The ministry of higher and secondary specialized education of the republic of uzbekistan the regional center for retraining and professional



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/26
Sana06.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#484613
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Akademik litseylarda ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

Uchinchi bob yuzasidan xulosalar 
Nutq malakalarini “Chet tilda nutq faoliyati turlarini egallaganlik tadrijiy 
saviyasiga qo’yiladigan talablar” deb qabul qilish ma’qulroqdir. Og’zaki nutq 
bo’yicha yakkanutq va juftnutq, o’qish hamda tinglab tushunish malakalari 
ko’rsatkichlari o’qitish metodikasida batafsil yoritilgan. 
Ko’nikma va malaka haqidagi ilmiy-psixologik ta’limotni chet til o’qitish 
amaliyotiga tatbiq etganda nutqning leksik, grammatik, talaffuz ko’nikmalarini 
shakllantirish zarurligi va avtomatlashgan lisoniy ko’nikmalardan nutqiy malaka 
hosil qilish mumkinligini e’tirof etish o’rinlidir. Malakaning mahsuli sifatida 
reproduktiv (gapirish, yozuv) va retseptiv (tinglab tushunish, o’qish) nutqiy 
malakalarni hosil qilishga til materialini qo’llash tufayli erishiladi. Mazkur ishda 
o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurti o’quvchi va talabalari egallagan, 
yangidan hosil qilinadigan ko’nikma va malakalarni takomillashtirish tadqiqot 
predmeti qilib olingan.
Turli o’quv yurtlari chet til o’qitish mazmunidagi uch tarkibiy qismning 
nomlanishi umumiy bo’lishi, yuzaki o’xshashligidan qat’i nazar, ularning miqdor 
va sifat ko’rsatkichlari keskin farq qiladi. Ta’lim mazmunini o’zlashtirish jarayoni 
u yoki bu sharoitda o’ziga xos kechadi.
Ingliz tili o’qitish mazmuni, avvalo, o’quv dasturlarida o’z aksini topadi, 
ya’ni nimalarga erishish kerakligini, o’quvchilar nimalarni gapirishlari, tinglab 
tushunishlari, o’qish-yozishlari, ularning nutqiy ko’nikma va malakalarining sifati, 
tilning leksik, grammatik va talaffuz minimumini qay darajada o’zlashtirish 
lozimligi o’quv dasturida ko’rsatib beriladi hamda o’quv materiali sifatida 
darsliklar va o’quv qo’llanmalarida taqdim etiladi. 


75 
UMUMIY XULOSALAR 
Tadqiqotda o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tili 
ta’limining nazariy masalalari 

ta’lim sharoiti, fanni o’qitishdan ko’zlanadigan 
maqsadlar, o’qitish mazmuni kabi tushunchalar va o’quvchi va talabalarning ingliz 
tilida o’qish malakalarini shakllanganligini tajriba-sinov orqali tekshirish natijalari 
nazariy va eksperimental tahlil qilindi.
Bo’lajak kichik mutaxassislar kasbiy malakalarini shakllanishida 
umumta’limiy va kasbiy (maxsus va umumkasbiy) fanlar o’ziga xos ulush 
qo’shadi. Ona tili, ikkinchi til va chet tilda ixtisoslik bo’yicha matnlar o’qish 
o’quvchilarning dasturiy bilimlarini yanada boyitishi, shu jumladan, ilmiy 
atamalarni puxta o’zlashtirishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Umumkasbiy, maxsus 
va ijtimoiy fanlarni o’qitish lisoniy ta’lim bilan uzviy aloqada olib borilgandagina 
kutilgan natijaga erishiladi.
Ilmiy-pedagogik va metodik adabiyotlarning tahlili, til muallimlarining ilg’or 
ish tajribasini o’rganish, umumlashtirish hamda ushbu tadqiqot ilmiy natijalariga 
tayanib, 
umumiy lingvodidaktik tavsiyalar
ishlab chiqildi: (1) muallimlar 
pedagogik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishga sistemali yondashish; (2) 
o’quv jarayonini zamonaviy didaktik material bilan ta’minlash; (3) ta’limda 
pretmetlararo bog’lanish tamoyiliga izchil amal qilish; (4) ingliz tili o’qitishning 
asosiy maqsad va vazifalariga mos usullarni qo’llash; (5) o’quvchilar bilim, 
ko’nikma va malakalarini muntazam nazorat qilib borish; (6) ta’limda individual 
(yakkama-yakka) yondashish tamoyiliga rioya qilish. 
Ingliz tili o’qitishning lingvodidaktik asoslarini yaratishga qaratilgan ilmiy 
izlanishlarimiz quyidagi 
xususiy metodik tavsiyalar
ni berish imkoniyatini yaratdi: 
I. O’qituvchi faoliyatiga oid: 
1. Ingliz tili muallimlari pedagogik faoliyatini puxta rejalashtirish, ingliz tili 
darslarida har bir o’quvchining real imkoniyatlarini hisobga olish, darslarda ijodiy, 
muammoli-izlanish xarakteridagi va kasbiy faoliyatga oid bilim, ko’nikma va 
malakalarni shakllantirish (ingliz tilida ixtisoslikka oid matnlarni o’qitish, sohaviy


