1-topshiriq
Tashkilotda axborot xavfsizligining
kompleks tizimi fanidan
Mustaafayeva Munisa | Axborot Xavfsizligi 3-kurs | 12.06.2020
Javob 1
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM HAQIDA mening fikrim
Ushbu Nizom davlat organlarining axborot tizimlariga umumiy talablarni, ularni yaratish tartibiga talablarni, shuningdek axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining vazifalarini belgilaydi.
Nizom V bo’limdan iborat bolib ular quidagilar:
I. Umumiy qoidalar
II. Davlat organlarining axborot tizimlariga asosiy talablar
III. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish
IV. Davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash
V. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi
I-Umumiy qoidalar. Davlat organlarining axborot tizimi, u nima ekanligi, undan qanday foydalanish, uning maqsadi va vazifalari to’g’risida umumiy qoidalar keltirilgan.
II-Davlat organlarining axborot tizimlariga asosiy talablar. Ushbu bo’limda Davlat organlarining axborot tizimlari nimalardan iborat bo’lishi, qanday bolishi kerakligi, unga qo’yiladigan asosiy talablar, uning konfidensialligi va asosiy prinslari haqida ma’lumorlar berilgan.
III-Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish. Ushbu bo’limda uni kimlar va qanday yaratishi mumkinligi, qaysi mablag’ asosida yaratilishi, qaysi tashkilotlar ruhsati va tasdiqlashi, unga qo’yilgan qonun va qonunosti hujjatlar to’g’risida ma’lumotlar kiritilgan.
IV- Davlat organlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash. Davlat organlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini hamda dasturiy-apparat vositalarini o‘z ichiga oladigan tizim bilan ta’minlanishi, axborot xavfsizligi qaysi nizom bilan ximoyalanishi, dasturiy-texnik vositalari litsenziyalangan, sertifikatlangan bo‘lishi, xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zaruruy topshiriq va ko’rsatmalar keltirilgan.
V-Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi. Ushbu bo’limda davlar organlarining xuquqlari, majburuyatlari, vazifalari, javobgarligi va Davlat organlari axborot tizimlarini yaratishda umumiy talablar ko’rsatilgan.
Umumiy qilib xulosa chiqaradigan bo’lsak, ushbu Nizomda Davlat organlarining axborot tizimlarini qanday va qay tartibda yaratish, yaratish uchun kimdan ruhsat olinishi, tizim qanday bo’lishi va unga qo’yiladigan asosiy talablar, qaysi mablag’ asosida yaratilishi va kimlar nima uchun javobgar ekanligi to’grisida talablar keltirilgan. Davlat organlarining axborot tizimlarini mukammal va konfidensial bo’lishi eng asosiy talab va shartdir.
javob 2
Kompyuter xavfsizligi_- Ma’lumot va resurslarni tasodifiy yoki g’araz niyyatli ruhsat etilmagan harakatlardan, odatda tegishli tadbirlarni o’tkazish yo’li bilan muhofaza qilish.
Izoh: Ushbu ruhsat etilmagan harakatlarga ma’lumotlarni modifikatsiya qilish, o’chirish, foydalanish, ma’lumotlarni ochish va to’plash kiradi.
Axborot xavsizligi- Axborotning va axborot jarayonlarini amalga oshirish vositalarining ma’lum turdagi tasodifiy va qasddan qilinadigan tahdidlardan himoyalanganlik holati.
Tahdid- Kompyuter xavfsizligi buzilishining potensial imkoniyati.
Zaiflik- Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimidagi kamchilik, undan foydalanish uning yaxlitligining buzilishi va noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
Izoh: Zaiflik dasturlash xatolari tizimni loyihalashda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, ishonchli bo’lmagan parollar, viruslar va shunday zararli dasturlar tasirlari bo’lishi mumkin. Agar Zaiflik mavjud bo’lganda Tahdid bo’lsa, unda Risk ham mavjud bo’ladi.
Risk(Ba’zida “Tavakkalchilik” deb ham ataladi)- Muayyan tahdidni amalga oshirishda ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining muayyan zaifligidan foydalanish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |