PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 7-
noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda
ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi tezkor-qidiruv faoliyati sohasidagi
munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
2-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu
Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati tushunchasi
Tezkor-qidiruv faoliyati ushbu Qonun bilan maxsus vakolat berilgan
davlat organlarining
tezkor bo‘linmalari (bundan buyon matnda tezkor-qidiruv faoliyatini
amalga oshiruvchi organlar
deb yuritiladi) tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish orqali amalga
oshiriladigan faoliyat
turidir.