2.5.3. Standartlashtirish usullari
Standartlashtirishning keng tarqalgan usullari sifatida birxillashtirish, agregatlashtirish va turlashni olishimiz mumkin. Aynan shu usullar yor-damida o'zaro almashuvchanlikni ta'minlash imkoni bor. Endi shu usul-lami birma-bir ko'rib chiqaylik.
Standartlashtirish bo'yicha faoliyat murakkab va ko'p qirralidir. Yuqori sifatli standartlashtirishga erishish bir qator usullardan foyda-lanishga mo‘ljallangan.
Metod (usul) (grekchadan «methodos») - aniqlangan masalani hal etishda nazariy yoki amaliy tadqiqotlami qabul qilish, qo'llash, ko'p marotabali takrorlanishlar uchun oldindan rejalashtirilgan va maqbul bo'lgan murakkab faoliyatni bajarish yoMidir.
Standartlashtirishda quyidagi kompleks metod (usul)Iardan foyda-laniladi:
falsafiy;
umum ilmiy;
maxsus.
1. Falsafiy usullar. Bunga quyidagilar taalluqlidir:
- teng huquqlilik usuli - nazariy tadqiqotlaming ilmiy usuli bo'lib, o'zida obyekt to'g'risidagi abstrakdan, muayyan hamma tomonlama o'rganishga harakat qilingan fikrlami ifoda etadi;
47
Do'stlaringiz bilan baham: |