Texnologik hisob



Download 103,65 Kb.
bet10/12
Sana28.02.2023
Hajmi103,65 Kb.
#915211
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
karbamid

7.Asosiy jihoz bayoni.
Sanoatda ishqor va tuzlarni suvli eritmasini mineral va organik kislotalarning va ko‘p atomli spirtlarni bug‘latiladi.
Bug‘latish deb- uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini tarkibidagi erituvchini qaynatish orqali chiqarib yuborish yo‘li bilan qo‘yiqlashtirish jarayoniga aytiladi. Bug‘lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikni yuzasida ro‘y bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning hajmida ajralib chiqadi. Sanoatda bug‘latish jarayoni bir va ko‘p korpusli qurilmalarda amalga oshiriladi. Asosan ko‘p korpusli, ya’ni bir nechta qurilmalardan tashkil topgan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Ko‘p korpusli qurilmalarning faqat birinchi qurilmasiga isituvchi bug‘ beriladi. Keyingi qurilmalarni isitish uchun oldingi qurilmalardan chiqqan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Natijada isituvchi bug‘ning sarfi kamayadi. Bug‘latish jarayoni kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Bu jarayondan eritmalarni ko‘tarilishi va erigan holdagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olish, sovuq hosil qilish texnikasida foydalaniladi. Ishlash rejimiga ko‘ra bug‘latish qurilmalari davriy va uzluksiz bo‘ladi. Kichik masshtabli ishlab chiqarishda va ayrim vaqtda eritmalarni yuqori konsentratsiyalashda bug‘latishda davriy ishlaydigan bug’latish qurilmalari ishlatiladi. Kimyo sanoatida asosan uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Zamonaviy bug‘latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ba’zan bitta qurilmaning isitish yuzasi 2500 m2 dan ortib ketadi.
Bug‘lash jarayonida isitish uchun ishlatilayotgan bug‘ birlamchi bug‘ deyiladi. Eritmani qaynatganimizda qaynagan bug‘ ikkilamchi bug‘ deyiladi.
Ko‘piklanuvchi va issiqlikka chidamsiz eritmalar uchun plyonkali bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Bunday qurilmalarda eritma isitish trubalarining yuzasi bo‘ylab suyuqliklar plyonka xolida harakat qiladi.
Plyonkali bug‘latish qurilmalari isitish trubalarida harakatlanayotgan eritmaning yo‘nalishiga qarab ikki xil (ko‘tariluvchi va pastga yo‘naluvchi plyonkali) bo‘ladi. Ko‘tariluvchi plyonkali bug‘latish qurilmasining isitish kamerasi truba turiga o‘rnatilgan, uzunligi 7-9 metrli trubalar to‘plamidan va ajratuvchi separatordan iborat bo‘ladi.
Bug‘latilayotgan eritma to‘xtovsiz isitish kamerasini pastki qismidan berilib, trubalarning 1/4....1/5 qismini to‘ldiradi. Isituvchi bug‘ trubalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi. Bug‘ ta’sirida eritma qaynaganda trubalarning qolgan qismlari bug‘ suyuqlik aralashmasi bilan to‘ladi. Bu aralashma isitish trubalarining devori atrofida suyuqlik plyonkasiga va uning markazida bug‘ga aylangan bo‘ladi.
Suyuqlik plyonkasi bug‘ oqimiga ishqalanishi sababli yuqoriga qarab trubalarning ichki yuzasi bo‘ylab katta tezlikda harakat qiladi va bug‘lanadi. Isitish trublarining yuqori qismida bug‘ning miqdori ko‘payib boradi. Va natijada eritmaning konsentratsiyasi ham oshib boradi. Isitish qurilmalaridan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ga aralashgan suyuqlik tomchilari separatordagi to‘siqqa urilib, pastdagi isitish trubalariga tushadi.
Namlangan bug‘ tomchi ushlagichga yo‘nalishida kirib aylanma harakat qiladi. Tomchi ushlagichda ikkilamchi bug‘ tarkibida qolgan suv tomchilari markazdan qochma kuch ta’sirida devorga urilib, pastga tushadi, ikkilamchi bug‘ esa qurilmaning yuqori qismidan chiqib ketadi.
Qo‘yiltirilgan eritma separatorni pastki qismida o‘rnatilgan shtutser orqali olinadi. Ko‘tariluvchi plyonkali bug‘latish qurilmalarining umumiy balandligini kamaytirish maqsadida isitish kamerasi bilan separator alohida tayyorlanib, yonma-yon o‘rnatiladi.
Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik, ko‘p atomli spirtlar hamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi.
Qo‘yiltirilgan eritmalar va bug‘latish natijasida hosil bo‘lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon qayta ishlash va saqlash, boshqa joylarga jo‘natish mumkin.
Bug‘latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi. Bunday bug‘ birlamchi bug‘ deb yuritiladi. Bug‘latish jarayonida ajralayotgan erituvchi bug‘I esa ikkilamchi bug‘ deyiladi.



Download 103,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish