5. Eritmani bug‘latish. Bug‘latish tarmog‘i 72% karbamid eritmasidan karbamid quyilmasini olish uchun mo‘ljallangan. Karbamid eritmasini jarayoni 2-bosqichda olib boriladi.
70-72% konsentratsiya og‘irlik qism karbamid eritmasi 90-990C xarorat bilan yig‘gich gidrozatvoridan naporbaki orqali nasos yordamida 1-bosqich bug‘latgichiga uzatiladi. 1 va 2 bosqich bug’latgichlari yuqori bosimda separatorlar joylashtirilgan issiqlik almashtirgichdan iborat. 1-bosqich bug‘latgichiga berilayotgan eritma miqdori FIRG – 2012 klapn orqali boshqariladi. Karbamid eritmasi satxining o‘zgarishi MBP da signalizatsiyalanadi. Gidrozatvor oqim orqali yig‘gich bilan (U-302) ulangan. 1-bosqichda karbamid eritmasi 125-1300C xarorat va 25-35 Kpa absalyut bosimda 95% konsentratsiyagacha bug‘latiladi. Eritmaning xarorati 1-bosqich chiqishda TTS 2341 klapni orqali va 0.4 Mpa bug‘ bosim korreksiyasi asosida (trubalararo bo‘shliqqa yuborilayotgan) boshqariladi. Bug‘ suyuqlik aralashmasi isitgichdan (E-401) separatorga (S-401) keladi, bu yerda karbamid eritmasidan suv bug‘lari ajratiladi. Karbamid eritmasi separatordan barometrik quvur orqali 2-bosqich bug‘latgichiga keladi. 2-bosqich bug‘latishida eritma 2,6 Kpa dan yuqori bo‘lmagan bosim va 135-1400C xaroratda 99.8% og‘irlik qismdan kam bo‘lmagan konsentratsiyagacha bug‘latiladi. 2-bosqich separatorida (S-402) suv bug‘lari karbamid suyuqligidan ajratiladi. Karbamid suyuqligi separatordan (S-402) quyuqlik nasosi (Z-401 A (V)) va undan so‘ng donadorlashga yuboriladi. Kristalizatsiyalanishni oldini olish uni suyuqlik liniyalariga 0,36 Mpa da bug‘ yuboriladi.
Suyuqlikka KFS kiritish bo‘limi. Kondensionirlovchi sifatida karbamid suyuqligiga (yig‘gich U-666 dan) KFS kiritiladi.
KFS (E-1709) pozitsiyadagi sig‘imdan (N-1708) nasos orqali (U-666) pod. Bosim bakiga uzatiladi (801/1 korpusda joylashgan). KFS ning bosim bakidan sig‘imga tushish yo‘lida doimiy sirkulyatsiyasi ko‘zda tutilgan. KFS sirkulyatsiyasi yo‘lida sig‘imlar oldida ventillar blokirovkasi bajarilgan. Ishchi sig‘im ishdan chiqqan xollarda va rezerv sig‘imlarga o‘tishda ishchi sig‘im sirkulyatsiya chizig‘I berkitiladi, Bir vaqtda rezerv sig‘im sirkulyatsiya yo‘li ochiladi. Bosim bakidan KFS suyuqlikka II—bosqich bug‘latish separatoridan so‘ng o‘z-o‘zidan oqib tushish natijasida uzatiladi. II-bosqich bug‘latish separatoridan so‘ng suyuqlik yo‘liga KFS uzatish to‘siq yordamida avtomatik ravishda o‘chiriladi. (karbamid suyuqligini donadorlashga uzatishni to‘xtatilganda). KFS xaroratini 20-300C darajada ushab turish uchun bosim baki rubashka bilan ta’minlangan, unga issiqlik almashtirgichdan so‘ng xarorati 400C bo‘lgan kondensat uzatiladi.