Droperidol 0.25 % 2.0 amp. Psixosedativ vositalarining neyroleptiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: anеstеziologiya amaliyotida nеyrolеpto-analgеziya uchun, asosan fеntanil bilan birga ishlatiladi, shuningdek, shokka va qusishga qarshi, va Gipertoniyada ishlatiladi.
Analgin 50 % 2.0 amp. Nonarkotik analgetiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: isitmalarda, turli sabablar bilan kechuvchi og’riqlarda, revmatizm, xoreya va b.
Dimedrol 1 % 1.0 amp. Allergiyalarga qarshi va antigistamin vositalariga mansub.
Ishlatilishi: Turli allergic kasalliklar, parkinsonism, xoreya, Me’ner sindromi, tinchlantiruvchi va uxlatadigan vosita sifatida qo’llaniladi. Tez yordamlarda xar xil kuyishlar, zaharlanishlar va isitmani tushuruvchi dori sifatida (Analgin bilan birga) ishlatiladi.
+Papaverin 2 % 2.0 amp. (0, 04 g dan tablеtkalar holida) Gipotensiv vositalar va spazmolitiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Bosh miya tomirlari spazmlari, stenokardiya, endoarterit, xolesistit, pilarospazm, spastic kolitlar, siydik yo’llari spazmi, bronxospazm, gipertoniya va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |