Texnologiyasi fakulteti t. R. Abdurashidov nomidagi «yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi» kafedrasi


Polietilen plyonka ishlab chiqarish texnologik sxemasi ko„rib chiqishimiz



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana11.06.2022
Hajmi1,48 Mb.
#655801
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
puflash usuli bilan pedan plyonka ishlab chiqarish bolimining loyihasi ishlab chiqarish quvvati yiliga 12 000 tonna

Polietilen plyonka ishlab chiqarish texnologik sxemasi ko„rib chiqishimiz 
mumkin. 
 
1-
xom ashyo saqlovchi moslamalar; 
2-
sisterna yoki polietilen keltirgan vagon;
3-
oraliq saqlovchi idishlar; 
4-
xar xil qo‗shimchalar uchun oraliq idishlar; 
5-
qo‗shimchalarni o‗lchash uchun moslamalar; 
6-
metall zarrachalarni ushlab qoluvchi moslama; 
7-
polietilenni ko‗rish uchun uskuna; 
8-
ekstruder; 
9-
kallak; 
10-
plyonkani tortish uchun moslama; 
11-
plyonka yuzasini aktivlovchi moslama; 
12-
plyonkani qirquvchi moslama; 
13-
plyonkani o‗rash uchun uskuna; 
14-
statik elektr zaryadlarni oldini olish moslamasi. 


6-rasm. Plyonka ishlab chiqarish texnologik sxemasi 


49 
Rasmdan ko‗rinib turibdiki, quritilgan polimer granulasi pnevmotransport 
orqali ekstruder bunkeriga uzatiladi. Granula bunkerdan ekstruder silindriga 
tushadi va shnekni vintkalar (mejvitkovoe) ora bo‗shlig‗ini to‗ldiradi. 
Aylanayotgan shnek granulani oldinga qarab 2 va 3 zonalarga suradi. Buning 
natijasida granula oquvchan holatga o‗tadi va formani (halqasimon tirqish) 
kallakni to‗ldiradi. Kallakda suyuqlanma dorna tufayli perimetr bo‗yicha tarqaladi 
va formadan chiqishda silindr shakliga ega bo‗ladi (qopcha yoki ―yeng‖ shaklida). 
Suyuqlanmaga turg‗un forma berish uchun uni tashqi tomondan havo yordamida 
sovutiladi. Qotish momenti ―yeng‖ni xiralashuvi paydo bo‗lishi bilan belgilanadi. 
Ya‘ni kristallanish chegarasi (agar kristallanuvchi polimer bo‗lsa, unda 
kristallizatsiya jarayoni sodir bo‗ladi). Ekstrudat ―yeng‖ uzunasiga maxsus valiklar 
yordamida tortiladi va shu bilan bir qatorda ―yeng‖ ichidagi havo yordamida 
puflanadi. ―Yeng‖ ichiga havo vaqti-vaqti bilan berilib turiladi. Chunki havo 
diffuziya va utechka tufayli ―yeng‖ ichida kamayishi mumkin. 
Keyin plyonka barabanga o‗raladi yoki ikki tomondan qirqiladi. Qirqilgan 
―yeng‖ning chetlari qayta ishlanadi va granula holiga keltirilib, ishlatilayotgan toza 
granulaga qo‗shiladi. 
Plyonka ishlab chiqarishda uzun shnekli ekstruderlar qo‗llaniladi. Bunaqa 
ekstruderni qo‗llashdan maqsad, suyuqlanmada pulsatsiya (tepib turish) ni 
yo‗qotishdir. Qo‗llaniladigan ekstruderlarning ko‗rsatkichi L/D=20-25; D=20-90 
mm. Tortib olingan plyonkani qalinligi 10 dan to 300 mkm gacha bo‗lishi mumkin. 
Qalinligini o‗zgaruvchanligi +10%. 
Qolipning asosiy xarakteristikasi – suyuqlanmani oqishiga qarshilik 
ko‗rsatish koeffitsenti. 
Qolipdan oldin quyilgan suyuqlanmani filtrlash setkasining ishlash 
qobiliyati bosimning o‗zgarishi bilan aniqlanadi. Agar setkaning qarshiligi 
ko‗paysa (ifloslanishi tufayli), unda uni almashtirish lozim. 
Umumiy qilib aytilganda, ekstruderning ishlash qobiliyati unumdorligi talab 
qilinayotgan moshnostga nisbati bilan aniqlanadi. 


50 
Hozirgi zamon ekstruderlarida shunday jihozlar o‗rnatilganki, ular tufayli 
zonalar bo‗ylab haroratni nazorat qilish va avtomatik ravishda uni regulirovka 
qilish; suyuqlanma bosimini setkagacha va undan keyin nazorat qilish; ekstrudat va 
plyonkaning qalinligini nazorat qilish; shnekni aylanish chastotasini nazorat qilish; 
avtomatik ravishda havoni ―yeng‖ ichiga berish va boshqalarni amalga oshirish 
mumkin. 
Bir xil qalinlikka ega bo‗lgan plyonka olishda siqilgan havoni bir tekis va 
o‗zgarmas bosim ostida yo‗naltirish muhim ahamiyatga ega. 
Plyonkaning qalinligi va kengligi ―yeng‖ ichiga havoni ko‗p yoki oz puflash 
yo‗li bilan boshqarib turiladi. Tajribalar shuni ko‗rsatadiki, ―yeng‖ puflash 
darajasi 250-300% dan oshmasligi yoki boshqacha qilib aytganda, puflangan 
―yeng‖ning diametri halqasimon tirqish diametridan 2,5-3 marta ko‗p bo‗lishi 
lozimligini ko‗rsatadi. 
Shu shartga rioya qilinganda puflangan plyonka qalinligi mashinaning bosh 
qismidagi halqasimon tirqishdan chiqayotgan parda qalinligidan taxminan 9-10 
marta kichik bo‗ladi. 
Bu usul bilan PE, PP, PS, PA va boshqalardan plyonka olish mumkin. 
Polietilenning yuqori qovushqoqlik ko‗rsatkichi PTR ga ega bo‗lgan markalaridan 
foydalaniladi. Bu ko‗rsatkichga ega bo‗lgan polietilen ―yeng‖i turg‗un bo‗ladi, uni 
kallakdan tortib olish imkoniyatini beradi. 
Undan tashqari polietilenni oldindan quritish lozim, chunki namligi salbiy 
ta‘sir ko‗rsatadi.
Texnologik jarayonning to‗g‗ri borishi uchun quyidagi ko‗rsatkichlarga 
ahamiyat berish kerak: 
Siqish darajasiga (stepen sjatiya) 
— 
bu ko‗rsatkich granula tushayotgan vint 
kanali hajmining (V
z
) dozirovka zonasi kanalining hajmiga (V
d
) nisbatan olinadi 
va quyidagicha ifodalanadi: 
K
c
= V
z
/V

Puflash koeffitsenti plyonka ―yeng‖i diametrining (D
e
) dorna diametriga 
(D
d
) nisbati bo‗yicha aniqlanadi: 


51 
K
r
= D
e
/D

Tortish (vityajka) koeffitsenti plyonkaning harakat tezligining (V
p

ekstrudatning harakat tezligiga (V
e
) nisbati, ya‘ni ekstrudatning kallakdan chiqish 
tezligi orqali topiladi: 
K
v
= V
p
/V

Plyonkaning qalinligini quyidagicha hisoblash mumkin: 
B
pl
= B
e
/K
r
K
v
Bu yerda: B
e
— ekstrudatning qalinligi; 
K
r
— puflash darajasi; 
K
v
— tortish darajasi. 
Plyonkalarni polimer materiallarning hossalariga qarab (qattiqligi, termik 
turg‗unligi) har xil usullar bilan olish mumkin. Eni, usulga qarab polietilendan 
olingan plyonka 24-32 metrgacha bo‗lishi mumkin.
Plyonkalar ko‗p qatlamli, ko‗p rangli va armirlangan bo‗lishi mumkin. Bu 
materiallarni olishga bir necha ekstruderlarning birga ishlashi (soekstruderi) orqali 
erishiladi. 
Demak, ekstruziyalash usuli eng ko‗p ishlatiladigan usul hisoblanadi. Shu 
bilan birga valslash va kalandrlash usuli ham ishlab chiqarishda o‗z o‗rnini topgan 
(PVX uchun). Plyonkalar eritmadan quyish (poliv) usuli bilan ham olinishi 
mumkin. Buning uchun tiniq eritmani sayqallangan yuzaga yoki cho‗ktiruvchi 
vanna orqali uzatib olinadi. 
Sho‗rtangaz kimyo majmuasidan keltirilgan xom-ashyo korxonada
mahsulot olishdan avval sifat nazoratidan o‗tkaziladi. Ya‘ni suyuqlanma oqish 
ko‗rsatkichi (PTR (g/10 min)), namlik miqdori (%), tozaligi magnit separatoridan 
o‗tkaziladi. Shundan so‗ng xom-ashyo bevosita texnolgik jarayonga beriladi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish