Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan



Download 4,13 Mb.
bet12/34
Sana31.05.2023
Hajmi4,13 Mb.
#946962
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan

AMALIY MAShG’ULOT №3
MAVZU: Chilangarlik qaychilari va arralari turlari, tuzilishi. Qirqishni mashq qilish.
Ishdan maqsad: Talabalarga chilangarlik qaychilarining turlari, tuzilishi va ishlatilishini o’rgatish. Qirqishni mashq qilish.
Asbob – uskuna va moslamalar: Dastgoh, tiska,bolga, nazorat o’lchov asboblari, chilangarlik qaychisi, zagatovka, plakatlar, texnologik karta.
Tayanch iboralar:Chilangarlik qaychilari, dastaki qaychilar, richagli (mexanik) qaychilar, stul (kunda) qaychilar.
NAZARIY MA’LUMOTLAR

Slesarlik o’quv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallarning turi, o’lchami va ulardan qirqib olinadigan zagatovkaning shakliga qarab turli xil metall qirqish asboblari ishlatiladi.


Slesarlik qaychialri dastaki va richagli (mexanik) qaychilarga bo’linadi. O’quv ustaxonalarida, ko’pincha dastaki qaychilar ishlatiladi. Dastaki qaychilar dasta va tig’ (ish qism) lardan iborat bo’lib, U7,U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latidan tayyorlanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan dastaki qaychilarning asosiy o’lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan.













200
250
320
400

9
11
13
16

55-65
70-82
90-103
110-130

45
50
55
55

35
40
50
55

Dastaki qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo’lgan temir tunukalar va qalinligi 2 mm gacha bo’lgan rangli metll listlarni qiyish mumkin.


Dastaki qaychilar o’naqay va chapaqay bo’ladi. O’naqay qaychining pastki tig’i o’ng tomonda, chapaqay qaychiniki esa chap tomonda joylashgan bo’ladi. O’naqay qaychi bilan soat strelkasi yo’nalishda. Chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo’nalishda qiyiladi.
Qaychi tig’lari qiyiladigan metallarning turiga qarab rangli metallar uchun 60-650, temir tunukalar uchun 70-750 burchak ostida charxlanadi.
Qaychi tig’larini o’rnatganda ular orasida 0.2 mm zazor qoldiriladi. Tig’lar orasidagi zazor ortib ketsa, qiyish qiyinlashadi, qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. Shuning uchun ish vaqtida qaychining gaykasi bo’shab ketsa, uni qotirib olish kerak.
Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qiyiladigan metallning qalinligiga qarab qaychini qo’lda tutib yoki tiskiga o’rnatib olib qiyish mumkin. Bir qator afzalliklariga ko’ra qaychini tiskiga o’rnatib olish qulaydir. Bu usul bilan qiyishda ortiqa kuch sarflamasdan oson va to’g’ri qiyiladi.
Qalinligi 1 mm dan ortiq temir tunuka va listlarni qiyishda richagli qaychilar bilan bir qatorda kundaga o’rnatiladigan qaychilardan foydalanish qulaydir, chunki ularning dastasi (yelkasi) uzun bo’lib, qiyish vaqtida ortiqcha kuch qo’yilmaydi.

Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish