Tashkiliy vazifalar.
Texnologiya taʼlimi boʻyicha nazariy mashgʻulotlar
uchun oʻquv xonasi va amaliy mashgʻulotlar uchun ustaxona tashkil qilish va
ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish.
Oʻquvchilarni mashgʻulotlar uchun zarur xom ashyo, material, asbob-
uskunalar bilan taʼminlash hamda moslamalar, mexanizmlar, stanoklar bilan
amaliy ishlash jarayonini tashkil qilish.
Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarda
belgilangan talablarning toʻliq bajarilishini taʼminlash va muntazam nazorat qilib
borish.
90
Oʻquvchilarning turli kasblar boʻyicha mehnat jarayonlari va kasb egalari
bilan yaqindan tanishishlarini amalga oshirish uchun korxonalar, jamoa
xoʻjaliklari, tashkilotlar, muassasalar bilan doimiy aloqa oʻrnatish.
Rasmiy hujjatlar: meʼyoriy rejalashtiruvchi hujjatlar, ustaxonada xavfsizlik
texnikasi, sanitariya-gigiyena va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga doir
hujjatlarni yuritish.
Uslubiy vazifalar.
Mashgʻulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini
tuzish. Bunda mahalliy sharoitlar, ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olgan
holda, kasblar tasnifi asosida, oʻquvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin boʻlgan
kasb turlarini tanlash.
Oʻgʻil va qiz bolalarning oʻzlariga xos mehnat mashgʻulotlarini va kasb
tanlashlarini amalga oshirib borish.
Mashgʻulotlarda zamonaviy ilgʻor pedagogik texnologiyalar, yangi didaktik
vositalardan keng foydalanish, texnologiya taʼlimi va tarbiyasining birligini
taʼminlash. Oʻquvchilarda turli kasblarga tegishli dastlabki mehnat koʻnikma va
malakalarini, mehnatsevarlikni shakllantirish.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan
rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlarini, shaxsiy psixologik va
fiziologik sifatlarini hisobga olish.
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish.
Oʻquvchilarning bilimi, koʻnikma va malakalarini reyting tizimi asosida
nazorat qilib borish.
Maktabda texnologiya taʼlimi va tarbiyasi, kasbga yoʻnaltirish jarayonini
tashkil qilish hamda uni amalga oshirishda pedagogika, didaktika, psixologiya,
fiziologiya, xususiy metodika va maxsus fanlarning ilmiy xulosalaridan keng
foydalanish koʻzda tutilgan. Mashgʻulotlar mavzusi amaliyot bilan, oʻquv
mazmuni tarbiyaviy muammolarni hal qilish bilan uygʻunlashtirilgan holda
boʻlishini taʼminlash.
91
Mazkur oʻquv dasturi asosida olib borilgan oʻquv-tarbiya ishlari natijalarini,
oʻquvchilarning oʻzlashtirishlarini aniqlash va nazorat qilish Davlat taʼlim standarti
asosida amalga oshiriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5—9-sinflarida oʻquvchilar soni shahar
maktablarida 25 va undan ortiq, qishloq maktablarida 20 va undan ortiq boʻlsa,
texnologiya taʼlimi darslari shu sinflardagi oʻquvchilarni ikki guruhga ajratgan
holda olib boriladi.
Xalq hunarmandchiligining ayrim nodir kasblarini oʻrgatish uchun usta-
shogird
yoki
ota-oʻgʻil,
ona-qiz shakllaridan foydalaniladi. Bunday
mashgʻulotlarni tegishli xalq ustalari bilan maktab oʻrtasida tuziladigan
shartnomalar asosida tashkil qilinadi.
Dasturdagi mehnat yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil qilish va
oʻtkazish ketma-ketligi mahalliy sharoit va imkoniyatlar hisobga olingan holda
oʻqituvchi tomonidan hal qilinadi.
Texnologiya taʼlimining barcha yoʻnalishlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar
5 va 6 sinflarda 6 kundan, jami 24 soat, 7-sinfda 10 kun jami 40 soat va 8-sinfda
16 kun, jami 96 soat rejalashtirilgan boʻlib, ular oʻquv yilining yozgi, bahorgi va
qishki amaliy mashgʻulotlar davrida oʻqituvchining tanlashi asosida oʻtkaziladi.
qishloq xoʻjaligi asoslari yoʻnalishi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻquv yilining
tegishli mavsumlarida oʻtkaziladi. Amaliy mashgʻulotlarning maqsadi—
oʻquvchilarga oʻrgatilayotgan bilim, koʻnikma va malakalarni bevosita ijtimoiy
foydali va unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida (ustaxonada, fermada,
korxonada, tashkilot, muassasa, jamoa xoʻjaligi ekinzorlarida yoki hunarmand usta
huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan
iborat.
Texnologiya taʼlimining maqsadi oʻquvchilarga faqat bilim, koʻnikma va
malakalar berishgina emas, balki ularda mehnatga, jamoa va mulkka, kollektivga
va uning alohida aʼzolariga ongli munosabatni, shaxsiy va jamoa foydasi uchun
ishlashga tayyorgarlikni tarbiyalashdan iboratdir.
92
Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash mehnat tarbiyasining vazifasi va
bosh yoʻlidir.
Mehnatga ongli munosabat – xar bir shaxsning axloqiy qiyofasining asosiy
xususiyatidir. Xar bir mehnatchi – ishchi, jamoa aʼzosi, aqliy mehnat kishisi oʻz
hayotini mehnatsiz tasavvur qila olmaydilar.
Xar bir kishi mehnatni shaxsiy hayoti va oʻzaro yordam hissini tarbiyala
berish lozim. Mehnat topshirigʻini bajarish jarayonida ular baʼzi ishlarni
birgalikda, bir-birlariga yordam berdi, maslahatlashib bajarishga toʻgʻri keladi. Bu
imkoniyatga oʻqituvchi oʻquvchini tarbiyalashda keng foydalanishi lozim.
Xar bir oʻquvchi oʻz shaxsiy mehnati maktab jamoasining oʻquv
ustaxonalaridagi mehnati bilan chambarchas bogʻliqligini chuqur tashinib yetishi
uchun mahsulotlar tayyorlashda mehnatni aniq taqsimlashni amalda qoʻllashi
kerak.
Ayrim oʻquvchilar ishda ehtiyotsizlikka, intizomsizlikka yul kuysalar, u
xolda ishdagi uzilishlarga murosasiz munosabatda boʻlish lozim.
Oʻqituvchi suhbatda, instruktajda nimani va qanday asbob bilan, qay
izchillikda tayyorlash haqidagina maʼlumot berish bilan chegaralanib qolmasligi.
Bu yerda mazkur mehnatni ijtimoiy, jamoa uchun jamiyatini xam taʼkidlashi kerak.
Tayyorlangan mahsulotni buyurtmachiga topshirish katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega.
Unda eng aktiv ishtirok etgan oʻquvchilarni taqdirlash, ularni keyinchalik
sinfdoshlariga buyumni topshirish va undan foydalanish haqida gapirib beradigan
boʻlsinlar.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilar oʻzaro doʻstlik va oʻzaro yordam
rahbarlik va boʻysunish, javobgarlik munosabatiga, oʻzaro talabchanlik va ish
yuzasidan olib boriladigan tanqidiy munosabatlarga kirishadilar. Oʻqituvchi bu
munosabatlarni kamol topishini diqqat bilan kuzatishi va ularni toʻgʻri yoʻnaltirib
turish kerak.
Oʻz-oʻzini tanqidiy baholash va tanqidiy nazorat qilish, kamchiliklarga
nisbatan murosasiz boʻlish hislarini tarbiyalash.
93
Oʻqituvchi tayyorlangan buyumni tekshirdi, oʻqituvchiga uni sifatini
mustaqil baholashni taklif qiladi. Oʻqituvchilar tayyorlangan buyumlarni aniqligi
va sifatini aniqlashga doir sistematik ravishda mashq qilishlari ularda oʻz-oʻzini
nazorat qilish koʻnikmalarini, oʻz-oʻzini tanqidiy baholash hisini shakllashiga
yordam beradi.
Bu koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilarni oʻz-oʻzini
nazorat qilish ishiga sistematik ravishda jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
Ongli intizomni tarbiyalash. Oʻquv ustaxonalaridagi mashgʻulotlarda avvalo
oʻquvchilarga kulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ishontirish metodidan
foydalanish lozim. SHu bilan birga ularning ishiga yuqori talabchanlik bilan
yondashish kerak.
Oʻqituvchining sistemasi va qatʼiy talablarni bajarish natijasida oʻquvchilar
ustaxonada qabul qilingan qoidalar: ish oʻrnini namunali tutishga. Asboblarni
ehtiyoj qilishga odatlanadilar.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilarning oʻz-oʻziga va oʻrtoqlariga
nisbatan talabchanlikni rivojlantirishga yordam beradigan uchta asosiy shartni
koʻrsatamiz.
1. Jamoa aʼzolari bir-birlariga maʼlum talablar kuyishga majbur qiladigan
vaziyatlarni yaratish va ulardan mehnat jarayoningda foydalanish. Masalan maktab
uchun taburetka tayyorlash. Ish zvenolar boʻyicha olib boriladi. Xar qaysi zveno
bir tipdagi detallar – oyoqchalar uchun zagotovkalar tayyorlaydilar. Boshqa bir
zveno bu detallardan taburetkani yigʻish bilan shugʻullanadilar. Bunda
tayyorlangan mahsulotni miqdori va sifati xar bir zveno va alohida bajargan ish
miqdori va sifatiga bogʻlik boʻladi. Tayyorlangan mahsulotning miqdori va sifati
uchun oʻquvchilarning oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro javobgarligi shu tarzda qaror
topadi.
2. Jamoa talabalarni oʻz vaqtida quvvatlash mehnat jarayonida talablarni
birinchi boʻlib aktinnotlar: zvenovoylar, sanitarlar, asbobchilar va boshqalar
quyiladi.
94
Oʻqituvchi oʻquvchilarning talabchanligini rivojlantirishga, jamoada
oʻzlarini toʻgʻri tutishlarini rivojlantirishga yordam berish kerak.
3. Oʻquvchilarga sistematik va izchil talabchanlik koʻrsatish lozim.
Jamiyat va shaxsiy mulkka gʻamxoʻrlik munosabatlarini tarbiyalash.
Oʻquvchilarni ijtimoiy mulkka nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash uchun
ularni unumli mehnatga, maktab ustaxonasi kabinetlarni jihozlashga, asboblarni
taʼmirlashga jalb qilish lozim. Oʻquvchilarni materialni tejash, asbob, korjoma va
hokazolarni ehtiyot qilishga oʻrgatish, ongli intizom va yuqori mehnat
madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |