Texnologiyasi


V  BOB. DORIXONADA  TAYYORLANADIG AN  DORI



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

V  BOB.
DORIXONADA  TAYYORLANADIG AN  DORI 
T U R L A R I  TEXNOLOGIYASI
ELAKI  DORILAR -  POROSHOKLAR (PULVERES)
Elaki  dorilar  qadimdan  ma'lum  dori  shakllaridan  bo'lib,  eramizdan 
oldingi  3000  yil  avval  ham  tabobatda  qoMlanilgan.  Elaki  dorilarning  o‘ta 
maydaligi  ularning  ta'sir  darajasini  yuqori  bo'lishini  ta'minlaydi.  Shu 
jihatdan  claki  dorilar  qattiq  dori  shakllari  ichida  yuqori  ta'sir  darajasiga 
ega dori  hisoblanadi.
Davlat  Farmakopcyasi  ta'biri  bilan  aytganda,  claki  dorilar  -   ichish 
va  tana  yuzasiga  qo'llash  uchun  ishlatiladigan  qattiq  dori  shaklli  bo‘lib, 
sochiluvchanlik  xususiyatiga ega  boMadi.
Elaki  dorilar  oddiy -  (Pulveres  simplices)  bir dori  moddasidan  tashkil 
topgan  yoki  murakkab  -   ikki  va  undan  ortiq  ingrediyentdan  iborat 
(pulveres  composite)  boMishi  mumkin.  Undan  tashqari  kukunlar  ya'ni, 
elaki  dorilar  alohida  dozalarga  boMib  taqsimlangan  (pulvercs  divisi)  va 
taqsimlanmagan  (pulvcrcs  indivisi)  boMadi.  Ichish  uchun  moMjallangan 
kukunlar  asosan  dozalangan  usulda  yoziladi  yoki  taqsimlangan  boMadi, 
sirtga  ishlatiladigan  kukunlar  esa  taqsimlanmagan  usulda  bcriladi. 
Kukunlarning boshqa  dori  shakllaridan  quyidagi  afzalliklari  bor:
1.  Dori  moddasi  yaxshilab  maydalanganligi  sababli  yuqori  far- 
makologik  faollikka erishish  mumkin.
2.  Tablctka  va  pilulalar  (hab  dorilar)  bilan  solishtirilganda  elaki 
dorilarning  tayyorlash  tcxnologiyasi juda  sodda.
3.  Ixchamligi  va  saqlash  davomida  turg'unligi  (suyuq  dorilarga  qara- 
ganda).
4.  Tarki'oining  xilma-xilligi  kukun  tarkibida  organik,  noorganik 
moddalar,  o‘simlik  va  hayvonlardan  olingan  kukun  moddalar,  kam  miq- 
dorda  suyuqliklar  hamda  qovushqoq  moddalar  boMishi  mumkin  (kiri- 
tilishi  mumkin).
89
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kukunlarning  bir  qator kamchiliklari  ham  bor:
1.  Dori  moddalarning  organizmga  so'rilishi  eritmalarga  nisbatan 
sekinroq  boradi,  chunki  dorivor modda avval  eriydi,  kcyin  esa  so'riladi.
2.  Ba’zi  moddalar atrof-muhitning  ta'siri  ostida  o'zgarishi  mumkin:
a)  kristallizatsion  suvini  yo'qotishi  ;  b)  havodagi  uglerod  ikki  oksidini 
yutib,  karbonatlar  hosil  qilishi;  d)  havodagi  kislorod  ta'sirida  oksidlanishi; 
namlik  ta'sirida csa  sochiluvchanligini  yo‘qotishi  mumkin.
3.  Ba'zi  moddalar  me’da  va  ichakning  shilliq  pardalariga  qitiqlovchi 
ta’sir  ko'rsatishi  mumkin,  eritma  holida  csa  bu  holat  kuzatilmaydi  (kaiiy 
va  natriy  bromid  tuzlari).
4.  Achchiq  ta'mli,  yoqimsiz  hidli  va  rangli  moddalardan  tayyorlangan 
kukunlar  ichish  uchun  noqulay  boMgani  sababli  maxsus  kapsulalarga 
solinadi.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish