8-modda. Konspiratsiya prinsipi
Tezkor-qidiruv faoliyati konspiratsiya prinsipiga rioya etilgan holda, ya’ni tezkor-qidiruv
tadbirlari o‘tkazishning, tezkor-qidiruv xususiyatiga ega axborotni olish, rasmiylashtirish, saqlash va
undan foydalanishning, shuningdek tezkor-xizmat xususiyatiga ega hujjatlar bilan ishlash
qoidalarining alohida tartibi belgilangan holda amalga oshiriladi.
9-modda. Oshkora va nooshkora usullar uyg‘unligi prinsipi
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oshkora va nooshkora usullardan
foydalanadi, bunday usullarning alohida xususiyati ushbu faoliyatning shart-sharoitlari bilan
belgilanadi.
2-bob. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, ularning huquqiy maqomi
Do'stlaringiz bilan baham: |