76 
yo’nalishda foydali axborot berish) zaruriy metodik tadbir sanaladi. 
2. Ingliz tili darslarida til(ona tili, ikkinchi til va ingliz tili)ga oid 
predmetlararo o’zaro ichki, shuningdek, ular bilan boshqa sohaviy fanlar orasidagi 
bog’lanishning ta’minlanishiga ahamiyat berish lozim. O’quvchilarga tillarni 
o’qitishda 
predmetlararo 
bog’lanishdan 
foydalanish 
til 
ta’limini 
takomillashtirishning muhim omillaridan hisoblanishi tajriba-sinov ishlari orqali 
isbotlandi. 
3. O’quv materialinining tanlanishiga alohida e’tibor berish zarur. Bunda, 
ayniqsa, ingliz tili o’qitishni bo’lajak kichik mutaxassis kasbiy yo’nalishining 
talablariga bo’ysundirish ijobiy samara beradi. 
4. O’quvchilarning ingliz tili o’rganishga bo’lgan motivatsiyasini muntazam 
rag’batlantirish borish tavsiya etiladi va h.k. 
5. O’qituvchining amalga oshirishi zarur bo’lgan yuqoridagi tadbirlar 
o’quvchilarning ingliz tilini o’rganishlariga, til hodisalarini mohiyatini anglab 
etishlariga va ijodiy faoliyat ko’rsatishlariga zamin yaratadi. 
II. O’quvchi faoliyatiga oid: 
1. Ta’lim faqat o’qituvchi tomonidan boshqariladigan jarayon emas, u 
o’quvchilar faoliyati bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ingliz tili darslarida 
o’quvchining o’z nutqini nazorat qilishi, yo’l qo’ygan xatolarini aniqlashi, bartaraf 
etishi, mustaqil holda xulosalar chiqarishi, qisman izlanuvchanlik va ijodiy 
topshiriqlarni bajarishda ishtirok etishi ingliz tili o’rganishda yaxshi samaralar 
beradi. 
2. O’z faoliyatini boshqarishga erishishi uchun o’quvchi ingliz tilidan 
sistemali bilimlarga ega bo’lishi, til hodisalarini kuzatish, taqqoslash, 
umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan qurollangan bo’lishi lozim. 
III. Ta’lim mazmuniga oid: 
1. Oliy o’quv yurtlarini muayyan ixtisosliklarga yo’naltirilganligi sababli ular 
uchun alohida-alohida ingliz tili darsliklari yoki o’qish kitoblari (Readers)ni 
yaratish bugungi kun talabidir. Shundagina ingliz tili ta’limining bugungi kungi


77 
dasturiy talablarini kasbiy yo’naltirilgan holda olib borilishi ta’minlanadi.
2. Darsliklarni yaratishda maktab va oliy o’quv yurti orasidagi izchillikka 
rioya qilish, oliy o’quv yurti ingliz tili ta’limining amaliy maqsadiga binoan o’qib 
axborot olish uchun ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy, o’quv-ta’limiy mavzudagi 
matnlardan tashqari kasbiy yo’nalishdagi sohaviy matnlarni ko’proq berish 
maqsadga muvofiqdir. 
3. O’quvchilarning aksariyati ingliz tilida o’zlari mustaqil o’qib axborot olish 
qobilyatiga ega emaslar. 
4. O’qituvchilarning ko’pchiligi o’qish malakalarini shakllantirishda 
zamonaviy usullarni qo’llamaydilar. 
5. Metodik adabiyotlarda ham bu borada aniq yo’l-yo’riqlar ishlab chiqilgan 
emas.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish