III BOB O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABI VA NOFILOLOGIK
OLIY O’QUV YURTLARIDA INGLIZ TILIDA NUTQ FAOLIYATI
TURLARINI O’RGATISHNING QIYOSIY TAHLILI
III.1. O’rta umumta’lim maktabi va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz
tilida og’zaki nutqni o’rgatish bo’yicha talablar………………………………. 49
III.. Ingliz tilida yozma nutqni o’rgatishning metodik asoslari. 61
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar…………………………………………. 74
75
78
UMUMIY
XULOSАLAR
………………………………………………….
SUMMARY
....................................................................................................
FOYDALANILGAN
DABIYOTLAR
…………………………………….
2
82
3
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va muammoning o’rganilganlik
darajasi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng xorijiy tillarni
jadal o’rgatish ijtimoiy ehtiyojga aylandi va davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Ushbu masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov
shunday degan edi: “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatishga
yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon
hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz
uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk
kelajagini qurayotgan xalqimizga xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini
baholashning hojati yo’qdir” [2:44].
Mustaqillik munosabati bilan ta’lim-tarbiya sohasida katta o’zgarishlar yuz
berdi. O’rta umumta’lim maktablari o’quvchi va nofilologik oliy o’quv yurtlari
talabalarining tilga oid va kasbiy malakalari, albatta, o’qitiladigan fanlar
yordamida singdiriladi. O’quv rejasidagi o’quv predmetlari o’quvchi va talabalar
faoliyatida zaruriy tarkibiy qism hisoblanadi, zero ularning o’rganilishi yagona
maqsad – zamonaviy talablarga javob beradigan malakali mutaxassislar
yetishtirishga qaratilgandir.
Ma’lumki, jahon xalqlari erishgan boy fan-texnika yutuqlaridan bahramand
bo’lish uchun xorijiy tillarni o’rganish zarurdir, chunki ilmiy-texnikaviy axborot
(informatsiya) til orqali o’zlashtiriladi.
Hozirgi paytda mutaxassislar tayyorlashda chet til predmetining o’rnini hech
kim inkor etmaydi va biror bir chet tilni bilish oliy hamda o’rta maxsus o’quv
yurtini tugatayotgan mutaxassis umumiy madaniyatining ajralmas bo’lagi ekanligi
barchaga ma’lumdir [18:2; 50].
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida chet til jumladan ingliz tili
umumta’limiy o’quv predmeti sifatida o’qitilmoqda. Mazkur o’quv yurtlarida
ingliz tilini o’rgatish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, maxsus o’quv dasturi va
o’qitish metodikasini qo’llashni taqozo etadi. Mavjud o’quv dastur, darslik, ilmiy-
4
metodik adabiyotlarni atroflicha tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’quvchi va
talabalarni yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlarida chet til, jumladan, ingliz tilining
ham muhim o’rni bor.
Ingliz tili ta’limining amaliy maqsadini ro’yobga chiqarishda, ya’ni
axborotlarni til vositasida berish va qabul qilishda o’quvchilar tilga oid bilim,
ko’nikma hamda malakalarni egallaydilar, ixtisoslik fanlaridan sohaviy
ma’lumotlarni o’zlashtiradilar va, pirovard natijada, kamolotga erishadilar. Ingliz
tilidan mutaxassislik bo’yicha sohaviy matnlarni o’qish esa o’quvchi va talabalarni
dasturiy bilimlarini yanada boyitishi, jumladan, kasbga oid sohaviy atamalarni
puxta o’zlashtirishlariga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Chet tillar, jumladan, ingliz tilini o’rganish
o’rgatish hozirgacha zamonaviy
talablar darajasida emasligi barchaga ayondir. Bunga sabab ingliz tili
o’qituvchilarining kasbiy (professional) saviyasining yetarli darajada emasligi,
darslarda yangi pedagogik texnologiyalarning qo’llanilmasligi, o’rganilayotgan
ingliz tili tabiiy muhitining mavjud emasligi kabi sabablarni e’tirof etish mumkin.
Ingliz tili o’qitishga qo’yiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda,
mazkur ilmiy muammoni fanda qay darajada yoritilganligini o’rganishga to’g’ri
keldi. O’zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan chet til o’qitish
muammolari tadqiq qilingan (H. Palmer, M. Uest, I. V. Raxmanov, I. A.
Zimnyaya, J. J. Jalolov, J. B. Bo’ronov, O’. Q. Yusupov, A. E. Mamatov, M. J.
Jusupov, M. E. Umarxo’jaev, T. Q. Sattorov, V. I. Andriyanova, M. X.
To’xtaxo’jaeva, M. S. Dadaxo’jaeva, S. S. Saydaliev va b.).
Ingliz tili o’qitishning dolzarb muammolari so’nggi yillarda xalqaro,
mintaqaviy va respublika miqiyosida o’tkazilgan qator ilmiy-amaliy anjumanlarda
ham muhokama qilib kelinmoqda. O’zbek auditoriyasida chet til o’qitish sohasida
ham tadqiqotlar olib borildi (A. I. Axmedxodjaeva, A. M. Mamadaliev, V. B.
Lapshin, A. M. Yuzlikayeva, M. Choriev, Q. Q. Qiyasova, H. T. Mustafaeva, N.
D. Shirinova va b.).
5
Ingliz tili o’qitish nazariyasi va metodikasi sohasida kontseptsiyalar, ko’plab
ilmiy asarlar yaratildi va ular, o’z navbatida, o’rta maktab va oliy ta’lim tizimida
ingliz tili o’qitishning nazariy asoslari sifatida qo’llanilmoqda. Mazkur o’quv
yurtlarida chet til, jumladan, ingliz tili bo’yicha davlat ta’lim standarti, o’rta va oliy
ta’lim to’g’risidagi Nizom, dastur, monografiyalar, o’quv qo’llanmalar nashr etildi.
Muhokama qilinayotgan mavzuning dolzarbligi, bir tomondan, uning ijtimoiy
ahamiyati bilan belgilansa, ikkinchidan, mazkur muammo bo’yicha hozirgacha
nufuzli ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmaganligidadir. Hozirgacha himoya
qilingan dissertatsion ishlar orasida til ta’limini didaktik asoslari talqiniga u yoki
bu darajada dahldorlari uchraydi.
Mavzuning dolzarbligi shunda ko’rinadiki, bir necha tillarni o’qitishning
o’ziga xos xususiyatlari, mazkur sharoitda uch tilni o’qitish, milliy auditoriyada
chet tilni o’rgatishning nazariy asoslari bir qadar ishlab chiqilgan bo’lishiga
qaramasdan, o’quvchi va talabalarini sohaviy bilimlarni egallash, kasbiy
atamalarni o’zlashtirishlarida tillar, jumladan, ingliz tilining o’rni, ixtisoslik fanlari
bilan uchala til o’rtasidagi bog’liqlik tomonlari ilmiy tadqiq etilmagan.
Yuqorida nomlari keltirilgan tadqiqotlardan farqli o’laroq, ushbu dissertatsion
ish o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tili o’qitishning qiyosiy
tahlili masalalariga bag’ishlanadi. Ayniqsa, o’quv soatlari xajmi chegaralangan,
ingliz tili tabiiy muhiti bo’lmagan va ta’lim maqsadlari o’ziga xos bo’lgan ushbu
ikkita o’quv yurti o’quvchilariga ingliz tilini o’rgatish o’zgacha uslub hamda
lingvodidaktik qonuniyatlarni amal qilinishini talab etadi. Bu muammoning
yechimini topish vazifasi va uni nazariy asoslash hamda amaliy jihatdan ishlab
chiqish hanuz yetarli darajada o’rganilmaganligi mazkur tadqiqot ishini
Do'stlaringiz bilan baham: |