lim tizimida o’qiladigan matnlarning murakkablik darajasi ortib 
boradi. 
3. Ingliz tilida o’qish o’quvchilarini shu tilda nutqiy muloqot qilish, o’z 
ixtisosligi bo’yicha qo’shimcha sohaviy axborotlar olishni ta’minlaydi, ularning 
umumiy saviyasini oshiradi.
4. O’quvchilar ingliz tilida nafaqat o’quv yurti ixtisosligiga oid matnlar, balki 
mamlakatimiz va tili o’rganilayotgan mamlakatlar haqidagi axborotlardan 
muntazam boxabar bo’lib boradilar. 
5. O’qish bo’yicha mavzular tanlash o’quvchi va talabalarning mutaxassislik
xususiyati, o’quv yurtining yo’nalishi(profili)ga bog’liq bo’ladi, ingliz tilida 
o’qishni o’rgatish amaliy maqsad va ta’limiy vosita sifatida talqin qilinadi.
Chet til, jumladan, ingliz tili o’qitish metodikasida 
yozuv
ni o’rgatishga doir 
ilmiy tadqiqotlarda qimmatli fikrlar bayon etilgan (J.J. Jalolov, G. Mahmudova 
va S. Yoqubova, Th. Anderson and K. Forrester, J.A. Hefferman and J.E. Lincoln, 
B.F. Clause va b.).
Yozuv deganda, so’zlarni yozish uchun tilning grafik (tovush-harf munosabati 
yoki harfning ma’no bildirish xususiyati) va imlo (orfografik) tizimi hamda fikrni 
ifoda etish uchun so’zlarni yozma shaklda bir-biriga bog’lash ko’zda tutiladi. 
Boshqacha aytganda, yozuv nutqiy faoliyatning reproduktiv turi bo’lib, fikrni 
grammatik va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma bayon etishni nazarda 
tutadi.
Yana bir ta’rifga ko’ra, harf va harf birikmalaridan foydalangan holda 
so’zlarni yasash yozish texnikasi, nutqda lisoniy vositalarni qo’llab yozma fikr 
bayon etish esa yozma nutq deyiladi. Faoliyat nazariyasiga binoan yozuv, gapirish 
singari, fikrni shakllantirish va ifoda etish usulidir. Yozayotgan o’quvchi o’zining 
va boshqalarning fikrini yozma bayon qiladi. Yozuvda ma’no, tovush va harfiy 
timsollar o’zaro bog’lanadi. 


68 
Yozma nutq harf va so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro birikuvi, 
tinish belgilari, har xil ajratishlar – abzats, paragraf va gaplarni to’g’ri ifodalash 
orqali farqlanadi. Yozma nutqning to’g’riligi imlo savodxonligi, so’zni to’g’ri va 
o’rinli qo’llash, gap qurish malakalarini shakllanganligida namoyon bo’ladi.
Yozish deganda esa nutqda til belgilarini qayd qilish tushuniladi.
Boshqa bir 
ta’rifda yozish nutqning til belgilarini yozma qayd qilish ma’nosida ta’riflanadi.
Fikrni yozma bayon qilish bevosita husnixat, imlo va boshqa tushunchalar 
bilan ham uzviy bog’liq. Husnixat (kalligrafiya) tushunchasi tarkibiga – tovush va 
tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan yozuv-chizuv vositalari majmuasi 
(harflar, harf birikmalari, harf osti va usti belgilari) kiritiladi. 
Imlo (orfografiya) − so’z va gaplarni yozish jarayonida tinish belgilarini 
to’g’ri ishlatishga doir qoidalarni o’z ichiga oladi.
Yozuv nutq faoliyatining o’ziga xos turi bo’lib, u axborotni aloqaning grafik
kanalini hisobga olib kodlash yoki grafik shakldagi nutqning vujudga kelishidir. 
Tilshunos va metodistlar insonning axborot olishi va etkazishi asosan og’zaki 
(gapirish, tinglab tushunish) va yozma nutq (o’qish, yozuv) orqali amalga 
oshirilishini ta’kidlaydilar. 
Psixologlarning ko’rsatishicha, har qanday tilda axborotni yozma ravishda 
kodlash anchayin qiyin faoliyat hisoblanadi. Yozuv faoliyatining og’zaki nutq va 
o’qishga nisbatan hayotda, ayniqsa, ingliz tilini o’rganishdagi rolini cheklanganligi 
ma’lumdir. Biroq bugungi tezkor hayotimizga kompyuter texnologiyasi, internet 
resurslari, elektron xabarlardan foydalanish, o’qitishda nazoratning test 
topshiriqlarini kompyuter orqali bajarishni amalga oshirish kabilarni kirib 
kelganligi yozuvning ahamiyatini oshirdi.
Uzluksiz ta’lim tizimida ingliz tili yozuvini o’rgatishga qo’yiladigan dasturiy 
talablar haqida ayrim fikrlarni bayon etishga ehtiyoj tug’iladi. Joriy davlat ta’lim 
standarti, dasturi va darsliklarni sinchiklab o’rganish natijasida yozuv bo’yicha 
quyidagi vazifalarni belgilashga erishildi: 


69 

Maktabgacha 
tarbiya 
muassasalari 
(bog’cha)da 
yozuv 
malakalari 
shakllantirilmaydi. Mazkur o’quv yurtida nutq faoliyati turlaridan gapirish va 
tinglab tushunish o’zlashtiriladi. Og’zaki nutq amaliy maqsad maqomiga ega 
bo’ladi; 

Yozuv malakalari o’rta maktablarda muntazam singdirib boriladi va uch 
bosqichda amalga oshiriladi. O’rta maktabning boshlang’ich bosqichida yozuvni 
o’rgatishda asosiy e’tibor tovush-harf munosabati va yozish texnikasiga bog’liq 
ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilsa, o’rta bosqichda e’tibor imloga va 
yozma nutqni o’zlashtirishga qaratiladi.

Yuqori bosqichda esa e’tibor − imlo va yozma nutq ustida ishlashni 
takomillashtirishga qaratiladi. O’rta umumta’lim maktabi o’quvchisi oldiga 
o’rganilgan til materiali doirasida qabul qilingan yozuv tartib-qoidalariga rioya 
qilgan holda, diktantlar yozish, yozma shaklda o’z fikrini bayon qila olish, 
do’stlarga xat yozish, elektron pochtadan foydalanish, o’z shaxsi haqidagi 
ma’lumotlarni yoza olish (anketalarni to’ldirish), tabrik va qutlovlar yozish, 
o’qigan hamda tinglangan matn yuzasidan qisqacha sharhlar yoza olish 
vazifalari qo’yilgan; 

Mutaxassisligi ingliz tili bo’lmagan nofilologik oliy o’quv yurtlarida ham yozuv 
faoliyatiga boshqa nutq faoliyati turlarini o’rgatish va mustahkamlashda vosita 
sifatida munosabatda bo’linadi. 

Ingliz tili ixtisos sifatida o’rgatiladigan oliy o’quv yurti (va fakultetlari)da esa 
yozuv maqsad vazifasini bajaradi.

AL va KHKda yozma kommunikativ faoliyat o’rta maktabda shakllantirilgan 
ko’nikma va malakalarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. O’rta maktab va 
nofilologik 
oliy 
o’quv yurtlarida yozuv ko’nikma va malakalari 
takomillashtirilib boriladi va, asosan, mazkur faoliyat bo’yicha quyidagi 
ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi: 

O’rganilayotgan til grafikasini o’zlashtirishda davom etish va uning zamirida 
yozuv ko’nikmalarini shakllantirish; 


70 

Imloviy to’g’ri yozish va orfografik bilim hamda ko’nikmalarni egallashni 
davom ettirish; 

Reproduktiv darajada nutqni yozma shaklda qayd etish uchun ingliz tilida 
yozma mashqlar bajarish; 

Yozuv o’quvchilarni ingliz tili ustida mustaqil ish olib borishlarida, xususan, 
o’qilgan matnlar yuzasidan rejalar tuzish va qisqacha xulosalar yozish hamda 
boshqa ko’nikma va malakalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Yuqoridagi o’quv yurtlarida yozuv faoliyati bo’yicha dasturiy talablarga 
keladigan bo’lsak, ular quyidagilardan iboratligi ko’rsatib o’tilgan: 

1. O’quvchi va talabalardan matn mazmunini yozib olish ko’nikmalarini 
o’zlashtirish; 

2. O’qilgan yoki tinglangan matn bo’yicha yozma shaklda reja tuzish; 

3. Tabriknoma va qutlov maktublarini yoza olish (tug’ilgan kun, bayram va 
h.k.); 

4. Ma’lum bir rasmiy qog’ozlarni to’ldira bilish malakalari (ism, familiya, jins, 
yosh, fuqorolik, adres va boshqa ma’lumotlarni yozish); 

5. Xatlar yozish (tili o’rganilayotgan mamlakatdagi do’stiga xat yozish, 
do’stining ish faoliyati, hayot tarzi, mamlakatdagi urf-odatlar haqida va boshqa 
ma’lumotlarni so’rash); 

6. Mutaxassisligi bo’yicha inglizcha matnlarni qisqacha mazmunini yoza olish 
malakalari talab etiladi. 
Oliy o’quv yurtlarida yozuv ko’nikmalari ham bosqichma-bosqich 
shakllantirib boriladigan faoliyatlardan biri ekanligini yuqorida ta’kidlab o’tildi. 
Birinchi o’quv yilida namunaga qarab yozish yetakchi o’rinni egallaydi. Bu 
bosqichda husnixat, imlo, tinish belgilar sohasida to’g’ri va savodli yozish 
ko’nikmalari hamda yozma nutq malakalari hosil qilinadi. O’quvchilar yozuvni 
o’rganishda o’z fikrini yozma bayon etish, tasvirlash, xabar yetkazish, mavzu 
yuzasidan axborot berish, maktub yozish kabi mashqlarni bajaradilar. Matnning 
asosiy so’z va iboralarini yoza olish, savol tuzish, matn bo’yicha reja tuzish, ularni 


71 
nomlash, matnni o’qish jarayonida kerakli ko’chirmalar olish malakasi kabilar 
dasturiy talablar sifatida belgilangan. Shuningdek, mazkur kursda o’quvchilar 
tavsiya etilgan mavzu bo’yicha annotatsiyalar yozishadi. Yozma fikr bayon etish, 
odatda, aktiv leksik va grammatik material asosida bajariladi. 
Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda andozaga tayanmagan holda mustaqil 
yozuv malakalari shakllantirib boriladi. Jumladan, ixtisoslikka oid kichik matnlarni 
tuzish ikkinchi o’quv yilida amalga oshiriladi. Uchinchi o’quv yilida esa yozuv 
faoliyati bo’yicha o’quvchi turli diktant, bayon, xatlarni yoza bilishi dasturiy talab 
sifatida belgilangan. II-III kurslarda suhbat rejasini tuzish, matnning qisqacha 
mazmunini yozish, ixtisoslik bo’yicha adabiyotlardan referat va annotatsiyalar 
yozish, xizmat doirasidagi qog’ozlarni to’ldirish, rasmiy va norasmiy xatlarni 
yozish kabi malakalarni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

Yozuvni o’rgatish masalalarini tahlil qilishda uning boshqa nutq faoliyati 


turlari, shuningdek, til materiali bilan o’zaro aloqalariga to’xtalish joizdir. Yozuv 
murakkab psixofiziologik faoliyat bo’lib, unda deyarli barcha analizatorlarning 
ishtirok etishi kuzatiladi. Yozuvni o’rgatish nutq faoliyatining boshqa turlarini 
mukammal egallashda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Ayniqsa, yozuv faoliyati 
gapirish bilan yaqin aloqada bo’ladi. Gapirishda, asosan, ma’no va tovush 
timsollari ishtirok etsa, yozuvda ma’no, tovush timsollariga harfiy timsollar 
qo’shilib, bir-biri bilan o’zaro bog’lanadi. Grafik timsollar o’zlashtirila borganda 
yozuv ko’ruv analizatori nazoratiga o’tadi. Gapirish esa ko’proq eshitish 
analizatoriga tobe bo’ladi. Ichki nutq tezligidan ko’ra yozuv surati sekinroq 
kechadi. Keltirilgan ilmiy mulohazalar asosida ingliz tilini o’rganishda, avval 
og’zaki nutq, keyin esa yozma nutq o’rgatilganda ijobiy samaraga erishiladi, degan 
xulosaga kelish mumkin. 
Tovush-harf munosabati, harflar, imlo singari til hodisalari yozuvda o’rgatish 
ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, tovush-harf 
munosabatlari va imlo yuzasidan o’tkaziladigan mashqlar o’qish texnikasini ham 
tezroq egallab olishga yordam beradi. Yozish va o’qish texnikasini o’rgatish 


72 
zaminida bir-biriga o’xshash psixologik hodisalar yotadi. Sababi, yozuv va o’qish 
aynan grafik (harfiy) kodga asoslanadi, ya’ni yozuvda diqqat, asosan, so’z 
timsolini yaratish yoki tiklashga, o’qishda ularni tanib olishga qaratiladi. Har ikki 
holatda 
­
yozuvni va o’qish texnikasini o’rgatishda tovush-harf analizini qo’llash, 
ayniqsa, bu ikki ko’nikmaning takomillashuvi hamda ularning har birini 
o’zlashtirilishini engillashtirish, yozuv va o’qish texnikasini o’rgatishni muvoziy 
ravishda olib borishga asos bo’ladi. Bunda yozuv o’qishdan yoki o’qish yozuvdan 
bir oz o’zib ketishi mumkin. Biroq, o’qish oldidan ham, yozuv oldidan ham 
og’zaki shaklda mashqlar bajarish talab etiladi.
 
Demak, ingliz tili o’qitish 
jarayonida yozuv ikki tomonlama ahamiyatga ega bo’ladi: birinchidan, u yozma 
nutqni o’zlashtirishga imkon bersa, ikkinchidan, og’zaki nutq va o’qish 
malakalarini hosil qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
 
Nofilologik oliy o’quv yurti va o’rta maktablarda inglizcha yozuvni o’rgatish 
bo’yicha quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
1. O’rta maktab o’quvchilari o’z faoliyatlarida yozuvdan foydalanishga 
ehtiyoj sezadilar. Yozuv ta’limiy vosita sifatida o’rgatiladi. 
2. Oliy o’quv yurtlari ingliz tili ta’limida yozuv o’rta maktabda 
shakllantirilgan ko’nikma va malakalarni takomillashtirishni ko’zda tutadi. O’rta 
maktab va oliy o’quv yurtlarida ingliz tilida yozuvni o’rgatishning metod va 
usullari, yozish mexanizmlari, xatolarni bartaraf etish kabilarda nisbatan 
o’xshashlik kuzatiladi. 
3. Ingliz tili ta’limida yozuvni o’rgatish nutq faoliyatining boshqa turlarini 
egallashda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. 
Nutq malakalari 
­ 
gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuvni o’rgatish 
bo’yicha bayon etilgan fikr va mulohazalar asosida ingliz tilini o’rgatishga doir 
quyidagi metodik xulosalarni chiqarish mumkin: 
 
1. Nutq faoliyati turlarini o’rgatish o’qitish bosqichlariga qarab farqlanadi. 
2. Ko’zda tutilgan dasturiy talablarga muvofiq nutq faoliyati turlari (gapirish, 
tinglab tushunish, o’qish va yozuv) turli maqomlarda o’rgatiladi. O’rta maktab 


73 
ingliz tili ta’limida o’qish amaliy maqsad maqomiga ega bo’lsa, tinglab tushunish 
va gapirish oraliq maqsad va vosita sanaladi. Yozuv esa maktabda o’qitish vositasi 
maqomini oladi. 
3. Ikkala o’quv yurti sharoitida nutq faoliyatining asosiy turlarini muvoziy 
tarzda, o’qishning bir qadar ustuvorligi bilan o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
4. Oliy o’quv yurti talabalarining ingliz tiliga bo’lgan qiziqishlari o’rta 
maktabdagiga 
qaraganda 
yuqoriroq 
darajada 
bo’lishi 
uning 
kasbiy 
yo’naltirilganligi bilan izohlanadi. 


74 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish