13
Kema suv yuzasiga ko`tarilishi uchun tsisterna ichidagi suv siqilgan havo
bilan chiqarib yuboriladi. Engil korpusning suv o`tkazmaydigan
yuqori qismi
siqilgan havo ballonlarini, yakor’ qurilmasi va hokazolarni yopib turadigan
palubaga aylanadi.
Mustaxkam korpus ichidagi bo`shliq ko`ndalangiga so`v utkazmaydigan
bo`linmalarga
ajratilib, ularga dizellar, elektrodvigatellar, torpeda apparatlari,
turarjoy xonalari, akkumulyator batareyalari va hokazolar joylashtiriladi. O`rtadagi
bo`linma ustiga jangovar rubka o`rnatiladi, bu esa suv
ostida suzishda qalqovich
vazifasini bajaradi va kemaga barqaror holatni saqlashda yordam beradi. Jangovar
rubkaning ustida odam bo`yidan balandroq, atrofi bortli va peliksiglazdan qilingan
oynalar o`rnatilgan supacha bo`ladi, Kema suv yuzida harakatlanayotganida
dizellar eshkak vintlarini aylantiradi va elektr generatorlarning rotorlari
akkumulyator batareyalarini zaryadlaydi. Kema suv ostida harakatlanayotganida
esa eshkak vintlarini akkumulyatorlar toki bilan ta`minlanadigan elektrodvigatellar
harakatga keltiradi. Kemalar tumshug`i va dumidagi gorizontal rullar orqali pastga
sho`ng`iydi va suzish chuqurligini o`zgartiradi. Vertikal rul’ gorizontal burilishlar
uchun xizmat qiladi.
Kema juda katta vayron kilish kuchiga ega bo`lgan
portlovchi zaryadlarni
eltuvchi torpedalar bilan qurollangan. Torpedalar torpeda apparatidan siqilgan
havo kuchi bilan otiladi va o`zining maxsus vinti yordamida dushman kemasi
tomon harakatlanadi.
Suvosti kemalarining hamma turlari qabul qiluvchi-uzatuvchi va lokatsion
radiostantsiyalar, gidroakustik priborlar, yong`inga qarshi va qutqaruvchi vositalar,
suv ostidagi dushmanni kuzatish uchun periskoplar, kemalarga qarshi tarmoqlarni
qirqish qurilmalari va boshqa uskunalar bilan ta`minlangan. Dizel’-akkumulyatorli
14
suvosti
kemalarining kamchiligi shuki, ular ikki-uch soat suv ostida yurgach,
dizellarni ishga solish va akkumulyatorlarini zaryadlash uchun suv yuzasiga
chiqishi kerak.
Atom suvosti kemalari deyarli cheklanmagan suzish uzoqligiga ega bo`lib, bir
necha oy suv ostida yurishi mumkin. CHunki atom kuch qurilmalarining
ishlashi uchun kislorodning hojati yo`q. Atom energetika qurilmalarining
kamchiligi o`lchamlarining kattaligi va og`irligidir. Bu og`irlikning 30
protsentgacha qismi kema ekipajini radioaktiv nurlanishdan himoya qiladigan
15
ekranga to`g`ri keladi. Bizning atom suvosti kemalarimiz Arktika muzlari ostidan
bir necha marta muvaffaqiyatli o`tib, har safar SHimoliy qutbga etdi (rasm).
1966 yilda kontr-admiral A.I.Sorokin qo`mondonligi ostida bir gruppa sovet atom
korabllarining er shari bo`ylab suzishi tashkil qilindi. Ular bir yarim oy mobaynida
bu ishni bajardi, suv yuziga chiqmay 40.000 km masofani suzib o`tdi.
Bunda
korabllar ekvatorni bir necha marta kesib o`tib, Janubiy Amerika atrofini aylanib
chiqdi, Antarktidaning aysberglari orasida va muzli maydonlari ostida suzdi.
Do'stlaringiz bilan baham: