Mallayev U.
@Farmakologiya_TTA
Tez tibbiy yordamda qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida
M A ` L U M O T
Morfin 1% 1.0 amp. Narkotik analgetiklar guruhiga kiradi.
Ishlatilishi: Asosan jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin kuchli og’riq bilan kechadigan shikastlanishlar, miokard infarkti, kuchli jarohatlanishlarda, buyrak o’t-tosh kasalliklari hurujida, o’tkir pankreatitda, endoartritda (qorason), xavfli o’smalarda ishlatiladi.
Moneliklar: 2 – yoshgacha bo’lgan bolalarga va 60 – yoshdan oshgan qariyalarga, xomiladorlik, bronxial astma, insult, bosh miya shikastlanishlar, o’tkir nafas yetishmovchiligi, o’tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi va nimjonlikda umuman berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |