Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi.
1.Tangachalilar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?-------Kaltakesak va ilonlar.
2.Cho’llarda keng tarqalgan kaltakesaklar?------Dasht agamasi, kulrang echkiemar, oyoqsiz kaltakesak.
3.Kaltakesak tuxumlari tashqi tomondan nima b-n qoplangan?------Qalin po’choq.
4.Gekkonlarni qayerlarda uchratishimiz mumkin?------Eski imoratlar devorida.
5.Gekkonlar qachon ovga chiqadi?------Tunda.
6.Gekkonlar nimalar b-n oziqlanadi?-------Hasharot va o’rgimchak.
7.Oyoqsiz kaltakesaklar?------Sariq ilon va urchiqsimon kaltakesak.
8.Ilonlarda ….bo’lmaydi?-----Oyoqlar va uchinchi qovoq.
9.Ilonlar qanday harakatlanadi?------Qovurg’alariga tayanib.
10.Ilonlar tullaganda terisi qanday ko’chib tushadi?----Paypoqqa o’xshab.
11. Ilonlarning yuqori va pastki jag’lari nima yordamida harakatchan birikkan?---Cho’ziluvchan paylar.
12.Ilonlarning og’iz bo’shlig’ida ….joylashgan?------Yuqori va pastki jag’, zahar bezi, yuqori jag’ida ikkita zahar tishi.
13.Ilonlarning uchi ayrili tili qanday vazifani bajaradi?------Tuyg’u va ta’m bilish.
14.Ilonlarda qaysi sezgi rivojlanmagan?-----Eshitish.
15.Qaysi ilonlarda issiqlikni sezadigan a’zosi bo’ladi?------Qum bo’g’ma iloni va shaqildoq ilon.
16.Ilonlar nima b-n oziqlanadi?-------O’rgimchak, hasharot, baqa, qurbaqa, kaltakesak, qushlar va sutemizuvchilar.
17.Ilonlar nechtagacha tuxum qo’yadi?---Bir necha o’ntagacha.
18.Qum bo’g’ma iloni qayerlarda tarqalgan?-----Qizilqum, Ustyurt, Amudaryo qumloqlarida.
19.qum bo’g’ma iloning uzunligi necha sm ?----70 sm.
20.Qum bo’g’ma iloni nimalar b-n oziqlanadi?---Kaltakesak, kemiruvchilar, mayda qushlar.
21.Suvilon qayerda yashydi?---Suv havzalarida.
22.Suvilon nimalar bilan oziqlanadi?---Baliqlar va baqalar.
23.Chipor ilon qayerlarda uchraydi?---Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar, xonadonlarda.
24.Chipor ilon nimalar b-n oziqlanadi?-----Qushlar, jo’jalar, kemiruvchilar va kaltakesaklar.
25.Uzunligi 170 sm dan 2 m gacha boradigan ilon?----Kobra.
26.Qaysi ilon odamga duch kelganda tanasining oldingi qismini ko’tarib olib, ogohlantirishga o’tadi?----Kapcha ilon.
27.Kapcha ilon nimalar b-n oziqlanadi?-------Qurbaqa, kemiruvchilar va kaltakesak, ilonlar.
28.Qaysi ilonning zahari tibbiyotda ishlatiladi?------Kapcha ilon
29.Qaysi ilonning zahari juda havfli hisoblanadi?----Ko’lvor ilon.
30.Ko’lvor ilon qayerlarda uchraydi?---Janubiy hududlardagi tog’ va tog’ etaklarida.
31.Ko’lvor ilonning uzun;ogo necha sm yetadi?---120 sm.
32.Ko’lvor ilon nimlar bilan oziqlanadi?---Qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar.
32.O’rta Osiyoning janubidagi cho’llar va tog’ etaklarida tarqalgan ilon.?------Charx ilon.
33.Charx ilonning uzunligi qancha?—80-90 sm.
34.Qaysi ilon chaqqanda kuchli og’riq paydo bo’ladi, lekin ko’pincha tuzalib ketadi?---Charx ilon.
35.Qalqontumshuq ilonini qayerlarda uchratishimiz mumkin?------Toshkent, Samarqand, Mirzacho’l va Xorazm cho’llarida.
36.Qalqontumshuq ilon chaqqnda odamda qanday belgilar kuzatiladi?---Badani shishib ketadi va issig’i ko’tariladi.
37.Qaysi ilon chaqqanda odam 10-15 kunda tuzalib ketadi?------Qalqontumshuq.
38.Ilon chaqqan joyga qanday moddalar surtiladi?----- Margansovka, sirka yoki sodali suv.
Do'stlaringiz bilan baham: |