“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


Ogʻzaki bayon qilish usuli ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Ogʻzaki bayon qilish usuli ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin
:
1. Monologik bayon qilish. Bunda faqat oʻqituvchi gapiradi, oʻquvchilar esa 
uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qoʻl mehnati darslarida u tushuntirish va 
hikoya qilish, instruktaj koʻrinishida boʻladi.


56 
2. Dialogik bayon usuli. Bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro suhbatidir. 
Tushuntirish va hikoya qilish. Bu usulda materialni jonli va obrazli bayon qilishdir. 
Bu holda yangi bilimni oʻqituvchining oʻzi beradi. Baʼzan suhbat davomida 
oʻquvchilarning qanchalik oʻzlashtirayotganliklarini bilish maqsadida ularga 
savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar, 
natural rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni koʻrsatib bajarilsa, anchagina 
tushunarliroq boʻladi. Bu oʻrinda tushuntirayotganda “koʻrsat va tushuntir” degan 
qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda oʻquvchilarning bir xil emasligini 
nazarda tutish lozim. Tushuntirishda oʻzlashtiruvchilarga alohida eʼtibor berish 
lozim. Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida 
tushuntirilayotgan material yuzasidan bir-ikkita savol berish mumkin. Suhbat usuli 
turli oʻquv maqsadlarda, yaʼni yangi dastur materialini bayon qilish, bilimlarni 
rejalashtirish va chuqurlashtirish uchun takrorlash jarayonida, oʻquvchilarning 
bilimini tekshirish uchun qoʻllanishi mumkin. Bu usulda oʻquvchilardagi 
qiziquvchanlikni qoʻzgʻab, savollar berish foydalidir. Suhbat xuddi hikoya singari 
maʼlum talablarga javob berish kerak, yaʼni:
- savollarni shunday shakllantirish lozimki, ular oʻquvchilar tafakkurini 
faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;
- mavzuni ochib berishda izchillik boʻlishi uchun suhbatning rejasi oldindan 
toʻzib qoʻyilgan savollari albatta boʻlishi kerak;
- oʻquvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi oldindan 
belgilanishi lozim.
Suhbat oʻquv materialining chuqur va ongli egallanishiga yordam berishi, 
oʻquvchilarda boʻlajak amaliy ishni ongli rejalashtirish malaka va koʻnikmalarini 
shakllantirishda vosita xizmatini oʻtashi, egallangan bilimlarni amalda qoʻllash 
malakalarini singdirishga yordam berishi kerak.
Mashqlar bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi. 
Oʻqituvchi koʻnikma va malakalarni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilarga turli 
mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi ishlarni tashkil etib, koʻproq 
mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati 


57 
borgan sari murakkablashib boruvchi usul va harakatlarning ongli hamda koʻp 
marta takrorlanishidir. Mashqlar ommaviy va yakka tartibda boʻladi, yaʼni butun 
guruhda bir xil ishni va barcha oʻquvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin.
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi 
boʻlgani uchun oʻquvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishini saqlash 
talab etiladi. Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning 
tahliliga tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini koʻrsatish lozim. Ayni bir 
vaqtda kamchiliklar ustida ham toʻxtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish 
tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar. Bu usul oʻquvchilarga egallangan bilimlarini amalda 
qoʻllashni oʻrgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini 
oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil toʻzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Koʻrgazmali qurollarning oʻquvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy 
ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam 
beradi.
Mustaqil ishlar. Bu oʻqituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning 
topshirigʻi bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu oʻrinda 
oʻquvchilar oʻzlarining intilishlarini qoʻllab hamda aqliy va jismoniy 
harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qoʻyilgan 
maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar.
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, oʻquvchilar 
qoʻl mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar oʻrtasida uzviy 
aloqa boʻlishi kerakligini his etsinlar.
Oʻquvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda 
boʻlmasligi kerak. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi 
bilan birga oʻquvchilar oʻz kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazadilar. 
Mustaqil ishlarning keng qoʻllanishi oʻquvchilarda ishga ijodiy yondashishni, 
ulardagi bilishga qiziqishlarini, olingan bilimlarni amalda qoʻllay bilishni 
rivojlantirishga yordam beradi.


58 
Ekskursiya texnologiya taʼlimining asosiy usullaridan biri hisoblanadi. 
Ekskursiya jarayonida oʻquvchilar ishlab chiqarishdagi turli asbob-uskunalar bilan 
tanishadilar, mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatadilar va oʻrganadilar. 
Turli mehnat obyektlariga ekskursiyalar uyushtirish, oʻquvchilarni mehnat kishilari 
bilan, ular ishlatayotgan asbob-uskunalari bilan, mehnat jarayonining tashkil 
etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy tarzda tanishtirish, yangi 
asbob-uskunalarning 
namunalarini 
va 
ishlab 
chiqarishning 
zamonaviy 
texnologiyasini, ilgʻor ish usullari va mehnatni ilmiy tashkil etish metodlarini 
oʻrganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Turli mehnat obyektlari bilan 
tanishtirish xususiyatiga ega boʻlgan ekskursiyalarni texnologiya taʼlimining biror 
boʻlimi (gazlama bilan ishlash, xizmat koʻrsatish va hokazolar) boshlanishidan 
oldin oʻtkazish kerak. Aniq mavzuga doir ekskursiyani dasturdagi biror mavzuni 
oʻtishdan keyin yoki undan oldin oʻtkazgan maʼqul. Ekskursiya odatda 15-20 
oʻquvchidan iborat bitta guruh bilan ommaviy tarzda oʻtkaziladi, biroq ekskursiya 
jarayonida ayrim oʻquvchilar uchun yakka tartibda koʻrsatma va tavsiyalar, izohlar 
berish kerak. Mehnat oʻqituvchisi ekskursiya jarayonida oʻquvchilarning ishlab 
chiqarish jarayonini kuzatishlariga rahbarlik qilib turadi.
Turli mehnat obyektlarida oʻtkaziladigan har qanday ekskursiyaning 
mazmuni uch bosqichda olib boriladi.
1. Kuzatish obyektini oldindan tanlash, uning aniq maqsadlari hamda 
vazifalarini belgilash, korxonaga dastlab oʻqituvchi borib koʻrishi, zarur hujjatlarni 
(darsning rejasi, oʻquvchilar uchun beriladigan topshiriqlar va hisobot shakllarini) 
tayyorlashdan iborat boʻlgan tayyorgarlik bosqichi.
2. Mehnat oʻqituvchisi ekskursiya maqsadlari hamda vazifalari, korxona 
hududida oʻzini tutish qoidalari, kuzatish obyektlari, ekskursiya yoʻnalishi 
toʻgʻrisida suhbat oʻtkazishi, oʻquvchilarning bevosita kuzatishi va zarur 
vazifalarni bajarishi.
3. Ekskursiya jarayonida tugʻilgan savollarga, turli muammolarni hal 
qilishga qaratiladigan yakunlovchi suhbat oʻtkazish bilan cheklanilmaydi. 
Texnologiya taʼlimi boʻyicha navbatdagi mashgʻulotlarda bajarilgan vazifalarni va 


59 
hisobotlarni tahlil qilish hamda jamoa tarzida muhokama qilish yoʻli bilan 
ekskursiyaga yakun yasaladi. Ekskursiya bilishga qiziqishni avj oldirishda, 
oʻquvchilarga mustaqillik tuygʻularini singdirish va hayotni bilishda muhim oʻrinni 
egallaydi. Agarda ekskursiyalarni oʻtkazishda ishlab chiqarish vakillari ham 
qatnashsa, u yanada samaraliroq boʻladi. Ekskursiya jarayonida oʻquvchilar ishlab 
chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani oʻtkazishdan 
oldin oʻquvchilar oldiga aniq maqsadlar qoʻyish, ekskursiyadan soʻng savol-javob 
oʻtkazish lozim. Masalan, toʻqimachilik kombinatiga ekskursiya uyushtirishdan 
oldin oʻquvchilarga guruhlar boʻyicha topshiriqlar berish mumkin. Kitob bilan 
ishlash. Hozirgi kunda texnologiya taʼlimi boʻyicha 1–4- sinflarga moʻljallangan 
“Mehnat” darsliklari asosida oʻqituvchidan oʻquvchilarni kitob bilan ishlashga 
oʻrgatish talab qilinadi. Bu maqsadda quyidagi kitoblardan qoʻshimcha foydalanish 
tavsiya etiladi:
1. X. Sanaqulov, D. Xodieva. “Boshlangʻich sinflarda qogʻozdan amaliy 
ishlar”, metodik qoʻllanma;
2. Sanaqulov X. R, Xodieva D. P, Rustamova M. “Mehnat va uni oʻqitish 
metodikasi darslarida modulli figuralar yasash texnologiyasi”, metodik qoʻllanma.
Oʻquvchilarni kitob bilan tanishtirishdan oldin oʻqituvchining oʻzi bu 
kitobni puxta oʻrganib chiqishi, undan nimalarni tavsiya etish mumkinligini 
belgilab chiqishi lozim. Oʻquvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga asta-sekin 
oʻrgatib borish kerak.
Texnik vositalar. Hozirgi kunda barcha taʼlim sohalarini texnik vositalarsiz 
tasavvur etib boʻlmaydi. Qoʻl mehnati mashgʻulotlarida ayrim boʻlimlarni 
oʻrganish, kasblar haqida maʼlumot berish, amaliy ishlarni tayyorlash 
texnologiyasini oʻrgatish, xavf sizlik texnikasi qoidalarini tanishtirish munosabati 
bilan qoʻllanadi. Aytib oʻtilgan usullar texnologiya taʼlimi oʻqituvchilari 
tomonidan muvaffaqiyatli qoʻllanmoqda. Texnologiya taʼlimi boʻyicha bilimlarni 
egallash, oʻzlashtirish, amalda qoʻllash va oʻquvchilarni rivojlantirish jarayonining 
muvaffaqiyati asosan oʻqituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga 
bogʻliq. Mehnat oʻqituvchisi dasturda nazarda tutilgan mehnatning barcha turlarini 


60 
bir xil yaxshi bilishi kerak. Faqat ijodiy fikr yuritib ishlaydigan, oʻz ishida 
oʻqitishning turli usullari bilan birga, pedagogik texnologiyalardan va interfaol 
metodlardan foydalanib darslarni tashkil etgan oʻqituvchigina jamiyatning maktab 
oldiga qoʻygan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam berishi mumkin.
Oʻquv materiali mumkin qadar qiziqarli va oʻqimishli qilinganda, u 
yaxshiroq egallanib, oʻquvchining qalbiga singadi va uni amalda qoʻllash osonroq 
boʻladi.
Har bir oʻquvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, oʻqitishda yakka 
tartibda yondashishni oshirish kerak boʻladi. Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi 
oʻquvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi 
turlichadir.
Darslarni toʻgʻri tashkil etishda xar xil oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan 
ishlashni oldindan oʻylab qoʻyilgan tuzilishi boʻlishi muhimdir. Boʻsh 
oʻzlashtiradigan oʻquvchilarga ham, yaxshi oʻzlashtiradigan oʻquvchilarga ham 
oldindan alohida topshiriqlar tayyorlab qoʻyish kerak. Har bir oʻqituvchiga oʻz 
uslubi, oʻz usulining oʻziga xosligiga ega boʻlish huquqi berilgan, biroq shuni 
aytish kerakki, bularning barchasi mustahkam bilim berish, mehnat sohasidagi 
malaka va koʻnikmalarini egallash, ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, bilimga 
qiziqishini oʻstirishga yordam beradi.
Oʻquv jarayonini takomillashtirish, oʻqitishning yangi shakl hamda 
metodlarini tadbiq qilish, oʻquvchilarda qiziqishni oshirishga, darslarning 
samaradorligini kuchaytirishga, bilish faolligini oshirishga yordam beradi. Bilish 
faolligini rivojlantirish oʻz navbatida buyumga, mazkur holatda – xizmat 
koʻrsatuvchi mehnatga qiziqishini rivojlantirishda koʻmaklashadi.
Texnologiya taʼlimi metodikasini oʻrganishga kirishilar ekan, avvalo metod 
tushunchasining kengroq maʼnosi bilan, yaʼni uning usul va priyomlar majmuyidan 
Iboratligi bilan tanishib chiqamiz. Master bu usul va priyomlar vositasida 
oʻquvchilarga maʼlum maqsadga qaratilgan professional-bilimlar beradi, ulardan 
zarur oʻquv va malakalarni shakllantiradi, ularni mustahkamlaydi, oʻzlashtirish 


61 
darajasini tekshiradi, oʻquvchilar esa bu oʻquv va malakalarni aktiv va ongli 
ravishda oʻzlashtiradi, professional mohirlikni egallaydi.
Metodlarni toʻgʻri tanlash muhim masaladir. Oʻqitish metodi, dastavval, 
oʻqitishdan koʻzda tutilgan maqsad va vazifalar bilan oʻquvchilarning bilimlarini, 
oʻquv va malakalarini ongli va puxta oʻzlashtirish, ularda ijodiy aktivlik va 
mustaqillikni oʻstirishi, vazifalar bilan belgilanadi.
Texnologiya taʼlimini tashkil etishga nisbatan qoʻyiladigan muhim 
talablardan biri metodlarning xilma-xilligi va ularning muayyan maqsadga xizmat 
etishidir.
Taʼlimda qoʻllaniladigan mantiqiy metod barcha oʻrta taʼlim maktablari 
uchun umumiy va eng koʻp tarqalgan metoddir.
Oʻqituvchi mantiqiy metod — hikoya, oʻquv materialini ogʻzaki bayon 
etishini, suhbatni qoʻllar ekan, u oʻquvchilarga faqat oʻzidagi bilimlarni ularga 
oʻtkazibgina qolmay, balki oʻquvchilarda ayni yoʻnalishga qiziqish ham uygʻotadi.
Mantiqiy metodlar:
A) Hikoya qilib berish.
B) Oʻquv materialini ogʻzaki bayon qilib berish.
V) Suhbat.
Hikoya qilib berish — oʻquv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib 
berishdir. Hikoya maksimal kontrol va oʻquvchilarning galdagi ishlariga xirs 
bogʻlangan boʻlishi shart. Hikoyani dars temasini qisqacha umumlashtirib 
tamomlash kerak.
Jonli soʻzdan har qanday metodda ham foydalaniladi, jonli soʻz yordamida 
mehnat priyomlari, koʻrgazma qoʻllanmalar izohlab koʻrsatiladi. Oʻqituvchining 
soʻzi oʻqitishdagi aktivlikni taʼminlash uchun, xatolarning oldini olish uchun ayni 
shu texnologiyasini bajarishda oʻquvchiga yordam berish uchun, jihozni 
boshqarish vositalarining tuzilishi, boshqarish priyomlarini oʻzgartirish uchun 
zarurdir.
Oʻquv materialini ogʻzaki bayon etish — haqiqiy materialni izchillik bilan 
bayon qilib berishdir. Bunda faktlarni analiz qilish va isbotlash katta oʻrin oladi. 


62 
Oʻqituvchi oʻzining bastida, oʻz yozmalaridan, hisoblashlaridan foydalanadi, 
bunda galdagi shuning xarakteri oydinlashtiriladi.
Materialni bayon qilishda oʻqituvchi oʻquvchilarning nazariy bilimlari 
saviyasiga, ularning ishlab chiqarish taʼlimi jarayonida qoʻlga kiritilgan 
tajribalariga tayanishi lozim. Bu maqsadda u maxsus texnologiya kursi bilan yaʼni: 
materialshunoslik, chizmachilik programmasi bilan mukammal tanishib chiqishi, 
har zamonda bu darslarga qatnashishi kerak
Suhbat — bunda oʻquvchilar oʻqituvchining savoliga javob beradi, yoki 
savolning mazmuniga muvofiq, soʻzga chiqadilar. Suhbatdan oʻrganiladigan 
material toʻgʻrisida oʻquvchilarga maʼlum hajmda bilim boʻlgan xollarda 
foydalaniladi. 
Suhbat 
oxirida 
oʻqituvchi 
oʻquvchilarning 
javoblarini 
umumlashtiradi.
Effektiv oʻqitish metodlaridan biri suhbat ishlab chiqarish taʼlimida 
oʻquvchilarning aqliy faoliyatini va diqqatini rivojlantiradi. Suhbat oldindan tuzilib 
qoʻyilgan reja asosida muayyan masalalarni muhokama qilish, oʻqituvchi bergan 
savollarga oʻquvchilarning javob berishlari tarzida borishi mumkin. Oʻquvchilarda 
ayni temaga doir birmuncha bilim va tasavvurlari boʻlgan taqdirdagina suhbat usuli 
samarali boʻlishi mumkin. Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi koʻp xollarda 
oʻqituvchining oʻquvchilarga toʻgʻri savol qoʻya bilishiga bogʻliq. Suhbatni 
shunday olib borish kerakki u belgilangan taʼlim — tarbiya vazifalarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam etadigan boʻlsin. Suhbat aniq 
belgilangan maqsadga qaratilgan boʻlsin.
Koʻrgazmali metod — shaxsan mehnat priyomlarini koʻrsatish, jihozlarni, 
koʻrgazma qurollarni, oʻquv kino filmlarini, diafilm va hokazolarni namoyish 
qilish demakdir.
Koʻrgazmali metodlar: A) ishlab chiqarishga ekskursiya oʻtkazish. B) 
mehnat priyomlarini koʻrsatib berish.
Ekskursiya-koʻrgazmalik oʻqitish boʻlib, bunda oʻquvchilar buyumlarni 
texnologik hodisa va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etishni ishlab 
chiqarish sharoitida oʻrganadilar. Mehnat taʼlimi oʻquvchisi ekskursiya oʻtkazish 


63 
planini oldindan toʻzib qoʻyishi, eng xarakterli obyektlarini belgilab ular bilan 
mukammal tanishib chiqishi kerak.
Korxonalarga zamonaviy jihoz, yaʼni texnologik protsesslar bilan tanishish 
maqsadida qilinadigan ekskursiyalarda jihozni boshqarish priyomlarini, ilgʻor ish 
metodlarini, shu oʻrinda mehnatni tashkil etish kabilarni koʻrsatishning katta 
ahamiyati bor.
Har xil koʻrgazmali qurollarni va mehnat priyomlarni koʻrsatish metodi 
texnologiya taʼlimida muhim oʻrin tutadi. Bu masalada oʻylar ekanmiz, unga 
tayyorgarlik koʻrish bosqichlariga va namoyishga nisbatan talablarga alohida 
eʼtibor berishimiz kerak boʻladi. Tajribaning koʻrsatishicha koʻrgazmalilik haddan 
oshib ketsa bu xol oʻquvchilarning oʻrganilayotgan hodisa mohiyatini aniqlashdan 
chetlashishiga sabab boʻlar ekan. SHunga qaramay, bitta buyumga tegishli 
koʻrgazmali qurollar uning turli tomonlarini oydinlashtirishga xizmat qilgani 
taqdirida ular sonining koʻproq boʻlishidan xavfsiramasa ham boʻladi.
Odatda koʻrgazmali qurollar dars boshlanmasdan koʻrsatib qoʻyilmaydi. 
Oʻquvchilarning vaqtdan ilgari koʻrgazma qurollar bilan (chala) qiziqishi, bu 
qurollarga jiddiy qiziqish havasini susaytirib qoʻyishi mumkin. Koʻrgazma 
materialining mazmunini ochishga mumkin qadar oʻquvchilarning oʻzlarini ham 
jalb qilishlari zarur. Bu esa oʻquvchilarda kuzatuvchanlik va bilib olish xislatlarini 
tarbiyalash choralaridan biridir.
Texnologiya taʼlimida mehnat priyomlarini koʻrsatish masalasi alohida oʻrin 
tutadi. Bu oʻqitishning asosiy koʻrgazma materiallaridan biridir. Bundan tashqari 
texnologiya taʼlimi oʻqituvchisi mehnat priyomlarini va protsessni koʻrsata bilishi 
uchun, yuksak professional malakali boʻlishnigina emas, balki yetarli darajada 
pedagogik tajribaga ega boʻlishini ham talab etadi.
Shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, namoyish qilinadigan mehnat priyomlari 
va protsesslari barcha oʻquvchilarga koʻrinadigan boʻlishi shart. Oʻquvchilar ayni 
ish priyomlarini shakllantirish uchun qanday harakatlarni va qay tartibda ishlatish 
kerakligini yaxshi fahmlab olishlari zarur.


64 
Amaliy metodlarga:
a) mashqlar.
b) laboratoriya-amali ishlari.
v) texnikaga oid maʼlumotnoma, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash kiradi.
Mashq-mehnat oʻquvchilarni shakllantirish va sekin asta ularni malakaga 
aylantirish uchun ish harakatlarini ongli ravishda va koʻp marta takrorlashdan 
iborat. Mashqlar mehnat va ishlab chiqarish taʼlimining asosiy metodidir. 
Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli boʻlishiga, 
oʻquvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga eʼtibor berish kerak.
Laboratoriyadagi amaliy ishlar-turli kasb va ixtisoslik boʻyicha malakali 
ishchilarni tayyorlashda tadbiq etilishi mumkin.
Quyidagi shartlar mavjud boʻlgandagina oʻquvchilarning mustaqil ishlab 
chiqarish topshiriqlarini bajarishida taʼlim – tarbiya muvaffaqiyatlariga erishish 
mumkin:
1.
Oʻquvchilar bajariladigan ishning mazmunini yaxshi tushunishlari va 
uni bajarish tartibini aniq tasavvur qilishlari lozim.
2.
Oʻquvchilar topshiriqni qanday asbob-uskunalar bilan bajarish 
kerakligini, ularning tuzilishiga va ishlashiga oid xususiyatlarini, ularni shu 
rejimga moslash usullarini va ishlash nuqsonlarning oldini olish choralari bilishlari 
kerak.
3.
Ish oʻrnini toʻgʻri tashkil etish, buning uchun ish va oʻlchov 
asboblarini, zagotovkalarni, texnologiya hujjatlarini toʻgʻri joylashtirish kerak.
4.
Xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasi 
qoidalariga rioya qilishlari zarur.
Ilmiy –texnik tafakkurning borgan sari yoshlarning santexnikaning joʻshqin 
rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat taʼlim mazmunini emas, balki oʻqitish 
jarayonining usuli va tashkil etilishini, oʻqitishga qiziqishini, ijodiy qobiliyatni, 
egallangan bilimlarni amalda ijodiy qoʻllay bilishni rivojlantirish maqsadlarida 
yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda 
ijodga ehtiyoj uygʻotish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy 


65 
yondashishi asoslarini tarkib toptirish, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga 
oʻrgatish vazifasini yuklaydi.
Texnik mehnatga oʻrgatishning ahamiyati texnik mehnat malakalarini 
egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar hamma uchun 
kerakligini eʼtirof qilish kerak. Koʻpgina ilmiy kengashlar, agarda unda qatnashgan 
kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyimni yamash, tozalikni 
saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatli chiqmagan 
boʻlar edi.
Koʻpgina oʻqituvchilar oʻqitishning turli metod va usullarini, qoʻllab, 
shuningdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi oʻzlashtirish 
natijalariga 
erishmoqdalar 
va 
bilimga 
muhabbat 
hamda 
qiziqishlarni 
singdirmoqdalar. Bunday oʻqituvchilar qoʻl mehnatini oʻrgatishda oʻquvchilarga 
turmush sohasidagi bilim va koʻnikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijodiy 
qobiliyatlarni va bilishga qiziqishni, mustaqil faollikni oʻstirishga yordam 
bermoqdalar.
Qoʻl mehnatga oʻrgatishda boshqa fanlarni oʻrgatishda boʻlganidek, 
oʻqitishning xilma-xil usullari qoʻllanib, ular yordamida oʻquvchilarning bilim, 
koʻnikma va malakalari egallab olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarini 
rivojlanishiga erishiladi.
Oʻqitish usullari doim ham zamonaviy maktablarda qoʻllangandek 
boʻlavermaydi. Maktab rivojlanib borgan sari oʻqitish usullari ham oʻzgarib 
borgan. Oʻtilish maktablarida oʻqish jarayonining boʻysundirish turi hukmronlik 
qilgan. Bolalar dars mazmunini anglamay koʻr-koʻrona yod olishga oʻrganganlar.
Ijtimoiy taraqqiyot, ishlab chiqarishning rivojlantirish taʼsirida oʻquv 
jarayonining anchagina mukammallashgan turi – tushuntirish vujudga kelib, u 
uzoq muddat eski maktab bilan birga mavjud boʻlgan. Bu turdagi oʻqitishning 
kerakli xususiyati bayon etilayotgan matni avval tushunishni, soʻngra yod olishni 
nazarda tutardi.
Bayonni yaxshiroq tushunish uchun koʻrgazmalikka koʻproq eʼtibor berila 
boshladi. Bu olgʻa qoʻyilgan qadam edi. Endi oʻquvchi xotirasiga analitik-sintaksis 


66 
tafakkur faoliyati ham qoʻshildi. Oʻquvchilar bayon etilayotganini aynan buyumni 
emas, balki oʻz soʻzlari bilan buyumni bajarilishini yod etishlari talab etiladi. Biroq 
asosiy oʻrinni ham namuna, tayyor, koʻrgazma boʻyicha ishlash egallaydi.
Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirildi 
va unga sayqal berildi. Oʻqituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu, 
kichik mavzu, mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq qiladigan 
ishni usul va koʻrgazmali qurollarni tayyorlaydi.
Qoʻl mehnatini oʻrganish ham zamonaviy pedagogikaning ishlarini toʻgʻri 
tashkil etish va uning usullariga qoʻyadigan umumiy talablarga muvofiq tarzda 
amalga oshirish kerak. Oʻqitish metodlari – bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning ish 
usullari boʻlib, boʻlar yordamida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va 
malakalarini egallashlariga erishiladi. Oʻqituvchi oʻz tajribasida oʻqitishning 
xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. Oʻqituvchining intilishi, xatti-harakati, 
darsda oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan 
boʻlishiga, ularning charchamasligi va zerikmasliklariga yoʻllangan boʻlishi kerak. 
Oʻqituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab, oʻquvchilarni ham shu narsaga 
oʻrgatishi kerak. Har bir oʻqituvchiga oʻz uslubi, oʻz usulining oʻziga xosligiga ega 
boʻlish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish mumkinki, bularning barchasiga 
mustahkam bilim birinchi qarashda hammaga ravshan boʻlgan haqiqatlarni egallab 
olganlaridagina erishish mumkin. Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh 
etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu hammaga maʼlum haqiqatni 
oʻzlashtirishdan boshlashi kerak. Ular darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy 
mashgʻulotlar kabilardan foydalanib oʻzlashtirganini tekshirish, yangi temani 
tushuntirish va oʻtilganini mustahkamlashni eng boshidan oʻrganishlari lozim. 
Faqat barchaga maʼlum haqiqatlar oʻzlashtirgandan keyingina va sinfning 
imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini qoʻllash mumkin.
Oʻqitish usullari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi 
kerakki, unda oʻquvchilar chizmani oʻqituvchi chizgan oʻlchamlar asosida emas, 
balki buyumning istalgan oʻlchami boʻyicha chizib, egallagan bilimlarini amalda 
qoʻllay olsinlar.


67 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish