Qalqovichli datchiklar suyuqlik satxi o’zgarishini qabul qiladigan qalqovichdan va chiqish elektr signaliga o’zgartiradigan elementdan tashkil topgan bo’ladi. O’zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. 2.16, a - rasmda potensiometrik o’zgartirgichli qalqovichli satx datchigining sxemasi ko’rsatilgan. Yengil qalqovichli (1) bilan potensiometrik datchikning (3) bog’lanishi blok (4) orqali o’tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi.
Qalqovichning og’irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik satxining xar qanday o’zgarishi satx o’lchov birligiga moslangan ikkilamchi o’lchov asbobidagi (UA) kuchlanish o’zgarishiga proporsional ravishda ta’sir qiladi. Qalqovichli satx
datchiklari suyuqlik satxining katta katta miqdorda ’zgarishlarini o’lchash uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy kamchiligi qalqovichning xarakatlanib turishidir.
Gidrostatik datchiklarda suyuqlik satxini nazorat qilish maxsus silindrik idishdagi suyuqlikning gidrostatik og’irligi o’zgarishiga asoslangan bo’ladi (2.16, b-rasm). Suyuliq bosimi satxini (h) proporsional bo’lib, membranani (1) egilishga ta’sir qiladi va maxsus ko’mir ustun (2) yordamida elektr signalga o’zgartiriladi.Bu signalni satx birligiga mos ravishda o’lchov asbobi (P) yordamida o’lchab boriladi.
Qalqovichli (poplovikli) va gidrostatik datchiklar suyuqlikning satxi bo’yicha emas, aslida uning massasi bo’yicha o’lchaydi, shuning uchun haroratning va suyuqlik tarkibining o’zgarishi natijasida o’lchov xatoliklari kelib chiqadi. Elektrodli datchiklar suyuqlik ichiga tushiriladigan bir va bir necha
elektrodlardan tashkil topgan bo’ladi. Bunday turdagi datchiklarda suyuqlik
satxining o’zgarishi natijasida elektrodlar orasidagi muxitning aktiv va sig’im o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Suyuqlik muxitining aktiv o’tkazuvchanligio’zgarishiga asoslangan elektrodli satx datchigining sxemasi keltirilgan.
Sochiluvchan maxsulotlarni, shu jumladan don maxsulotlarining satxini nazorat qilish suyuqlik satxini nazorat qilishga nisbatan anchagina murakkabrokdir, chunki bu maxsulotlar anchagina elektr qarshiligiga ega hamda ular don bunkeri to’lishi bilan gorizontal tekislik hosil qilmaydi. Bundan tashqari bunkerlarni don bilan to’lishida datchiklarning sezgirlik elementlari shikastlanishi mumkin.
Don satxini elektrodli datchik yordamida nazorat qilishning prinsipial sxemasi 2.17, b-rasmda keltirilgan. Bunday datchikning ishlash pritsipi quyidagicha: elektrodlararo oraliqning (E) don bilan tulishi natijasida elektrodlar orasidagi o’tkazuvchanlik oshadi, natijada gazorazryadli lampa (YeL) yonadi va
releni (R) ishga tushiradi hamda don uzatish liniyasiga signalni uzatadi. Sxemaga R3 va R2 rezistorlardan tashkil topgan kuchlanish taqsimlagichi orqali 220 V o’zgaruvchan kuchlanish beriladi. Bunday datchiklar namligi 13 foizdan yuqori bo’lgan donlar uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |