3. Sintez.
Tarkibida karbamid, ammoniy karbamad, NH3 suv bo‘lgan reaksion aralashma sintez kolonnasining R-201 yuqori qisimdan stripper E-201 ga chiqariladi. Maksimal satx voronka orqali signallashtirilgan va suyuqlikning stripperga kirishida masofadan turib boshqarish klapani orqali ushlab turiladi. Stripper – issiqlik almashuvchi apparat bo‘lib, unda suyuqlik eritmasi apparat qismlari bo‘ylab bir tekisda taqsimlanib, plyonka xamda trubalar orqali quyiga oqib tushadi, eritmaga qarama-qarshi oqimda gaz xolidagi CO2 beriladi. CO2 NH3 ning bug‘ partsial bosimini pasaytiriladi, natijada ammoniy karbomadning bug‘lanishi boshlanadi. Separatordagi bug‘ bosimi S-2109 klapanida boshqariladi, u qurilmaning nagruzkasiga bog‘liq bo‘lib, stripperni tark etayotgan eritma 6-8% og‘irlik qilish NH3 tutishi kerak. CO2 ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri stripperning quyi qismiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun avtomatik klapn orqali satx boshqarib turiladi. Is gazining nisbatan past temperaturasi natijasida suyuqlikning xarorati 180-183 0C dan 161-172 0C gacha pasayadi. Stripperning quyi qismidan chiqayotgan karbamid eritmasi 0,25-0,3 Mpa bosimgacha drossellanadi va rektifikatsiya minorasiga jo‘natiladi. Karbamidning bug‘lanishi natijasida xosil bo‘lgan gazlar va yangi CO2 eritmasining yuqori qismi orqali yuqori bosim kondensatorining (E-202) yuqori qismiga keladi, bundan tashqari yuqori bosim injektori J-201 orqali yuqori bosim skrubberidan (E-203) ammoniy karbamat eritmasi reaktordagi uncha ko‘p bo‘lmagan eritma miqdori bilan va yangi suyuq NH3 bilan beriladi. Berilayotgan suyuq NH3 miqdori NH3; CO2; H2O mol nisbatlari 2.8-2.9, 1-0.6-0.7 ni tashkil qilishni ular boshqarib turiladi. (suyuq faza). Stripper va ejektordan chiqayotgan oqimlar kondensatorning yuqori qismida birlashib, trubchatkalarga taqsimlanadi, bu yerda 167-174 0C xarorat va 13,15-14,13 Mpa bosimda NH3 va CO2 ning asosiy qismi ammoniy karbamat xosil qilib kondensatsiyalanadi.
2 NH3 + CO2 NH4CO2 NH2 + Q (6.2.1)
Ajralib chiqadigan issiqlik past bosimdagi bug‘ ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Separatorlarda minimal va maksimal satxlar signalizatsiyasi ko‘zda tutiladi. Xosil bo‘lgan bug‘ texnalogik extiyojlar uchun ishlatiladi.
Separatorlardagi (U-201) bug‘ bosimining o‘zgarishi kondensatning qaynash xaroratini o‘zgartiradi, natijada kondensatorning truba va trubalararo oraliklarda xarorat farqi almashadi. Bu ajratilgan issiqlik miqdoriga va xosil bo‘layotgan karbamat miqdoriga ta’sir qiladi. Normal rejimda separatorlarda NH3 va CO2 ning ma’lum qismi kondensirlanmasligi uchun bosim avtomatik ravishda ushlab turiladi. Bunda erkin xoldagi NH3 va CO2 o‘zaro reaktorda (R-201) ta’sirlashib karbamid xosil bo‘lish reaksiyasining endotermikligini ta’minlaydi.
NH4CO2 NH2 CO(NH2)2+H2O - Q (6.2.2)
Olingan ammoniy karbamat va kondensatsiyalangan NH3 va CO2 aralashmasi inertlar bilan kondensator (E-202) dan sintez minorasining quyi qismiga yuboriladi. Reaktorda reaktor balandligi bo‘ylab 167-183 0C xaroratda, 13-14,4 % Mpa bosimda, NH3 : CO2 = 2,7- 3,0 : 1 mol nisbatda va eritmaning 1 soat bo‘lish vaqti davomida karbamid hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi.
CO2 ning karbamidga konversiyalanish darajasi ≈ 57 % ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |