«RUS» sath o’lchagichi elektr o’tkazuvchan va elektr
o’tkazmaydigan suyuqliklarning sathini uzluksiz ravishda uzoq masofadan o’lchash va uni chiqishda o’zgarmas tok signali ko’rinishiga keltirish uchun mo’ljallangan.
Bu asbob agressiv va portlash hususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklar muhitida ham ishlashi mumkin. «RUS» sath o’lchagichi gidromelioratsiya ob’ektlarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish, shuningdek, ochiq kanallarda sath o’lchash datchigi sifatida ham qo’llaniladi.
«RUS» sath o’lchagichi melioratsiya sohasida keng qo’llanilayotgan datchiklardan hisoblanadi, chunki bu asbob yordamida olingan chiqish signali o’zgarmas tok signaliga aylantirilib uni uzoq masofaga uzatish imkonini beradi. Olingan tok signali statsionar o’zgartkich orqali chastotaviy
yoki kodlashtirilgan signalga aylantirilib telemexanik sistema orqali dispecher punktiga uzatilishi mumkin. Ye-832 o’zgartkichi shunday elementlardan biri hisoblanib, u o’zgarmas tok signalini chastotaga aylantirib beradi. Ushbu o’zgartkich bilan laboratoriya ishini bajarayotganda tanishish mumkin. Sath o’lchagich tarkibiga birlamchi o’zgartkich (BO’) va uzatuvchi
o’lchov o’zgartgichi (O’O’) kiradi. «RUS» qurilmasining tarkibiy tuzilish sxemasi 2.18 - rasmda ko’rsatilgan. Birlamchi o’zgartkich (BO’) quyidagi elementlardan tashkil topgan:
sig’imli sezgir element I (yuqori karroziyaga qarshi xususiyatga ega bo’lgan fotoplastik izolyatsiyali PNFD nikelli o’tkazgich), sig’imli generator - o’zgartkich 3 kalibrli sig’imlar batareyasi 2 va o’zgarmas tok ko’prik sxemasi (4) dan tashkil topgan elektron blok. Sezgir elementning o’lchash uchun ajratilgan qismigacha bo’lgan sig’im quyidagicha aniqlanadi:
S n =S on +kh/H (2.16)
bu yerda S ON - o’lchov qismining boshlang’ich sig’imi;
K – proporsionallik koeffitsiyenti (sezgir elementning konstruksiyasi va tekshirilayotgan muhit bilan xarakterlanadi);
h – sathning o’zgarayotgan qiymati;
H – o’lchov diapazon;
Birlamchi o’zgartkich tekshirilayotgan suyuqlik sathini o’zgarishini elektr sig’imga (S) aylantirib so’ngra yana bu signalni o’zgarmas tokli kuchlanishga o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Uzatuvchi o’lchov o’zgartkichi (O’O’) o’zgarmas tok kuchaytirgichi 5 va chiqish signalini bir me’yorga keltiruvchi kuchaytirgich 6 dan tashkil topgan. Bu o’zgartkichning vazifasi: h-sath o’lchagichning barcha qismlarini stabil o’zgarmas kuchlanish bilan ta’minlash; H-qayta bog’lanish signalini hosil qilish; - bir hil qiymatga ega bo’lgan o’zgarmas tokning chiqish signalini hosil qilish.
Sxemadagi qayta bog’lanish chiqishdagi tok signalining
o’lchanayotgan suyuqlikning sathiga nisbatan chiziqli bog’lanishini hosil qiladi. Chiqish signalini bir mе’yorga keltiruvchi 6 kuchaytirgichdan olingan signal suyuqlik sathining h holatiga to’g’ri proporsional bo’lib, sath ko’rsatkichi hisoblanadi.
Qishloq va suv xo’jaligida qo’llaniladigan bosim datchiklarining turlari ko’p bo’lib, ular suyuqlik va gazlar bosimini o’lchash uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik bosim datchiklarining ish prinsiplari bosim kuchini mexanik kuchlarga aylantirib
berish prinsipiga asoslangan bo’ladi. Bunday datchiklarning qabul qiluvchi elementlari o’lchanayotgan bosim ta’sirida bo’ladi. Yuqori bosimlarni o’lchashda bosim ta’sirida o’tkazgichning elektr qarshiligi o’zgarishi xodisasiga asoslangan datchiklar qo’llaniladi. Gazlarning kichik bosimlarini nazorat qiladigan
datchiklarda esa ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, yumshoqligi, ionlanish darajasi kabilar xisobga olinadi. Qishloq va suv xo’jaligida mexanik qabul qilish elementiga ega bo’lgan
suyuqlikli, porshenli, membranali hamda silfonli datchiklar qo’llanilib kelinmoqda.
Suyuqlikli bosim datchiklari aniq va bir me’yorda ishlashi bilan bir qatorda ularning ekspluatatsion noqulayliklari (kichik oraliqlarda o’lchash sharoitlari,faqatgina vertikal holatda ishlashi, katta o’lchamlarga ega bo’lganligi kabilar) sababli oxirgi paytlarda ularni o’rnini takomillashgan datchiklar egallamoqda.
Membranali datchiklarda (2.19,a-rasm) elastik plastina (membrana) nazorat qilinayotgan muxit bosimi ta’sirida bo’ladi va kontaktli tizim bilan mustaxkam bog’langan shtokka ta’sir ko’rsatadi. Bunday turdagi datchiklar sodda tuzilishi,
puxtaligi, o’lchovlarni yetarlicha aniqlik bilan o’lchashi sababli ularni qo’llash yil sayin ko’payib bormoqda.
Silfonli datchiklar
(2.19,b-rasm) egiluvchan materialdan yasalgan gofrirovanli yupqa devorli trubkadan tashkil topgan bo’ladi. Тashqi va ichki
bosimlar farqini unga ta’sir qilayotgan kuch hosil qiladi. Bu kuch ta’sirida silfonning cho’zilishi va qisilishi hosil bo’ladi.
Xulosa: Xulosa qilish mumkunki bu asboblar suyuqlik sathini o’lchashda keng tarqalgan. Asbobning sezgir unsur – qalqovichning massasi suyuqlik massasidan kam. Shu sababli qalqovich suyuqlik yuzasida so’zib yuradi. Qalqovichli sath o’lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik sathi o’zgarishi natijasida qalqovichning siljishiga asoslangn. Qalqovichli sath o’lchagichlarning turli modifikatsiyalari mavjud. Ular bir-biridan to’zilishi, o’lchash tavsifi, masofga uzatish tizimini ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.
Qalqovichli satx o’lchagichlarda doimiy va davriy cho’kadigan (buykali) qalqovichlar ishlatiladi.
Doimiy cho’kadigan qalqovichli sath o’lchagichlarda qalqovichning vertikal siljishi sath o’zgarishiga bog’liq, ya‘ni: bu еrda - qalqovichning siljishi, – o’lchanayotgan suyuqlik sathi, m.
Ikkilamchi asbob hisob mexanizmi bilan kinematik ravishda bog’langan selsindan iborat.