Itning ichki tuzilishi.
1.Itlarning hazm qilish sitemasi qanday qismlardan tuzilgan?-----Og’iz bo’shlig’i-halqaum-qizilo’ngach-oshqozon-ingichka ichak-yog’on va to’g’ri ichak.
2.Itning og’iz bo’shlig’ida qaysi organlari joylashgan?-----Tishi va tili.
3.Itning ichagida oziq qaysi suyuqliklar tasirida hazm bo’ladi?----Oshqozon osti bezi va jigarning o’t suyuqligi.
4.Itlarning nafas olish sitemasiga nimalar kiradi?-----Burun bo’shlig’i-hiqildoq-kekirdak-bronxlar-o’pka.
5.Itning ko’krak qafasi nima orqali qorin bo’shlig’idan ajralgan?----Diafragma pardasi.
6.Itlar nafas olganda nima kuzatiladi?—Qovurg’alar ko’tarilib, diafragma qorin bo’shlig’iga suriladi.
7.itlar nafas chiqarganda nima kuzatiladi?---qovurg’alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko’krak bo’shlig’iga ko’tariladi.
8.Sutemizuvchilarni yuragi necha bo’lmali?----4 bo’lmali.
9. Itlarning qon aylanish doirasi nechta doiradan iborat?--- 2ta.
10.Itning ayirish organi nima hisoblanadi?---Bir juft buyraklar.
11.Itnin buyraklari qayerda joylashgan?----qorin bo’shlig’ida bel umurtqalarinig ikki yonida loviya shaklida.
12.Itlarning buyraklarida hosil bo’lgan siydik nima orqali qovuqqa to’kiladi?----Ikkita siydik yo’li orqali.
13.Nima uchun sutemizuvchilar tanasida moddalar almshinuvi jadal bo’ladi?----Nafas olish va qon aylanish mukammal rivojlanganligi.
14.Itlarning tana harorati qancha?---37-380 C.
15.Itlarning bosh miyasining qaysi qismining po’stlog’i burmlarni hosil qiladi?----Oldingi miya katta yarim sharlari
16.Burmalar qancha ko’p bo’lsa, miya po’stlog’ida shuncha ko’p nimalar bo’ladi?---Nerv hujayralar.
16.Qaysi sutemizuvchi hayvonlar hidni yaxshi sezmaydi?------Delfinlar va kitlar.
17.Qaysi sutemizuvchi hayvonlarning ko’zi ojiz bo’ladi?------Ko’rsichqon.
18.Sutemizuvchilarnin eshitish organlari qanday bo’limlardan tashkil topgan?----Ichki, o’rta va tashqi quloqdan.
19.Sutemizuvchilarning quloq quprasi nimaga yordam beradi?---Tovushni kuchaytirish va uning yo’nalishini aniqlab olishga.
20.Qaysi sutemizuvchilar narsalarning rangini qushlarga nisbatan yaxshi ajratadi?---Maymun va odamlar.
21.Sutemizuvchilarning uzun va yo’g’on qillari qayerda joylashgan?---Burun teshilari va ko’zlari yaqinida.
22. Sutemizuvchilarning terisida qanday tuyg’u organlari joylashgan?---Og’riqni, haroratni narsalar holatini (suyuq, qattiq va yumshoq).
Do'stlaringiz bilan baham: |