Muhammadjonova, K. va boshq.
Dori turlari texnologiyasi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv
qo'llanma / K. S Muhammadjonova, Sh.Sh. Talipova, Sh.N. Shodmonova,
Sh.S. Yo‘ldosheva.-T.: «Niso Poligraf»; «Voris nashriyot».-336 b.
Tibbiyot kollejlarining farmatsiya yo'nalishi uchun mo'ljallangan ushbu darslik
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O 'rta maxsus, kasb-hunar
ta'limi Markazi tomonidan nashrga tavsiya qilingan.
y ^ K : «15(075)
KBK 52.81
© «Niso Poligraf», 2012.
© «Voris nashriyot» 2012.
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Mamlakatimizda 0 ‘zbckiston Rcspublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi
qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida yuqori malakali,
zamon talabi darajasidagi mutaxassisiarni tayyorlash ta'lim sohasida
amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishi hisoblanadi,
Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturlarida aholini
bczarar, samarali dori vositalari bilan ta'minlash, mavjud dori vosita-
laridan unumli foydalanishni yo'lga qo'yish ustuvor vazifalardan biri etib
bclgilangan.
Farmatscvt assistcnti dori vositalaridan foydalanish, boshqa dori
vositalari bilan o'zaro ta'siri, bcmor organizmidagi turdosh kasalliklar
mavjudligiga qarab, mavjud ko‘p ming sonli dorilar ummonidan kerak-
ligini tanlashda tibbiyot xodimlari uchun maslahatchi sifatida faoliyat
ko'rsatadilar.
0 ‘z davrining mashhur tabiblari Abu Ali ibn Sino, eronlik Abu Bakr
Muhammad bin Zakariya ar-Roziy, xorazmlik Abu Abdulloh Muhammad
ibn Ahmad al-Beruniy va boshqalarni butun dunyo taniydi. Buyuk
alloma Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida «As-saydana»,
ya'ni «Tabobatda dorishunoslik» asarini yozdi. Bu asarda o‘sha davrning
sharq tabobatida ishlatiladigan shifobaxsh o'simliklardan 750 tasi haqida
fikr yuritiladi.
Mashhur olim Abu Ali ibn Sino 1020-yilda 5 jildlik «AI-qonun»
(«Tib qonunlari») kitobini yozdi. Bu kitobning ikki jildi oddiy, besh jildi
esa murakkab dorilarga bag‘ishlangan. Kitobning ikki jildida o'simlik
va hayvonlardan olingan hamda tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar va
mineral moddalardan 811 tasi bayon qilingan.
XII-XVI asrlarda arab tibbiyoti asta-sekin Ovrupoga o‘tib, o‘z
ta'sirini saqlab keldi. Shu davrda Ovrupoda sharqona dorixonalarda
asosan sharq dorilari tayyorlanardi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
XVII—
XVIII asrlarda Rossiya dorixonalarida turli dori turlari
tayyorlana boshlangan. Tibbiyotning taraqqiy etishi, dorivor moddalarni
tayyorlashning rivojlanishi va har xil asbob-uskunalarning kashf etilishi
XIX asrga kelib Rossiyada farmatsiya ishining gurkirab rivojlanishiga
sharoit yaratib berdi. Maqsadga muvofiq boMmagan ko'pgina dori
turlari - bo‘tqa, sirkalar, essensiyalar, clcksirlar va shunga o'xshash
kam qo'llaniladigan dori shakllari birmuncha mukammallashtirilgan
dori turlari bilan almashtirildi, shuningdck suvli va boshqa erituvchilar
yordamida olinadigan har xil ajratmalarga ilmiy asos solindi.
Biz tibbiyot kollcjlarining farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim
olayotgan o'quvchilarga mo‘!jal!angan ushbu darslikni tayyorlash jara-
yonida nomlari zikr qilingan allomalar va olimlar qatori dorishunoslik,
dori texnologiyasi va boshqa muammolar ustida izlanish va tadqiqotlar
olib borgan, o‘z yo‘nalishlari va tavsiyalarini yaratgan I.A. Muravycv,
I S Ajgixin, T.S. Kondratyevalar kitoblaridan ham foydalandik. Buning
uchun hamma ustozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Ayniqsa,
Toshkent farmatsevtika institutida shu sohaga mehr-muhabbat uyg‘otib,
ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishimizga rahnamolik qilgan, o‘z!arjning
boy hayotiy tajribalari, qoMlanma va darsliklari bilan ma'naviy kuch
bag‘ishlagan o‘zbek olimlari: T.Q. Qosimova, Z.N. Nazirov, S.M. Mah-
kamov, M.U. Usubboyev, Z.A. Nazarova va boshqa ustozlarimizga
hayotda o‘z o'rnimizni topib, shu sohaning mutaxassisi bo‘lishimizga
qo'shgan hissalari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Ushbu kitob «Dori turlari texno!ogiyasi» bo‘yicha bizning ko‘p yillik
izlanish va tajribalarimizning dastlabki hosilasi bo'lib, u kamchiliklardan
xoli emasligi tabiiy. Binobarin, hurmatli kasbdoshlarimiz, darslikdan
foydalanadigan o'qituvchilar va o‘quvchilarning darslik haqidagi fikr-
mulohazalari va takliflarini bajonidil qabul qilamiz.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |