Xolesistit — alomatlari, O’tkir va surunkali turlari, sabablari, davolash, parhez xolesistit



Download 66,71 Kb.
bet1/11
Sana29.05.2022
Hajmi66,71 Kb.
#617552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xolesistit


XOLESISTIT — ALOMATLARI, O’TKIR VA SURUNKALI TURLARI, SABABLARI, DAVOLASH, PARHEZ
Xolesistit (yun. cholē — o’t, safro + kýstis — pufak, холецистит) — o’t pufagida yallig’lanish jarayonidir, ko’pincha to’silib qolgan o’t yo’li orqali safro chiqishi buzilishi fonida a’zoni ichak mikroflorasi bilan zararlanishi tomonidan chaqirilgan bo’ladi. Odatda xolesistit o’t-tosh (safro-tosh) kasalligi asorati hisoblanadi. O’t pufagi jigar yonida joylashgan va ovqat hazm qilish jarayonida faol ishtirok etadi. Safro ingichka ichakka quyiladi va u orqali chiqadi, ammo ba’zida evakuatsiya bilan bog’liq muammolar paydo bo’ladi va safro o’t pufagida to’planadi, natijada kuchli og’riq va infektsiya rivojlanishi xavfi ortadi.

Mundarija: [Yashirish]

  • 1 Xolesistit

  • 2 Xolesistit alomatlari

  • 3 Xolesistit rivojlanishi sabablari

  • 4 O’tkir xolesistit

  • 5 Surunkali xolesistit

  • 6 Xolesistitning turlari

  • 7 Kalkulyoz xolesistit

    • 7.1 Nokalkulyoz xolesistit

    • 7.2 Destruktiv xolesistit

    • 7.3 Kataral xolesistit

    • 7.4 Yiringli xolesistit

  • 8 Xolesistit xuruji

    • 8.1 Xolesistit xurujini qanday yengillashtirish mumkin?

  • 9 Xolesistitning oqibatlari

  • 10 Xolesistitni davolash va parhez tutish

    • 10.1 Xolesistitda parhez

XOLESISTIT
Kasallik odatda xolangit — o’t yo’llarining yallig’lanishi bilan birga kechadi. Xoletsistit — keng tarqalgan jarrohlik patologiyasi, ayniqsa o’rta va katta yoshdagi ayollar orasida — ular erkak tengdoshlariga qaraganda 3-8 marta ko’proq kasallanishadi.
Xoletsistitga jinsiy moyil bo’lishning asosiy sabablari:

  • Homiladorlik davrida o’t pufagining surunkali siqilishi uzoq ta’sirlarni keltirib chiqaradi — xolesterin va safro kislotalari muvozanatining buzilishi va natijada safroning turg’unligi (dimlanishi);

  • Ayollarning gormonal almashinuvi xususiyatlari — homiladorlik va klimaks davrida ko’p miqdorda ishlab chiqarilgan progesteron va boshqa ayol jinsiy gormonlari o’t pufagining ishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi isbotlangan;

  • Ayollar turli parhezlar tutishga moyil bo’lishadi va oziq-ovqatga nisbatan bunday qattiq cheklovlar o’t pufagining motorikasini (qisqarish qobiliyatini) buzadi.

Jins va yoshga qaramasdan, xavf guruhiga ilgari quyidagi xastaliklar bilan kasallangan shaxslar kiradi:

  • Ichak va / yoki jigar infektsiyalari;

  • Parazitar kasalliklar (lokalizatsiyasi statsionar yoki ichak va/yoki jigarda rivojlanishining ma’lum bosqichida bo’lgan gijja va protozoal invaziyalar);

  • O’t pufagi bo’ynining obstruktsiyasi (to’silishi) va/yoki shilliq qavatining shikastlanishi bilan o’t-tosh kasalligi;

  • O’t pufagini qon bilan ta’minlanishini buzadigan kasalliklar.

O’t pufagining patologiyasi va u bilan anatomik ravishda bog’liq bo’lmagan qorin bo’shlig’i a’zolarining reflektor bog’liqligi isbotlangan — bu vistsero-vistseral reflekslar deb ataladi. Yuqorida keltirilgan xolesistitning barcha sabablari yoki o’t yo’lining obstruktsiyasi (o’tishning buzilishi), yoki uning motorikasi buzilishi (diskineziya) bilan bog’liq.
Etiologik belgilarga ko’ra xolesistitning ikkita katta nozologik guruhlari ajratiladi:

  • Kalkulyoz (lot. Calculus — tosh);

  • Nokalkulyoz (toshsiz).

Xolesistit kechishi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

  • O’tkir;

  • Surunkali.

Yallig’lanish tabiatiga ko’ra quyidagicha bo’ladi:

  • Kataral;

  • Yiringli;

  • Gangrenoz;

  • Flegmonoz;

  • Aralash.

Kasallikning gangrenoz va flegmonoz shakllari destruktiv xolesistit guruhiga tegishli.
O’t pufagi anatomik va fiziologik jihatdan jigarga yaqindir. Jigar vazifalari xilma-xil, ulardan bittasi safroning doimiy ishlab chiqarilishi va uni o’n ikki barmoqli ichakka chiqarilishi. Safroning ortiqchasi o’t pufagida to’planadi va kerak bo’lganda qismlar bilan sarflanadi.

Download 66,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish