Ekspertli usullar. Ekspertlaming tajribasi, ziyrakligi, bilimdonligiga asoslangan. Ekspertlaming xulosalari yuqori aniqlikda, ishonchli, asos-langan, yanglishmagan, jamoa fikridan mustaqil, yangilangan, dadil va keng ko‘lamli bo'lishi lozim. Ekspert usullari obyekt to'g'risida nazariy yo'l bilan yoki eksperimental usullar bilan ma’lumotlar olish umkoni bo'lmagan hollarda qo'llaniladi.
Quyidagi ekspert usullari mavjud: evristik (aqliy hujum, ssenariyli, anketali) va jamoali ekspertizalar. Yanada xolisona va istiqbolli usul bo'lib ekspertlar guruhi doirasida jamoali ekspertiza usuli hisoblanadi. Biroq muayyan sharoitlarga bog'liq holatlarda bu usullar kombinat-siyalashgan holda qo'llaniladi.
3. Maxsus usullar.
Ko'proq ishlatiladigan standartlashtirishning maxsus usullari quyida-gilar:
unifikatsiya (birxillashtirish);
tiplashtirish (turlash);
agregatlashtirish;
modullashtirish.
Shuningdek, parametrik standartlashtirish, kompleks standartlashti-rish va ilgarilanma standartlashtirish kabi maxsus usullar ham mavjud. Ko'proq va kengroq miqyosda ko'llaniladigan usullarga batafsil to'xtalib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |