Qushlarning ichki tuzilishi va sezgi organlari.
1.Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?-----Og’iz –halqum-qizilo’ngach-oshqozon-ichak-kloaka.
2.Nima uchun qushlar oziqni butunligihca yutadi?—Tishlari bo’lmaganligi uchun.
3.Qushlarning qizilo’ngachining keying qismi kengayib nimani hosil qiladi?---Jig’ildonni.
4.Qushlarning oshqozoni necha bo’lmali?---Ikki bo’lmali.
5.Qushlarning oldingi bezli bo’limida oziq qanday holatga keladi?---Oshqozon shirasi ta’sirida maydalanadi.
6.Oshqozonning muskulli qismida oziq modda qanday ko’rinishga keladi?---Maydalanadi.
7.Qushlar yutadigan mayda toshchalar qanday ahamiyatga ega?---Oziqni maydalash.
8.Nima uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi?----Tana harorati doimiy bolishi va uchishi uchun katta energiya talab qiladi.
9.Qushlarning ozig’i qayerda hazm bo’ladi?—Ichagida.
10.Qushlarning ichagi qayerga ochiladi?---Kloakaga.
11.Qushlarning kloakasiga qaysi a’zolarning yo’li ochhiladi?------Jinsiy organlarning chiqarish va siydik yo’li.
12.Qushlar nafas olish sistemasini nima hosil qiladi?-----O’pka va havo pufakchalari.
13.Qushlarning havo pufaklari nimalar bilan bog’langan bo’ladi?—O’pka bilan.
14.Havo pufagi qayerda joylashgan?---Ichki organlarda.
15.Qushlarda yerda nimaning kengayib-torayishi hisobiga nafas oladi?---Ko’krak qafasini.
16.Uchayotgan qush o’pkasida gaz lamashinuvi ikki marta qayerda sodir bo’ladi?---Hqavo o’pkaga kirganda va pufakdan chiqayotgan havo o’pka orqali o’tganda.
17.Qushlar bir minutda tinch holatda va uchganda necha marta nafas oladi?-----26,400
18. Havo pufakchalari qanday ahamiyatga ega?----Tanasini sovitib turadi.
19.Qushlarning qon aylanish doirasi nechta doiradan iborat?---2 ta.
20.Qushlarning yuragi necha kamerali?---Ikkita qorincha va ikkita bo’lmacha.
21.Qushning yuragidan tanasiga qanday qon keladi?---Kislorodga boy arteriya.
22.qushlarning yuragini ishlashi nimaga bog’liq?---Ularning harakatlanshiga.
23.Kaptarning yuragi tinch holatda va uchganda nehca marta qisqaradi?---165 va 550
24.Nima uchun qushlarning tana harorati 42 0C, ayrim qushlarniki 44,5 0C tashkil etadi?---Moddalar almashinuvi jarayoni qushlar organizmida jadal kechagani uchun.
25.Qushlarda qaysi sezgi a’zo kuchli rivojlangan?-----Ko’rish.
26.Qushlarning ko’zi odamnikiga nisbatan necha marta o’tkir bo’ladi?—100
27.qushlarning qaysi sezgi a’zosi sust rivojlangan?---Hid bilish.
28.Qushlarning xilma-xil xatti-xarakatlari bosh miyaning qaysi qismiga bog’liq?---Oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligiga.
29.Qushlarning bosh miyasining qaysi qismida burmalar ko’p bo’ladi?-----Miyachada.
30.Qushlardagi tug’ma instinkt nima hisoblanadi?------Urchish, uya qurish, tuxum bosish, bola boqish.
31.Qushlarning uchib ketish va uchib kelishida qaysi xususiyati katta ahamiyatga ega?----Havoda chamalab yo’l topish.
32.Qaysi qushlar ayrim so’zlar va iboralarni eslab qolishi, takrorlashi mumkin?-----Qorayaloq, to’ti, mayna, qarg’a.
Do'stlaringiz bilan baham: |