1.1.Qalqovichli sath o‘lchagichlar haqida tushuncha.
Bu asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning sezgir elementa —qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi va suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi ρ 0 ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi.Doimiy cho‘kadigan qalqovichlisath o‘lchagichlarda qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan muvozanatlovchi kuch qalkovich og‘irligiga teng va o‘zgarmas bo‘ladi:F = G =const.Bundan foydalanib, qalqovichning suyuqlikka botgan qismining balandligini topish mumkin:constgS=Gx(15.7)Bu holda kuchlar muvozanatini ta’minlaydigan qalqovich suyuqlik sathi balandligiga muvofiq siljiydi. Sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pchilik sath o‘lchagichlar shu sxema asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tross (po‘lag sim) orqali bog‘langan. Yuk bilan biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvofiq
suyuqlik sath balandligini ko‘rsatib turadi.By o‘lchagichning asosiy kamchiligi —shkalasining teskariligi va tross og‘irligining o‘zgarishi hisobga olinmasligi, baland idishlarda hisoblash qiyinlign va hokazo.Qalqovichli sath o‘lchagichlarning turli modifikatsiyalari mavjud Ular bir-biridantuzilishi, o‘lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish sistemasini (pnevmatik, elektr va boshkalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.Idishdagi suyuqlik sathining o‘zgarishiga qarab qalqovichning siljishini kamaygirish maqsadida chiziqli xarakteristikaga ega bo‘lgan davriy cho‘kadigan silindrik qalqovichdan foydalanish mumkin. Davriy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichning ishlash prinsipi qalqovich (buyka) massasining suyuqlikka cho‘kish chuqurligigaqarab o‘zgarishiga asoslangan.Bunday sath o‘lchagichlarningsezgirelementiog‘ir jism (masalan, silindr), ya’ni idish ichida vertikal osilgan va nazorat qilinayotgan suyuqlikka qisman botirilgan qalkovichdan iborat. Qalqovich bikirligi Сbo‘lgan va kalqovichga ma’lum kuch bilan ta’sir etadigan elastik ilgakka mahkamlangan. Suyuqlik sathini 00holatdanhga orttirilsa, itaruvchi kuch ortadi. Bu buyka ni x miqdoricha ko‘tarishga olib keladi, bunda uning ko‘tarilishi bilan cho‘kish ko‘payadi, ya’ni х < h.Bu bilan kuch o‘zgaradi, shu kuch bilan ilgak buykaga ta’sir qiladi. O‘zgarish buykaning cho‘kishi h —хga ortishi natijasida itarish kuchining o‘zgarishiga teng.Shunday qilib, qalqovichli sath o‘lchagichning statik xarakteristikasi chiziqlidir bunda uning sezgirligi F orttirish bilan yoki ilgakning bikirligi S ni kamaytirish bilan orttirilishi mumkin.
Shy kattaliklarning o‘zgarishiga idishdagi temperatura va bosimning o‘zgarishi sabab bo‘ladi, bunda ρж—ρг,ayirmaning o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan xatolik eng katta bo‘ladi.. Bu asbob ko‘rsatishlarni pnevmatik usulda masofaga uzatadi. Qalqovich 1 torsionli naycha 3 uchiga o‘rnatilgan richag 2 ga osilgan. Qalkovich o‘z og‘irligi bilan torsionli naycha va uning ichidagi po‘lat sterjen 4 ni buradi, burilish burchagi sath o‘zgarganda qalqovichning o‘zgaradigan og‘irlik kuchiga proporsional. Qalqovich shunday og‘irlikka egaki, u suyuklikka batamom cho‘kkanda, qalqib chiqmaydi. Sterjen 4 ning bo‘sh uchida pnevmoqurilma 7 ning zaslonkasi 5 mahkamlangan. Torsionli naycha uning sterjeni bugilganda soplo 6 ga nisbatan shu burilish burchagiga teng burchakka ochiladi. Pnevmoqurilma 7 to‘sikning burchakli siljishini ikkilamchi asbob 8 orqali o‘lchanadigan bosimning proporsional o‘zgarishiga aylantiradi. Bosim o‘lchaydigan asbobning shkalasi 8 sagh birligida darajalangan.Suyuqlik sathini masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipigaasoslangan, o‘zgarmas tokning 0 —5 va 0 —20 mA unifikatsiyalangan chiqish signaliga (UB-E tipli) yoki 20 —100 kPa havo bosimi mo‘ljallangan (UB-P tipli) qalqovichli sath o‘lchagichlarini qo‘llaniladi va qalqovichli sath o‘lchagichlarining sath o‘lchami diapazoni ushbu qatordan tanlanadi: 0 —0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5bo‘lishi mumkin. Hisob-kitob operatsiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ± 1,0 dan 10,0 mm gacha (GOST 13702 —78) bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.Agressiv suyuqliklar sathini o‘lchashda qalqovich korroziyabardosh materialdan tayyorlanadi.Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.) suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashdaham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha bo‘lgan temperaturada muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi.Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash diapazoni katta, aniqligi yetarlicha katta, agressiv va qovushoq muhitlarsathini o‘lchash mumkin, o‘lchashning temperatura diapazoni keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari: idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari borligi sababli yetarli mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |