Uslubiy tavsiyalar: Metall materiallardan arralash, kesish yuli bilan olingan zagatovkalarning sirtlari va zexlari to’g’ri chiziqli, tekis, silliq va anik o’lchamli chikmaydi. Ularning sirtlarini tekislash, silliqlash, talab etilgan shakl va o’lchamga keltirish egovlash yuli bilan ta’minlanadi.
Bu borada yetarli ko’nikma va malakalar hosil kilish uchun bir qancha mashqlar utkaziladi.
Egovlashda ish vaziyatini egallash mashqi.
1.Ish urnining balandligini rostlab, unga nisbatan to’g’ri vaziyat tanlash uchun:
a) Egovlash mashq qilinadigan zagatovka tiski jag’idan 7-8 mm balandrok chiqarib o’rnatiladi;
b) tiski oldida gavdani bukmasdan, unga nisbatan yarim burilib (gavda tiski ukiga nisbatan 45 ga burilib, o’ng yelka uning to’g’risida bo’lishi kerak), muvozanatni saklagan holda turiladi;
v) chap chap oyoq oldinda, o’ng oyoq orqarokda bir biriga nisbatan 60-70 burchak ostida yelka kengligida quyiladi.
g) o’ng qo’l bilan egov dastasini kaftga tirab tutiladi:
d) tirsakni bir oz ko’targan holda chap qo’lning kaftini (panjalar egov uchidan utib ketmaydigan qilib) egovga quyiladi;
ye) egovni shu tarika tutib, egovlanadigan metallga quyilganda u tirsak bilan bir to’g’ri chiziqda gorizantal joylashsa, ish urnining balandligi o’quvchining buyiga mos bo’ladi.
3.Egovlash vaqtida sirtning to’g’ri chiziqli va tekis chikishini ta’minlash uchun:
a) egovni oldinga va orqaga tortish qat’iy gorizantal yo’nalishda olib boriladi;
b) egovni oldingagina tortishdagina unga bosim berilib, or-
Orqaga tortishda (salt yurishda) bosim berilmaydi;
v) egovning uchi zagatovkaga tegib turganda chap qo’l bilan
Berilib, o’ng qo’l bilan egovni gorizantal holatda tutiladi
g) egovning urgasi zagatovkaga borganda ikkala qo’l bilan bir xilda bosim beriladi.
d) egovning oxiri zagatovkaga yetganda o’ng qo’li bilan bosim berilib, chap qo’lda egov gorizantal holatda tutiladi.
ye) butun egovlash davomida tirsak egov bilan bir to’g’ri chiziqda yotib, gorizantal tekislik bo’yicha tortilishiga e’tibor beriladi. Aks holda yassi tekislik urnida kavarik sirt hosil bo’ladi (egovning gorizantal tekislik bo’yicha tortilayotganligini uning sirtida qoldirilgan iziga qarab aniklash mumkin);
j) egovni oldinga surish chap oyoqqa tayangan holda gavdani oldinga bir oz egiladi;
z) egovni orqaga tortishda (salt yurishda) uni sirtidan uzilmaydi (ko’tarilmaydi);
k) Egovlash bir tekisda olib borilib, egov keng quloch olib tortiladi.
Egovlash vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari.
1 Egovlash vaqtida dastgohlar qo’zg’almaydigan (tebranmaydigan) qilib o’rnatilishi kerak.
2.Egovlash vaqtida tiskini kerak vaziyatga burgandan so’ng taglikka puxta maxkamlash lozim.
3.Faqat puxta o’rnatilgan dastali egovdan foydalanish kerak. Dastasiz yoki yoriq dastali egovlardan foydalanish yaramaydi.
4.O’tkir qirrali zagatovkalarni egovlashda egovni orqaga tortishda (salt yurishda) chap qo’l barmoklarini bukib, uning ostiga tutmaslik kerak.
5.Egovlash natijasida hosil bo’lgan metall kukunlarini puflab tozalamaslik kerak. Aks holda kukun ko’zga tushishi mumkin.
6.Egovlangan sirtni qo’l bilan tozalash va silliqligini tekshirish qat’iy man etiladi, chunki egovlash natijasida metallning chetidan hosil bo’lgan qirov qo’lni jaroxatlaydi.
7.Egovni kirindi tozalash uchun uni tiskiga yoki metall qismlariga urmaslik kerak. Bu egov tishlarining sinishiga sabab bo’ladi.
8.Egov tishlariga kirib qolgan kukunlarni maxsus metall chutka yoki yumshoq metall kirgich bilan tozalash kerak. qo’l bilan tozalash ruhsat etilmaydi.
9.Qattiqligi yuqori bo’lgan yoki toblangan metallarni egovlamaslik kerak. Bu hol egov tishlarining yeyilishiga, o’tmaslanishiga (ishdan chikishiga) sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |