“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 
5
-
 MAVZU. Texnologiya taʼlimi darslarida integratsion yondashuv.
Reja 
1.
Integratsiyalashgan taʼlimning oʻziga xos xususiyatlari.
2.
Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan taʼlimdan 
foydalanishning metodik xususiyatlari.
3.
Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligiga erishganidan soʻng taʼlim 
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida asosiy boʻgʻin hisoblangan 
umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyatida oʻquvchilarni hayotga tayyorlash va 
kasb tanlashga yoʻnaltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Oʻquvchilarni 
kasb-hunarga yoʻnaltirish oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilar tomonidan 
bajariladigan aqliy va jismoniy harakat jarayonlaridan iborat boʻlib, buning 
natijasida ular mehnat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda 
maʼlum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yoʻnaltirish amaliy koʻnikma 
va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs 
farovonligi yoʻlida mehnat faoliyatiga tezda qoʻshilishlariga imkon beruvchi 
shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar. Yangi iqtisodiy 
munosabatlar kasb-hunarga yoʻnaltirishning yangicha munosabati sharoitida 


69 
mehnat koʻnikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat boʻlib, 
ongli va har tomonlama rivojlangan fuqaroni tarbiyalashning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻllash ishlari maqsadli texnologiya 
taʼlimining maqsad va vazifalari bilan uygʻunlikda namoyon boʻladi. Kasbga 
yoʻnaltirishdan asosiy maqsad oʻsib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil 
ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat boʻlib, bu jarayon shaxsning 
boʻlgʻusi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda 
uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga koʻmaklashadi. SHu 
munosabat bilan oʻquvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini 
singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni 
shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli 
ravishda tanlashga tayyorlash mehnat taʼlim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab 
oʻquvchilarini kasb va hunarga yoʻnaltirishning muhimligi ancha oshdi. 
Oʻquvchilarni toʻgʻri va erkin kasb tanlashga yoʻnaltirish bugungi kunning dolzarb 
vazifalaridan biridir. Toʻgʻri kasb tanlash insonning kelajagini, hayot tarzini 
belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni oʻz qiziqishi, qobiliyati va 
ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi.
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib borishda “Kasb oʻzi 
nima?” degan savol tugʻiladi. Kasb toʻgʻrisida bir qancha taʼriflar berilgan.
• Kasb bu – insonga maʼlum bir talablar qoʻyuvchi faoliyat turidir.
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
Oʻquvchilarni kasb tanlashga yoʻnaltirishning asosiy yosh bosqichlari 
mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha taʼlim yoshidagi – I bosqich;
2. Boshlangʻich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich;
3. Oʻrta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.


70 
Oʻquvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, koʻrsatkich va 
oʻlchovlari.
Birinchi bosqich – maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarda ularning 
mashgʻulotlarida qoʻllaridan keladigan faoliyat turlari boʻyicha dastlabki mehnat 
koʻnikmalarini ijobiy, hissiy taʼsirchan shakllantirish.
Ikkinchi bosqich – kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni bilishga oid va 
oʻyin koʻrinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga tadbiq qilish orqali 
mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yoʻnalishlari bilan tanishtirib borishini 
hamda ommaviy kasblarga boʻlgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish mazmuni ulardagi 
qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi oʻz oʻrnini topishdagi 
hamda maʼnaviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan-sinchkov koʻrinishlarini 
shakllantirish.
Toʻrtinchi bosqich – oʻquvchilarda kasbiy oʻzlikni anglashni shakllantirish 
davri, yaʼni oʻquvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy maʼnoga egalligini 
tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini, javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga 
oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. Oʻquvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni oʻqishni tavsiya etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar oʻtish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, sanʼat 
muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilgʻorlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar oʻtkazish.
6. Texnologiya taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha – multimedialar koʻrsatish.
7. Oʻquvchilarni turli xil toʻgaraklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida oʻyinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish 
texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish. Oʻquvchilarni kasb-hunarga 
yoʻnaltirishda pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:


71 
- oʻquvchilarni kasbga boʻlgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;
- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;
-koʻp qirrali qiziqishga ega boʻlgan oʻquvchilarda oʻziga koʻproq yoqqan 
sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
- oʻquvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat xislatlarini 
tarbiyalab borish;
- oʻquvchilarning oʻziga xos qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda ularni asta-
sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
- kasblar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama tejash 
xislatlarni tarbiyalash;
- oʻquvchilarning oʻzi qiziqadigan kasb yoʻnalishiga jalb qilish va 
egallangan bilimlarni amalda qoʻllashlariga erishish;
- oʻquvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uygʻotish. Bu jarayon 
toʻgʻri tashkil etilganda shaxsning boʻlgʻusi kasbiy faoliyat subyekti sifatida 
shakllanishini taʼminlaydi. Kasbga yoʻnaltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar 
asosida va milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yoʻnaltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki 
aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga 
olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar 
va milliy hunarmandchilik kasblariga umumtaʼlim maktablarining texnologiya 
taʼlimi darslarida yoʻnaltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, 
boshlangʻich sinf oʻquvchilarini texnologiya taʼlimi va tarbiyasi jarayonida 
oʻqitiladigan “Loy va plastilin bilan ishlash” ish turiga oid, haykaltaroshlik, 
kulolchilik, rassomchilik, “Gazlama va ip turlari bilan ishlash” ish turiga oid 
tikuvchilik, kashtachilik, doʻppidoʻzlik, ipakchilik, toʻquvchilik, dizaynerlik, 
“Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga oid dehqonchilik, gulchilik, 
bogʻbonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish, darslarni 
xalq milliy qadriyatlari asosida oʻqitishni tashkil qilish lozim boʻladi.


72 
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishning asosiy maqsadi har bir oʻquvchiga 
individual ravishda kasb yoki mehnat faoliyati sohasini asosan va toʻgʻri tanlashda 
yordamlashishdir. Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish umumtaʼlim maktabi ishining 
tarkibiy qismidir. Maʼlumki, agar kasb toʻgʻri tanlangan boʻlsa, inson uchun 
mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yoʻllash butun 
pedagoglar jamoasi tomonidan hal etiladigan umum maktab vazifasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, bu ishda texnologiya taʼlimi alohida oʻrinni egallaydi. 
Oʻquvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va taʼlim-tarbiyadir. 
Kasb tanlashning asosiy vazifasi oʻquvchilarni politexnik mehnat va malakalari 
bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli 
ravishda tanlashga, moddiy va maʼnaviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok 
etishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi 
maqsadlardan iborat:
1. Oʻquvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari 
bilan tanishtirib borish.
2. Oʻquvchilarni xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib, 
ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarni amalga 
oshirish.
3. Kasb tanlashga yoʻllash ishlarini olib borishda oʻquvchilarni asosan 
maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur 
boʻlgan kasb va mutaxassislarga yoʻllash. Kasb tanlash juda muhim masala boʻlib, 
koʻpincha oʻquvchilar uni mustaqil hal qila olmaydilar. Oʻqituvchilarning ish 
tajribasi oʻquvchilarni kasb tanlashga yoʻllashning farq va metodlarini belgilab 
beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Darslarda kasb tanlashga yoʻllash. Masalan, oʻqituvchi oʻquvchilarni 
mehnat mashgʻulotlarida bajaradigan ish bilan bogʻliq kasblar bilan tanishtiradi. 
CHunonchi, yogʻoch kesuvchi, rom yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik 
va boshqa kasblar haqida bilim oladilar va tanishadilar.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yoʻllash. Odatda, ekskursiyalarda 
oʻquvchilarni oʻquv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga qulay 


73 
sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan oʻquvchilarni kasb tanlashga yoʻllash 
uchun foydalanish mumkin.
3. Toʻgarak 
mashgʻulotlarida kasb tanlashga yoʻllash. Toʻgarak 
mashgʻulotlarida oʻquvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga koʻproq 
imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar oʻtkazish. Odatda, umumtaʼlim maktablarni 
bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan 
suhbatlari oʻquvchilarda katta taassurot qoldiradi. Texnologiya taʼlimi jarayonida 
oʻquvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar.
5. Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazish. Kasb tanlashga yoʻllash 
ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har xil madaniy-ommaviy 
tadbirlar maktablarning ish tajribasidan maʼlum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlash da shaxsiy va jamoat fikri” 
mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlarni muhokama qilish shular 
jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur oʻrganish. Oʻqituvchi muayyan kasblar 
toʻgʻrisida tasavvur berish uchun bir yoʻla barcha oʻquvchilar bilan ish olib 
borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish istagi boʻlgan oʻquvchilar 
bilan jiddiyroq ish olib boradi. Oʻquvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki 
mikro guruhlarga birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tashkiliy formalari 
qoʻllaniladi. Oʻquvchilar oʻz kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar 
oʻtkazadilar.
7. Fakultativ mashgʻulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mashgʻulotlarga 
ajratilgan soatlarning maʼlum qismidan kasb tanlashga yoʻllash ishi uchun 
foydalaniladi. Kasb toʻgʻri tanlanganda ular oʻz qobiliyatlarini va qiziqishlarini 
yaxshiroq roʻyobga chiqarishlari hamda jamiyatga koʻproq foyda keltirishi 
mumkin.
Kasbga yoʻllash, qiziqtirish hamda malaka va koʻnikmalarini 
shakllantirishda oʻquv jarayonidagi taʼlim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat kasb 


74 
etadi. Binobarin texnologiya taʼlimi fanlari boʻyicha tarbiyaviy ishlarning oʻziga 
xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalarining beqiyos ahamiyati mavjud.
Kasbni toʻgʻri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning 
butun hayotidagi muvaffaqiyati koʻp jihatdan kasbning qanchalik toʻgʻri tanlashiga 
bogʻliq.
Oʻquvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini 
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, oʻzlashtirish 
va bilim sifatini oshirish koʻp jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali 
ishlashiga bogʻliqdir. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar oʻquvchilar 
hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini toʻldiradi. Ularning dunyoqarashi toʻgʻri 
shakllanishiga, kasb-hunar tanlashiga, axloqiy kamol topishiga koʻmaklashadi.
Jamiyatning xar bir fuqarosi XX1 asr boʻsagʻasida turar ekan, utgan yillarni 
baholashga va kelajak hayotining turli qirralarini belgilab olishga urinishlari 
tabiiydir. Taʼlim sohalaridagilar xam bundan mustasno emas. Ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning koʻp sonli tarmoqlariga balki madaniyat 
sohasiga, ijtimoiy gumanitar bilimlar doirasiga xam yangi texnologiyalarni joriy 
etishni taqazo etmoqda. SHu boisdan keyingi un yilliklarda pedagogik olimlar 
diqqatini jalb qilgan dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) 
hisoblanadi.
Bu muammoga qiziqish ortganligini kuyidagicha izohlash mumkin:
-
baʼzi olimlarning pedagogikadagi “Zamonaviy yoʻnalish” deb anʼanaviy 
yondashishlari va oʻz imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor kul urishlari (X. 
Abdukarimov, K. Zaripov, T. Nazarov, U. Nishonaliyev) 
-
boshqa guruh tarafdorlari taʼlimning bugungi ahvoliga qaygʻuradilar va 
uni inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish deb qaraydilar (I. Ya. 
Lerner, F. Fradkin va boshqalar).
-
uchinchi guruh olimlari texnologiyalashtirishni obyektiv jarayon deb, 
yangicha sifati muammolarni yechish uchun taʼlimni evolyutsion bosqichga 
koʻtarish shartlaridan biri ekanligini eʼtirof etadilar (M. V. Klarin, M. K. Larrik, T. 
A. Ilьina).


75 
Biz xam keyingi fikrga qoʻshilgan xolda PTga taraqqiyot yoʻlidan 
borayotgan davlatlarning taʼlim saxasidagi siyosatining bosh vazifasida qarab 
kelinganligini taʼkidlaymiz.
Bunday yondashish YuNESKO tomonidan xam maʼqullangan. 1971 yilda 
uning direktori Mais Rene Frantsiyaning sodiq bosh vaziri (ayni xolda taʼlim vaziri 
xam) Edgaro Froga murojaat etib taʼlim saxasida tuzilgan xalqaro komissiyaga 
rahbarlik qilishni va jahonda roʻy berayotgan oʻzgarishlar asosida taʼlimning 
maqsadi, rivojlantirish yoʻllarini aniqlash vazifalarini yukladi. SHunday qilib 1972 
yilning koʻzida Buyuk Britaniya va Frantsiya kitob dukonlarida “Mavjudlik uchun 
oʻqish”, “Tarbiya dunyosi bugun va ertaga” nomli kitob paydo boʻldi va unda 
“Zamonaviy texnologiya va taʼlimni yangilashda harakatlantiruvchi kuch” ekanligi 
qayd etildi.
Muhimi shundaki, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 
taʼlimning Milliy modeli yaratildi va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari xar 
jihatdan ilmiy asoslab berildi. Uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida “oʻquv 
tarbiyaviy jarayonni ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan taʼminlash” jiddiy 
vazifalardan biri ekanligi koʻrsatildi.
Xush, pedagogik texnologiya nima oʻzi? – Uning ilmiy asosida qanday 
nazariyalar yotadi? – Amaliyotga tadbiq etish sharoitlari nimadan iborat?
Dastlab “Texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik: Bu soʻz fanga 1872 
yilda kirib keldi va yunoncha “texnos” – hunar, sanʼat va “Logis” – fan soʻzlaridan 
kelib chiqqan xolda “Hunar fani” maʼnosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy 
texnologik jarayonni toʻliq tasvirlab bermaydi, yoxud texnologik jarayon bu 
mehnat vositalariga taʼsir etish natijasida mahsulot yaratish saxasidagi mehnat 
hisoblanadi. Demak, bu tarifni tadqiqotimiz mavzusiga koʻchirish mumkin, unda 
PT sifatida ularga oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni 
deb tariflasak xato boʻlmaydi.
Asrimizning 40-50 yillarida oʻquv jarayoniga texnik vositalarni (radio, kino, 
nazorat vositalari) joriy etilishi PT ga tenglashtirildi. Faqat 60 yillarning oʻrtasida 
70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarda (AKSH, Yaponiya, Angliya, 


76 
Italiya, Vengriya) va boshqa xalqaro konfrensiyalarda keng muhokama etila 
boshlandi va uning ilmiy-tadqiqot natijalariga kura ikki yoʻnalishi koʻrsatildi.
Birinchi yoʻnalishi: PTni “Oʻqitishni texnik vositalari” ni qoʻllash sifatida 
belgilasa, ikkinchisi “Oʻquv jarayoni texnologiyasi” sifatida qaraldi.
Tizimli yondashish taʼsiri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga aniqlik 
kiritila bordi va rus olimasi N. F. Talizina uning mohiyatini “Belgilangan oʻquv 
maqsadiga erishishning usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiradi. Yuqorida 
keltirilgan tariflardan koʻrinib turibdiki, utgan yillarda PT oʻquv jarayonini 
belgilangan taʼlim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalash deb ifodalandi. 
Bu bir jihatdan toʻgʻri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yuklamaligi yaqqol 
koʻzga tashlanadi yoki bunday yondashishda oʻquvchi shaxsi inkor etilyapti. Bu 
kamchilikni birinchi boʻlib V. P. Bespalko paykali va oʻzining yirik asarlarida “PT 
– bu oʻqituvchi mahoratiga bogʻlik boʻlmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni 
kafolatlay oladigan oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir”, deb 
taʼrifladi.
Shu oʻrinda joizki, 80 yillardayoq V. P. Bespalko tomonidan “Pedagogik 
texnologiya”ning ilmiy maqsadi yaratildi.
Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bogʻlik 
boʻlmagan xolda oʻrganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda 
mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda xam 
imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligini taʼminlanishi zamonaviy 
PTning asl mohiyatini aniqlashga yul ochadi.
Bizning fikrimizcha, yangi PT ni pedagogika fanining alohida tarmogʻi 
sifatida yoki taʼlim amaliyoti maqbullashtirishga yoʻnaltirilgan tizim deb qarash 
mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish 
doirasidagi faoliyat yoʻnalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati – 
pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarini oʻrganish asosida yangilashdan 
iborat. Sabab, xar qanday oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu 
pedagogik tizimni aks ettiradi.


77 
Demak, PT – amaliyotga joriy etish mumkin boʻlgan maʼlum pedagogik 
tizimning loyihasidir.
Unda pedagogik tizim tarkibi nimalardan iborat? Pedagogik tizim oʻzaro 
bogʻlik boʻlgan vositalar, usullar va jarayonlar yigʻindisi boʻlib, shaxsdagi 
muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik taʼsir etishni maqsadga muvofiq 
xolda amalga oshiradi. Binobarin, xar bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi 
belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud boʻlishi kerak. 
Agar maqsad oʻzgarsa, tizim xam oʻzgarishi muqarrardir.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” jamiyat, davlat va oila oʻz javobgarligini 
his etadigan. Xar tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash asosiy maqsad qilib 
kuydi. Demak, Milliy Dastur bizda taʼlim va tarbiya saxasidagi davlat buyurtmasi 
sifatida qabul qilinyapti. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasidagina taʼlim va 
tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (umumiy 
oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar) taʼlim uchun pedagogik tizimning mavjudligi 
sharoitlarini kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, oʻqitishning anʼanaviy ogʻzaki 
bayon qilish usullaridan voz kechib, test asosida mashina (kompyuter) yordamida 
oʻqitishdan oʻquvchilarni koʻproq mustaqil taʼlim olishga unashdan iborat. Bunda 
oʻqituvchi oʻquvchilar bilim faoliyatini boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy 
yoʻlovchi vazifasini bajaradi.
Pedagogik texnologiyani samaradorligi shundan iboratki, unda turli 
oʻqituvchilar deyarli xar xil yakuniy erishish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu esa 
barcha oʻquv yurtlariga yagona taʼlim standart talabiga javob beradigan 
mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz Oʻzbekistonlik 
pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir.
Ishlab chiqarishda natijasi kafolatlangan, lekin ijrochilar shaxsiga bogʻlik 
boʻlmagan juda koʻp texnologik jarayonlar yaratilgan. Sanoatdagi buyumning 
ishchi chizmasi va yigʻiladigan birikmalar chizmasi texnologik jarayonni asosini 
tashkil qiladi. Ularni talablarini aniq bajarish natijasida buyumlarni oʻzaro 
almashuvchanligi, yaʼni texnologik siklni tashkil qilishni taʼminlaydi. SHuning 


78 
uchun Oʻzbekistonda Janubiy Koreya va Turkiyadagidek ulardagi bilan bir xil sifat 
koʻrsatgichlariga ega boʻlgan yengil avtomobillar va kichik avtobuslar ishlab 
chiqarilmoqda.
Takrorlanuvchan pedagogik jarayonni yaratish, ishlab chiqarishdagiga 
nisbatan anchagina murakkab jarayon boʻlib hisoblanadi. Oʻquv masalalarini turli 
tumanligi, taʼlim mazmuni va oʻquv materialining turlicha ekanligi, bilimlarni 
oʻzlashtirilishini oʻquvchilarning shaxsiy xususiyatiga bogʻliqligi va boshqa 
omillar bunga taskinlik qiladi.
Olimlarning izlanishlari natijasida takrorlanuvchan xamda yakuniy natijani 
kafolatlaydigan pedagogik texnologiya yaratildi. Uning mohiyati oʻquv 
maqsadining aniqligi va unga erishish uchun qatʼiy belgilangan ketma-ketlik 
boʻyicha xar bir oʻquv boʻlagini (modelini) oʻzlashtirib mustaqil faoliyat 
koʻrsatishdan iborat boʻladi.
SHunday qilib, oʻqitish texnologiyasining predmeti oʻquv jarayonini va 
professional tayyorgarlik sistemasini loyihalashdan iborat. Sistemali yondashish 
oʻqitish tizimining barcha asosiy tomonlarini maqsadini aniqlash va oʻquv 
jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi oʻqitish sistemasini samaradorligini 
tekshirish, uni sinovdan oʻtkazish va almashtirishgacha boʻlgan jarayonni oʻz 
ichiga oladi. U oʻz harakat tartiblarini takrorlanuvchanligiga va ularni tula oʻquv 
jarayoniga tadbiq etish gʻoyasi, oqibat natijasida bu jarayonni “Jonli oʻqituvchi”ga 
boʻlmay qolishiga olib keladi. Xaqiqatdan xam oʻquv jarayonini tula 
takrorlanuvchan alohida koʻrinishi (epizod)larga boʻlinsa, oʻqituvchining vazifasi 
oldindan tuzilgan (oʻzi tuzgan boʻlishi shart emas) material bilan oʻqishni tashkil 
etishda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishdan iborat boʻlib qoladi.
Oʻqishga texnologik yondashish mantigʻida ikki xil gʻoya yotadi. 1) Oʻquv 
jarayonini toʻla toʻkis oʻrgatuvchi mashinalarga oʻtkazdi, unda asosiy rol 
oʻynaydigan oʻqituvchini tula ozod qilish yoki 2) uning faoliyatini tashkil etish va 
maslahat berish funksiyalari chegaralash. Bu xolda oʻqituvchi juda yuqori 
malakaga ega boʻlishi shart emas. Oʻqitish mazmuni va jarayoni boʻyicha 
mutaxassislar tomonidan ishonchli boʻlgan oʻqitish sistemalarini rejalash, yaratish 


79 
va ularni qoʻllashga tayyorlangan sharoitda, hatto oʻrtacha oʻqituvchi xam yuqori 
natijalarga erishishi mumkin. Bu yerda oʻqituvchi namunaviy didaktik loyihani 
amalga oshiruvchi ijrochi sifatida qaraldi, uning shaxsi va malakasi muhim rol 
oʻynamaydi.
Oʻquv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish sxemasi 1-
rasmda berilgan.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish